Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi



Yüklə 326,49 Kb.
səhifə54/91
tarix05.12.2022
ölçüsü326,49 Kb.
#72420
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91
Bo‘lib shakllanishlarida ahamiyat kasb etadi

Aqlning pishiqligi – u yoki bu hodisani ahamiyatga molik munosabatlarda har tomonlama bilishga intilish; tafakkur kengligi – bu savolni yaxlitligicha, shu bilan birga zarur bo‘lgan xususiyatlarni chetda qoldirmay qamrab olish qobiliyati. Tafakkur kengligi inson dunyoqarashi va har bir hodisani boshqa hodisalar bilan turli aloqalarda ko‘rib chiqish qobiliyatida ifodalanadi. Tafakkurning chuqurligi murakkab savollar mohiyatiga kirib borish, asosiy holatni ikkinchi darajalilardan, zaruriyatni tasodifiydan ajratish malakasida ifodalanadi. Tafakkur chuqurligigiga qarama-qarshi sifat bo‘lib hukm va xulosalarning yuzasi hisoblanadi, bunda odam mayda-chuydalarga e’tibor qaratib, asosiysini ko‘rmaydi. Tafakkurning mustaqilligi insonning yangi vazifalarni ilgari surishi va boshqalarning yordamidan foydalanmasdan ularning echimini topish malakasi bilan xarakterlanadi. Fikrning egiluvchanligi masalalarni echishda avvaldan qo‘llanilib kelayotgan usullarning ta’siridan holi bo‘lishda, sharoit o‘zgarganda harakatlarni tezda o‘zgartirish malakasida ifodalanadi. Tafakkurning tezligi – insonning yangi vaziyatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik, o‘ylab olgan holda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyati. Aqlning sertashabbusligini insonning o‘ylamasdan masalaning bir tomonini ushlab olib, qaror qilishga shoshishi, etarlicha o‘ylanmagan javoblar bildirishida ifodalanadigan shoshqaloqlikdan farqlash lozim. Aqlning tanqidiyligi – bu inson o‘zining va boshqalarning fikrlarini ob’ektiv baholashi,ilgari surilayotgan nizomlar va xulosalarni izchillik bilan har tomonlama tekshirib chiqish malakasi. Tafakkurning mantiqiyligi – tadqiq etilayotgan ob’ektning barcha ahamiyatli tomonlarini hisobga olgan holda mulohazalarning qat’iy izchilligiga rioya qilish qobiliyati. Tafakkurning isbotlanganligi – zarur vaqtda hukm va xulosalarning to‘g‘riligini tasdiqlovchi dalillar, qonuniyatlardan foydalanish qobiliyati. Aql ijodkorligi – ijodkorlik tafakkuriga bo‘lgan qobiliyat. Tafakkurning salbiy sifati uning rigidligi – hodisa mohiyatiga nisbatan xolis bo‘lmagan munosabat, hissiy taassurotning oshirib yuborilishi, bir xil qolipdagi baholarga berilganlik hisoblanadi.[1]
Inson aqliy rivojlanganligining ko‘rsatkichi sub’ektning tashqi cheklovlar bilan bog‘lanmaganligidir.
SHunday qilib, odamlardagi tafakkurning individual xususiyatlari eqorida ko‘rib chiqilgan aqliy sifatlarda turli uyg‘unlikda ifodalanadi.
Tafakkur shakllanishi va rivojlanishida bir nechta bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Hozirda mavjud bo‘lgan tafakkur taraqqiyotining bosqichlarga bo‘linishiga nisbatan yondoshuvlarning ko‘pchiligida inson tafakkuri rivojlanishining dastlabki bosqichi umumlashtirish bilan bog‘liqligi ko‘rsatib o‘tiladi. Bunda bolaning birinchi umumlashtirishlari amaliy faoliyatdan ajralmasdir, bu bolaning o‘zaro o‘xshash **lar bilan bajaradigan bir xildagi harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Bu intilish bola hayotining dastlabki yilining oxiriga kelib namoyon bo‘la boshlaydi. **larning alohida xossalarini bilgan holda ikki yoshli bola ma’lum amaliy masalalarni echa oladi. Xuddi shunday, bir yoshu uch oylik bola narsalar solingan og‘ir qutini joyidan surish uchun narsalarning yarmini olib tashlaydi, so‘ngra zarur harakatni amalga oshiradi.
Bola tafakkuri rivojlanishining keyingi bosqichi nutqni egallab borishi bilan bog‘liq. Bola bilib olgan so‘zlar unga umumlashtirishni amalga oshirishda tayanch bo‘ladi. Ular tez orada bola uchun umumiy ma’noga ega bo‘lib, bir **dan ikkinchisiga oson ko‘chiriladi. Lekin ko‘p hollarda ** va hodisalarning qandaydir alohida belgilari bola o‘sha **larga nisbatan qo‘laydigan birinchi so‘zlar ma’nosini bildiradi. Xuddi shunday, ko‘pincha «olma» so‘zi bolalar tomonidan barcha dumaloq shakldagi yoki qizil rangdagi **lar bilan solishtiriladi.
Bola tafakkurining navbatdagi bosqichida bola bir xildagi **ni bir necha so‘zlar bilan atashi mumkin. Bu hodisa bolada ikki yosh atrofida kuzatiladi va solishtirish tafakkur operatsiyasining shakllanishidan dalolat beradi.
Bayon etilgan ma’lumotlar asosida maktabgacha yoshdagi bola tafakkurining bir nechta ahamiyatli bo‘lgan xususiyatlarini aniqlashimiz mumkin. Xuddi shunday, bola tafakkurining ahamiyatga ega bo‘lgan xususiyati bolaning birinchi umumlashtirishi harakat bilan bog‘liqligidan iborat. Bola harakatlanib, fikr yuritadi. Bola tafakkuriga xos bo‘lgan xususiyat – tafakkur aniqligida namoyon bo‘ladigan ko‘rgazmaliligidir.
Bola maktab yoshiga etganida unda fikrlash imkoniyatlarining taraqqiyoti kuzatiladi. Bu hodisa yosh o‘zgarishlari bilan birga, birinchi navbatda, maktabda ta’lim olishda bola echishi zarur bo‘lgan intellektual masalalar bilan ham bog‘liqdir. Tushunchalar hosil bo‘lish jarayonida fikrlash operatsiyalarining taraqqiyoti sodir bo‘ladi. Maktab bolani tahlil qilishga, sintezlashga, umumlashtirishga o‘rgatadi, induksiya va deduksiyani rivojlantiradi. Maktabni tugatganida odamda tafakkurni rivojlantirish imkoniyati saqlanib qoladi. Lekin bunday rivojlanish dinamikasi, yo‘nalganligi uning faqat o‘zigagina bog‘liq bo‘ladi.[2]
Hozirgi kunda fan tafakkurni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Amaliyotda tafakkurni rivojlantirishning filogenetik, ontogenetik va tajribaviy yo‘nalishlari mavjud. Filogenetik yo‘nalish insoniyat tarixiy rivojlanish jarayonida inson tafakkuri rivojlanishi va takomillashishini o‘rganishni taqazo etadi. Ontogenetik yo‘nalish bir odamning hayotiy jarayoni asosiy bosqichlarining rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘z navbatida, tajriba yo‘nalishi  tafakkurni tajribada tadqiq etish muammolari va aqlning alohida, sun’iy tashkil etilgan sharoitlarda rivojlanish imkoniyati bilan bog‘liq.
Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud.
D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. YUqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o‘ziga xos ko‘rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo‘lishi bilan belgilangan.
Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.SHterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o‘z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o‘quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O‘quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig‘ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo‘lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatishgan. IQ koeffitsenti pastroq bo‘lgan sinaluvchilar ulardan farqli o‘laroq 30 marta kam yutuqlarga erishishgan. [1]
Lekin intellekt va kreativlikning bir biriga bog‘liq emasligini boshqa tadqiqotlarda tadqiq etilgan. Kreativlik- bu insonni hayotga moslashishi emas, balki uni o‘zgartirishidir. Kreativlikning asosiy omili bu insonning dezadaptatsiyasi, ya’ni uni atrof olam va ijtimoiy muhitga moslasha olmasligida deb qaralan nazariyalar ham mavjud. Ba’zi olimlar shaxsning kreativlik xususiyatini tashqi olam va insonllardan yolg‘izlanish deya ta’rif berishgan. Aynan real olamga nisbatan dezadaptatsiyasi mavjud bo‘lgan, moslasha olmagan inson o‘zidagi yolg‘izlikni engib o‘tish uchun ijod qilish va yangilik yaratishni boshlar ekan. A.Adlerning fikricha, insondagi kreativlik o‘zida mavjud bo‘lgan noto‘liqlik kompleksini to‘ldirish vositasi deb bilgan. Empirik tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, ijodkor qobiliyatli bolalar shaxsiy va emotsional sohada jiddiy muammolarga duch kelishadi. Tadqiqotlarda bunday bolalarning maktabda erishayotgan natijalari ularning imkoniyatlaridan past chiqanini kuzatishimiz mumkin.
Kreativlik va intellektni qarama-qarshi qo‘ygan olimlardan yana biri Dj. Gilvord bo‘lib, u o‘z nazariyasini ikki xil tafakkur asosida quradi. YA’ni konvergent va divergent tafakkur. Konvergent tafakkur masalani echishda mavjud barcha vositalarni tahlil qilib, ulardan yagona maqbulini tanlashdir. Konvergent tafakkur intellekt asosida quriladi. Divergent tafakkur- masalani echishning turli variantlarini yaratishdan iborat tafakkur turidir. Divergent tafakkur- kreativlik asosida quriladi.
Demak intellekt va kreativlik umumiy ko‘rinishdagi ikki xil qobiliyatlar bo‘lib, ularni ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni bilan bog‘lash mumkin. Kreativlik insonda mavjud ma’lumotlarni qayta ishlab chiqarish va ularning cheksiz yangi modelini yaratishga javob beradi. Intellekt esa o‘sha ma’lumotni real amaliyotda qo‘llashga va atrof muhitga moslashishga javob beradi.
Uchinichi nuqtai nazar egalari intellekt va kreativlik o‘zaro uzviy bog‘langan ikki xil faktordeb qarashadi. SHaxsni orientirlashtirgan bu psixologiya vakillari A.Maslau va boshqalar ijodiy qobiliyatni tan olishmagan. Ijodiy faollik shaxsda qobiliyatga qaraganda, ba’zi shaxsiy xususiyatlarni (qiziqish, tavakkalchilik ) shakllantiradi. Lekin bu faollikning namoyon bo‘lishi uchun shaxsda yuqori darajadagi intellektual qobiliyat mavjud bo‘lishi kerak . Ularning fikricha, quyi intellektga ega bo‘lgan kishi hech qanday kreativlikka ega bo‘lmaydi. O‘rta intellekt sohiblari o‘rtacha kreativlik, IQ koeffitsenti 120 dan ortiq bo‘lgan kishilar a’lo darajadagi kreativlikka ega bo‘lishishadi. [2]
Evolyusiya nuqtai nazaridan intellekt va kreativlikning o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilib ko‘raylik.
Intellektni go‘yo qolipga solingan, buyuk kashfiyotlarni yaratmaydigan moslashuvchi qobiliyat sifatida ko‘ramiz. Intellektga faqat qaytarish xosdir. Psixologlarning fikricha bu g‘oya noto‘ridir . Sababi evolyusion rivojlanish nazariyasida insoniyatning antropogenez rivojlanishning asosiy omilini intellektining rivojlanishidadir deb aytib o‘tilgan. Olovni o‘zlashtirish va qurollar yasash bunga misol bo‘la oladi.
Intellektni kreativlikdan yiroq qilish, shaxsdagi yaratuvchanlik , originallik kabi sifatlarni kreativlikka moslab qo‘ymoqda . Kim birinchi bo‘lib buyuk kashfiyotni, o‘q-yoylarni yaratgan, kim olovni o‘zlashtirish mumkinligini o‘ylab topgan? Intellektmi? yoki Kreativlikmi? Agar kreativlik bo‘lsa, unda intellekt qaerga ketdi. Demak, bunday mulohazalar intellektni insoniyatning texnik va ilmiy muvaffaqiyatlarini yaratishdagi o‘rnini pasaytirmoqda.
Ma’lumki, ba’zi insonlar aniq fanlar yuzasidan ba’zi insonlar gumanitar fanlar yuzasidan qobiliyatga ega bo‘lishadi. YAna yuqori darajadagi talantga ega bo‘lagan rassomning oddiy matematik misollar oldida esankirab qolishini va ajoyib matematikni ozroq badiiy qobiliyatga ega bo‘lishini kuzatganmiz. Bunday insonlarni aqilli deb aytishimiz mumkinmi. [1]
Spirmenning fikricha, insonlarda umumiy intellekt mavjud. Uning fikricha insonlarni bir-biridan ajratib turuvchi o‘ziga xos qobiliyatlari bor.Spirmen faktorli analiz, statistik protsedurani ishlab chiqdi. U bog‘liq elementlarning muvaqqat bog‘lanishlarini tushuntirib bergan. Spirmenning fikricha malakaning umumiy yig‘indisi, bizning aqliy hulq-atvorimizga bog‘liqdir deb tushuntirgan. SHu kungacha Spirmenning umumiy intellekt nazariyasi, ya’ni intellektni bir taraflama baholash nazariyasi ko‘plab noroziliklarga sabab bo‘lgan. Spirmendan farqli o‘laroq Terstoun aqliy qobiliyatlarning 56 xil testlar, 7 ta klaster orqali baholashni joriy etdi. Terstoun insonlarni yagona shkala orqali baholamadi. U agar shaxs 7ta klasterdagi barcha masalani muvaffaqiyatli echsa, u qolgan barcha sohalarda ham xuddi shunday mavaffaqiyatga erishadi deb bilgan. Ular aqliy qobiliyatni **oniy qobiliyat bilan taqqoslashgan. Uning fikricha, shtanga ko‘tarish bo‘yicha jahon chempioni yaxshigina figuristtik sport turi bilash ham shug‘ullanishi mumkin. CHunki undagi **oniy tayyorgarlik shunga imkon beradi.
Satosi Kanadzava (2004 y.) umumiy intellektni intellektning bir turi sifatida ko‘radi. Umumiy intellekt bizga kundalik hayotda mavjud muammoalarni hal qilishda yordam beradi.
1980 yillarga kelib Spiremennig yagona intellekt nazariyasini va Terstounning akedemik qobiliyatlar nazariyalarini taqqoslash jarayoni kuzatilgan. Ularning fikricha, shaxs biror kognitiv sohada muvaffaqiyatga erishayotgan bo‘lsa, demak u boshqa sohalarda ham xuddi shunday zafarlarga erishadi. Hayotga moslashishning asosiy omili shaxsdagi umumiy intellekt emas, balki vaqt o‘tib, qobiliyatlar bir-biriga ta’sir eta boshlao‘idir. X.Gardner intellekntni bir necha qobiliyatlar yig‘indisi deb qaragan. U o‘z tadqiqotlarini past qobiliyatli odamlarda o‘tkazgan. Miyaning shikastlanishi bir qobiliyatni so‘ndirishi mumkin lekin qolgan qobiliyatlarni qoldirishi mumkin deb hisoblagan.
Gardner o‘z tadqiqotini bosh miyasi ba’zi qismlari fiziologik jihatdan shikasitlangan sinaluvchilarda o‘tkazgan. Ular ko‘pincha intellekt testlaridan quyi ballarni egallashgan. Bu sindrom vakillarining ba’zilarida nutq rivojlanmagan. Lekin qo‘shib ayirishni xuddi elektron hisoblagichday tezda hisoblay olish qobiliyatiga ega bo‘lishgan. Ba’zilari, biror tarixiy kun bilan bog‘liq sanalarni yoddan bilishgan. Bunday sindrom egalari hattoki baddiy ijodda ham muvaffaqiyatlarga erisha olishgan. YUqoridagi faktlardan foydalanib, Gardner shaxsda intellekt emas, balki bir necha xil ong mavjud degan fikrga kelgan. Umuman olganda shaxsda 8 xil ko‘rinishdagi qobiliyat borligini aytib o‘tadi. Agar shaxs biror sohada muvaffaqiyatga erishsa, demak u qolgan sohalarda ham yaxshi natijalarga erishadi deb aytib bo‘tgan. [2]
R. SHtenbegr, R.Vagner Gardnerning g‘oyasiga qo‘shilishgan Lekin shaxsda aqlni 3 xil faktori mavjudligini taxlil qilishgan:
Masalani echishda akalemik malakaning mavjudligi. Bunday malakalarni aqliy testlardagi yagona to‘g‘ri javobni belgilash bilan baholanadi
Amaliy intellekt kundalik hayotda atrof muhitga moslashish uchun muammolarning ko‘plab echimidan qulayini tanlashga yordam beradi.
Ijodiy aql. Bun tip vakillari notanish vaziyatlarda o‘zining reaksiyasini ko‘rsatishi bilan ajralib turadi. 
Mustaqil fikrlashning yuqori shakli bo’lmish ijodiylik muammosi chet el psixologiyasida juda chuqur o’rganilgan, bu asosan qobiliyatning kreativligi tarzida talqin qilingan. Biz bu ta’rifdan “ijodiy” deb foydalanmasligimizga sabab (“create” - inglizcha “ijod qilish” demakdir), ijodiylik - bu intellektual faollikning yuksak bosqichi, degan tasavvur paydo bo’lmasligi uchun “kreativlik” atamasidan foydalandik. Psixologiyada kreativlik muammosi 1950-yillardan boshlab izchil ravishda o’rganilmoqda. Lekin biz o’z tadqiqotimizda “kreativlik” atamasini o’zbek tilida shartli ravishda “aqliy ijodiylik” deb atadik va uni mustaqil fikrlashning psixologik asosi sifatida o’rganishni lozim topdik. SHunday qilib, bundan buyon aqliy ijodiylik haqida mulohaza yuritilganda fikrlashning nostandartligi, uning mustaqilligi va “kreativligi” nazarda tutiladi.
Kreativlikning ajratilishiga aqlning an’anaviy testlari va muammoni yechishning muvvafaqiyati o’rtasida bog’lanish yo’qligi haqidagi ma’lumot turtki bo’lgan. Bu sifat mohiyatan aql orqali berilgan ma’lumotlarni, qo’yilgan vazifalarni hal qilishda tezkor usul va har xil yo’sindan foydalanish qobiliyatiga bog’liqligini ifodalaydi.
1962 yilda J.W.Getzels va P.W.Jackson [10] aqliy ijodiylikning ko’rsatkichlari orasida bog’liqlik yo’q, degan ma’lumotni matbuotda e’lon qilishgan. Ular ijodiylikni o’lchash uchun o’zlarining (Sr) koeffitsentini kiritishgan, xolos. Aqliy iste’dod esa bolaning guvohnomasidagi yoshiga nisbati qo’lga kiritgan muvaffaqiyatlarining miqdori bilan o’lchanib, IQ koeffitsenti bilan belgilanadi. IQ va Cr koeffitsentlarini ajratish qobiliyat bilan mantiqni aqliy ijodiylikka qarama-qarshi qo’yishga omil bo’lgan. Xuddi shu bois ham XX asrning 60-yillariga kelib, ijodiylikning 60 dan ortiq ta’rifi ishlab chiqildi. Ijodiylik ta’riflarini tahlil qilish orqali ularni 6 turga ajratish mumkin: geshtaltik ta’rif (ijodiy jarayonni mavjud geshtaltlarni buzib, yaxshirog’ini tuzish sifatida ta’riflanadi), innovatsion (yangi) ta’rif (so’nggi natijaning yangiligi bo’yicha ijodiylikni baholashga yo’naltirilgan), estetik yoki ekspressiv (ijod qiluvchining o’zini-o’zi ifodalashga ahamiyat beruvchi), psixoanalitik (ijodiylikni “U”, “Men” va “Ideal - Men” o’rtasidagi o’zaro munosabat deb ta’riflovchi); muammoli (ijodiylikni masalalar yechish jarayoni deb aniqlaydigan. Bunga J.P. Guilfordning “Ijodiylik - divergent qobiliyat jarayonidir”, degan ta’rifini ham mujassamlashtirish mumkin), oltinchi tipga yuqorida ta’riflangan tiplarning birortasiga ham kirmaydigan har xil ta’riflarni kiritish mumkin (masalan, “umuminsoniy” bilimlar zaxirasini to’ldirish)
Hozirgi davrda to’plangan ijodiylik atamasiga taalluqli ta’riflar mazmuni, mohiyati va tuzilmasini baholash qiyin. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, “ijodiylikning nimaligini tushunishning o’zi ijodiy harakatni talab qiladi. So’nggi yillardagi tadqiqotlar mualliflaridan biri ijodiylikni qandaydir ahamiyatli va yangi narsaga erishish deb, ya’ni “boshqacha aytganda, bu insonlarning dunyoni o’zgartirish uchun qilgan harakatlari” sifatida ta’riflaydilar
Ijodiylikning XX asr 60-yillardagi ko’zga ko’ringan tadqiqotchilaridan biri M.Wallachning [10] ta’kidlashicha, intellektual testlar ijodiy yutuqlar bilan yuqori ko’rsatkichlarda o’zaro bog’lanmagan. U 11-12 yoshli o’quvchilar o’rtasidagi intellekt va ijodiylik turlicha rivojlanganligi sababli ularni 4 xil guruhga ajratib ko’rsatadi:
intellekt va ijodiylikning yuqori darajasiga erishgan o’quvchilar o’zlarini to’g’ri baholaydilar, ularda o’zini-o’zi nazorat qilish yuqori, ular barcha yangi narsalarga qiziqishadi va baholashda mustaqillikka egadirlar;
intellektual darajasi yuqori va ijodiylik darajasi past o’quvchilar maktabda muvaffaqiyatga intiladilar, lekin birovdan o’z sirlarini yashiradilar, o’zlarini pasaytirib baholaydilar;
intellektual darajasi past va ijodiylik ko’rsatkichi yuqori o’quvchilar xavotirli, e’tiborsiz, quyi ijtimoiy moslashuv bilan boshqalardan ajralib turadilar;
intellektual darajasi va ijodiylik ko’rsatkichi quyi o’quvchilar vaziyatga oson moslashadilar, ijtimoiy intellektual darajasi yuqori, lekin sust sub’ektlar o’zlarini to’g’ri baholaydilar.
Shunday qilib, ijodiylik jarayoni bilan intellekt darajasi o’rtasidagi munosabat o’quvchilarning shaxsiy xislatlariga va ularning moslashuv usullariga ta’sir qiladi.
Stenberg va Gardnerlarning fikricha bir necha qobiliyat shaxsni omadli bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 
Ijodiylik mezonlaridan biri - bu nostandartlikdir. E.P.Torrance ta’kidlaganidek, noyob va original javoblar mohiyatan har doim ham mos tushavermaydi. Ko’pincha tushunchalarning mazmunini asoslanmagan ravishda aralashtirish holati ro’y beradi: ijodiy qobiliyat esa nostandartlik bilan bir xil deb qaraladi, nostandartlik originallik bilan, originallik esa sinaluvchilar guruhidagi noyob javoblar bilan ayniy deb talqin etiladi. Nostandartlik originallik (o’ziga xoslikka nisbatan kengroq tushunchadir [3].
Ikkinchi mezon - anglanganlikdir.  Bu asnoda so’z borganda sinaluvchi tomonidan muammo yechimining a[3]nglanganligi nazarda tutiladi.
Intellektual testlar shaxsdan konvergent tafakkurni talab qiladi. Kreativ testlar esa divergent tafakkurni talab etadi.
Kreativlik- bu birvaqtning o‘zida yangi va qadrli g‘oyalarni yaratuvchi ijodkorlik qobiliyatidir.
Sternberg va uning kasbdoshlari kreativlikning 5 komponentini ishlab chiqishgan.

  1. SHaxsdagi bilimning ko‘pqirraligi. Qo‘lga qiritgan bilimilarimiz g‘oyalarimizning ko‘p bo‘lishining asosi hisoblandi. Dunyoviy bilimilarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, psixikamizdagi bloklar ham shunchalik ko‘p bo‘ladi. Hayotda muammolarni hal qilishda bilimlarimiz qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni hal qilish shunchalik oson bo‘ladi.

  2. Tasavvuriy tafakkur narsa va hodisalarini yangidan ko‘rishga, ularni qayta yaratishga va bog‘lashga imkon beradi. Muammoning asosiy elementini tasavvur qilib uni o‘zlashtiramiz va uni yangi bosqichga olib o‘tamiz.

  3. Tavakkalchilik- yangi ta’surotlarni qidirish. Buni ikki ma’noda ko‘rish mumkin. YA’ni birinchisi tavakkal va muammoni engib o‘tishdagi qat’iylikda deb ko‘rish mumkin.bunday xususiyatga ega bo‘lgan shaxslar orqaga qaytishdan ko‘ra, yangi tajribaga ega bo‘lishni avzal deb bilishadi.

  4. Ichki motivatsiya majburlikdan ko‘ra shaxsda murakkab masalani echishda qiziqiqish va qoniqish hissini yuzaga keltiradi. Ijodkor shaxs masalaning muddatini, uning keltiruvchi daromadini va talabgorlari haqida o‘ylamaydi. Butin e’tibori maslani echishdagi qonikish hisi va stimuli qaratadi. Isaak Nyutondan “Siz bunday murakkab masalalarni qanday qilib hal qilagansiz” deb so‘rashganda, u shunday javob bergan “Men bu muammo haqida tunu kun o‘ylab yurganman ” deb javob bergan.

  5. Ijodiy muhit shaxsdagi ijodiy g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlashga yordam beradi. Hamkasblar bilan ijobiy munosabat va ularni ko‘magi shaxsdagi g‘oyalarni kamol topishiga turtki bo‘ladi. Lekin shuni ta’qidlab o‘tish kerakki, ba’zi tadqiqotlarda ijtimoiy muhitning shaxsga salbiy ta’siri holati ham kuzatilgan. Masalan, amerikalik talabalarga insho yozish topshirig‘i berilgan. Ular yozgan inshoni uning kursdoshlari tomonidan tekshirilishi oldindan ogohlantirilgan. Boshqa guruhga esa faqatgina insho yozishni aytishagan. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, ogohlantirilgan guruhning insholari yomon yozilgani ma’lum bo‘lgan. Bu holatda biz ijtimoiy muhitning ijodkorlikka salbiy ta’sirini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.[4][3]

Nensi Kantor, Djon Kilstrom fanga akademik intellektdan tashqari ijtimoiy intellekt tushunchasini kiritishdi. Ijtimoiy intellekt- bu ma’lum ijtimoiy vaziyatlarni tushunib etish va uni engib o‘tish deganidir. S.Epstayn, P.Mayerlar ham bu fikrga qo‘shilgan. Nima uchun akademik qobiliyatli shaxslar jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, oilaviy baxtga erishishga, biror bir yutuqqa erishishda muvaffaqiyatsizliklarga duch keladi? S.Epstayn, P.Mayerlarnnig fikricha, ijtimoiy intellektning muhim bo‘lagi- bu emotsional intelektdir. YA’ni,o‘z emotsiyasini qabul qilish, ifodalash, tushunish va boshqarish qobiliyatidir. Ongli, emotsional etuk shaxslar o‘z- o‘zini yaxshi anglagan shaxslar hisoblanishadi. Bunday odamlar engib bo‘lmaydigan depressiya, hissiyotlarini boshqara oladigan insonlar hisoblanishadi.
Emotsional intellektni E.Torndayk, Golman va boshqa olimlar ham tadqiq etgan. Dj. Mayer, P.Solovey, D.Krauzo qobiliyat sirasiga kiruvchi emotsional intellektning 4 komponentini tadqiq etuvchi testlarni ishlab chiqishdi. Bular quyidagilar:

  • Emotsiyani qabul qilish ( inson yuzidan uni aniqlash)

  • Emotsiyani tushunish (ularni o‘zgarishini aytib berish)

  • Emotsiyani boshqarish (qaysi vaziyatda qaysi bir emotsiyadan foydalanishni bila olish)

  • Emotsiyani moslashuvchan va ijodkor tafakkurda qo‘llay olish[412]

Agar shaxs yuqori intellekt koefitsentiga ega bo‘lsa, ammo bosh miyasining biror joyidan jarohat olsaunnig emotsional intellekti pasayib ketar ekan. Nevrolog Antonio Damasio o‘z tajribasida miya saratoni mavjud Elliot ismli bemorni mosol qilib keltirgan. U o‘z bemoridagi o‘smani jarrohlik yo‘li bilan olib tashlagan. U bemor sog‘aygandan keyin u bilan bo‘lgan soatlab suhbatda unnig yuzida emotsiyaning hech qanday ko‘rinishini payqashmagan. Elliotga turli xil vahshiona va turli tabiiy offtlar orqali insonlarda yuz bergan talofatlar aks etgan rasmlarni ko‘rsatishgan. Elliot o‘zida hech qanday his yo‘qligini bilgan va uni ifodalay olmagan. U endilikda hech nima his eta olmayotganini yaxshi bilgan. Natijada Elliot o‘z ishi va oilasini yo‘qotdi. Uning qayta turmishi ham o‘xshamagan. Elliot jamiyatda o‘z o‘rnini yo‘qotib muvaffaqiyatsizlikka erishdi.
Lekin ba’zi olimlarning fikricha, emotsional intellekt – intellektdan yiroq tushuncha. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, emotsional intellekt bizdagi bor hohish va qiziqishni aktivlashtiradi. Muammoning ma’nosini kamroq o‘ylashga majbur qiladi. Bu jarayon kreativlik uchun muhim hisoblanadi.
Intellektning yuqori bo‘lishi miya yarim sharlariga bog‘liqmi? Bu masalani tadqiq etishganda shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Bayron, Betxovenlarning miyasining og‘irligi normal odamning miyasidan anchagina og‘iriligini aniqlashgan. Miyasi og‘ir bo‘lgan shaxslar yuqori intellektga ega bo‘lishadi degan qarashlar ham mavjud bo‘lgan. Lekin afsus ba’zi bir olim daxolarning miyasi normal insonlarnikidan ancha pastligini ham aniqlashgan. Aksincha ba’zi bir jinoyatchilarning miyasining og‘irligi xuddi Bayroninkiday ekanligi aniqlangan. Baribir keyinchalik MRT asob bilan miyani tahlil qilishda ishtellekt bilan miyani bog‘liqligi ko‘rsatiladi. Intellektning yuqori bo‘lishi nafaqat uning og‘irligiga balki miyannig frontal va parietal manglay bo‘lagidagi aktivlik jarayoniga bog‘liqligini aniqlashgan.[5]
Eynshteyn bilan bir kanadalikning miyasi tadqiq etilganda ularning og‘iriligi o‘rtasida deyarli hech qanday farq yo‘qligini aniqlashgan. Lekin Eynshteyning miyasining kuyi qismi kanadalikning miyasidan 15 foizga yuqoriroqligi namoyon bo‘lgan. Aynan miyaning quyi qismi matematik va fazoviy ma’lumotlarga javob beradi. Aksincha Eynshteyning miyasining faollika javob beruvchi qismlari pastroq joylashganinin aniqlashgan. SHuning uchun ham Enshteyn va boshqa fiziklarning gapirish va o‘rganishida sekinlikni ko‘rishimiz mumkin bo‘lgan.
Intellektni o‘lchash tarixida dastlabki qadamni ingliz olimi Frensis Galton tomonidan amalga oshirilgan. Galtoninng fikricha xarakter irsiyat yo‘li bilan avlodddan-avlodga o‘tar ekan. U bunga bog‘liq ravishda aqliy qobiliyatlarni irsiyat yo‘li bilan tushuntirmoqchi bo‘lgan. Galtonning tadqiqotlari unchalik yaxshi natijalarni ko‘rsatmadi va erkak kishilarning natijali ayollarninkiga qaraganda yuqori chiqanini ko‘rishimiz mukin. Galtonning tadqiqotlari o‘z samarasini bermagan bo‘lsa ham biz uni aqliy qobiliyatlarni aniqlagan dastlabki tadqiqotchi sifatada tan olamiz. Intellektni teslar yordamida aniqlash yana bir qadamni fransuz olimi Alfred Bine tomonidan amalga oshirilgan.
Unga fransuz maktablarida yaxshi o‘zlantirmayotgan yoki aksincha juda yaxshi o‘zlashtirib maxsus ta’lim programmasiga ehtiyoj sezgan bolalarni tadqiq etish topshirilgan. Bunning sababi ularning qobiliyatlaridagi farqlar bo‘lishi mumkin deb qaralgan. 1904 yil A.Bine o‘z xodimi Tedor Simon bilan birga maktabda o‘zlashtirishda ma’lum muammolarga duch keluvchi o‘quvchilarni aniqlovchi ob’ektiv testlarni yaratishgan. Bine va Simon aqliy yosh va xronalogik yosh degan hodisani o‘rgantishni boshlashgan. Uning aqliy yoshi xronologik yoshiga mos kelishi kerak edi. Agar kimda bu mutanosib kemasa, uni maxsus ta’lim metodi orqali mosla**irish mumkin deb hisoblagan. Bine va Simon Galtondan farqli o‘laroq aqliy qobiliyatni muhitga bog‘liq deb bilgan.[416]
Binedan so‘ng Stanford universitetining professori Lyuis Terman Bine va Simonning intellekt testlari Stanford universitettining talabalariga mos kelmayotganini aniqlab, unga ma’lum o‘zgartirish kiritdi. Endilikda unga Stenford- Bine testi deb nomladi. Keyinchalik nemis olimi Vilyam SHtern aqliy qobiliyat koeffitsenti hisoblangan o‘sha mashhur IQ atamasini fanga kiritdi.
Aqliy yosh
IQ ------------------------------------------------ x100
Xronologik yosh
Demak, dastlab angliyalik olim F.Galton individual- aqliy qobiliyatlarni tadqiq etgan. Lekin unda buni qanday qilib o‘lchash kerakligini aniqlay olmagan bo‘lsa ham. A.Bine esa uning g‘oyasini rivojlantirib, fransuz ta’lim tizimida o‘quvchilarning kelajakda o‘zlanshtirira olishini aytib bera olgan. Xuddi Galton dek L.Terman aqliy qobiliyatlar irsiyatning mevasi deb bilgan. Ctenford- Bine testi bu ko‘rinmayotgan qobiliyatni uyg‘otishga yordam beradi deb aytib o‘tgan. [417]
Intellektning rivojlanishi irsiyatsiyatmi yoki ijtimoiy muhitning roli kuchlimi? F.Galtonning fikricha, intellekning rivojlanishiga irsiyatninng rolini yuqori qo‘ygan. Lekin ijtimoiy muhitnig rolini yuqori qo‘ysak, unda yaxshi ta’lim-tarbiya olmagan nosog‘lom muhitda o‘sgan bola qobiliyatsiz bola deb hisoblashga tg‘ri keladi. 
Haqiqatda ham bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarda intellekt koefiitsenti deyarli bir xil natijani ko‘rsatgan. Agar bir tuxumdan tug‘ilgan egizaklarni boshqa boshqa oilalarda tarbiya qilib ularning intellekt koeffitsenti tekshirilganda, baribir natijani bir xiligini ko‘rishimiz mumkin.[427]
Yana bir tadqiqot asrab olingan bolalarda o‘tkazilgan. Bir muhitda katta bo‘lgan bolalarning intellekt koeffitsenti yoshligida bir xil natijani ko‘rsatgan. Lekin ular ulg‘aygan sari bu o‘xshashlik kamayib borishini kuzatishgan. Aynan aqliy qobiliyatlar yillar o‘tib o‘z o‘xshashligini yo‘qotishini tadqiqotlar isbotlab bergan. Bundan tashqari mehribonlik uylardan asrab olingan bolalar o‘gay ota-onalariga qaraganda o‘zlarining biologik ota-onalariga o‘xshashligi kuzatilgan. Irsiyat va ijtimoiy muhitning bir-biriga o‘zaro bog‘liqdir. Matematik qobiliyatga ega bo‘lgan bolani maxsus matematikaga yo‘naltirilgan gimnaziyada o‘qitib, yillar o‘tib uning itellekti tekshirilganda, yuqori natijalarni ko‘rsatgan. Buning sababi ham irsiyat ham ijtimoiy omilda ko‘ramiz (qobiliyat+ta’lim). Demak, genlarimiz bizning muhitimizni, muhit esa o‘z navbatida bizning o‘zimizni shakllantirar ekan. [427] 
Dj. Mak-Viker Tegerandagi kam ta’minlangan mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini tadqiq etdi. Ko‘pchilik 2 yoshli bolalar mustaqil o‘tira olmasligini, 4 yoshli bolalar esa yura olmasligini kuzatgan. Tarbilovchilar bolalarning yig‘lashiga, qaysarliklariga umuman e’tibor qaratmas edilar. Natijada bunday bolalar “passiv”, tashqi muhit ta’siriga nisbatan hech qanday ehtiyoji yo‘q qoloq bolalar bo‘lib ulgayishgani aniqlangan. Deprivatsiya sharoiti tug‘ma qobiliyatlarni so‘ndirmoqda edi.
Xant “inson qobiliyatlarini shakllantirishga o‘rgatish” nomli dasturni yaratdi. Dastur davomida Xant tarbiyalovchilarni bolalar bilan tovushli o‘yinlar orqali ishlashga o‘rgatdi. Tadqiqotda 11 ta bola saralab olingan edi. Ular 1 yosh 11 oylik davriga kelib 50 tagacha so‘zni talaffuz qila boshlashgani aniqlandi. Natijada o‘sha saralab olingan bolalar juda rivojlangan bolalar bo‘lib ulg‘ayishdi. [430]
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, aqliy qobiliyatlarning shakllanitishida ham irsiyatning ham atrof muhitning roli muhim. Insonning dastlabki rivojlaninsh bosqichida irsiy omillar etakchiroq bo‘lib ko‘rinadi. Lekin yillar davomida ayniqsa aqliy qobiliyatlarning rivolanishiga atrof- muhit o‘z ta’sirini ko‘rsatib boradi. Uning keyingi rivojlanishi yoki so‘nib borilishi atrof-muhitga bog‘liq bo‘lib qoladi. [430]
Aqliy qobiliyatning jinsiy farqlari mavjud bo‘lib, ayollarning xotirasi erkaklarnikiga qaraganda kuchli ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Erkaklarda esa matematik va fazofiy qobiliyatlar yaxshi rivojlanganligi aniqlangan.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, biz intellekt so‘zini talaffuz qilishimiz bilan uni testlar orqali o‘lchashni ko‘z oldimizga keltiramiz. Lekin mana shu teslar qanchalik haqiqatga yaqin. Biz ularga qay darajada ishonishimiz mukin. Bu ko‘rinishdagi testlarning savollari barcha qatlam vakillarining turmush sharitini hisobga olmaganligini kuzatishimiz mumkin. Hattoki, Alfred Bine ham o‘zi kashf etkan intellekt testlarini tahlili ustida ishlash kerakligini aytib o‘tgan. Sababi, bu teslarning natijasi haqiqatdan uzoq bo‘lishini aniqlagan. Bundan tashqari bunday testlar intellektning faqat bir tomonini tadqiq etishga qaratilgan. Emotsional va amaliy intelekti yuqori rivojlangan shaxslarning natijalari bu testlarda yaxshi natija ko‘rsatmayotganligi kuzatishgan. Baribir, hozirgi kunda IQ koeffitsenti o‘z ahamiyatini zararcha ham yo‘qotmagan.
Muloqot insonning ijtimoiy, ongli mavjudot sifatidagi, ong tashuvchi sifatidagi ehtiyojidir. Turli yuksak hayvonlar va odam turmush tarzlarining ikki taraf: tabiat bilan aloqalar va tirik jonzotlar bilan aloqalarga ajralishini kuzatamiz. Birinchi tur aloqalar odam faolligining maxsus turi sifatidagi faoliyat deb nomlangan. Ikkinchi tur aloqalar bir-birlari bilan o‘zaro ta’sirlashuvchi tomonlar axborot almashinuvchi tirik jonzotlar ekanligi bilan belgilanadi. Tur ichidagi va turlararo bunday aloqalar turi muloqot deb ataladi.[1]
«Muloqot» tushunchasining turlicha ta’riflari mavjud. Muloqot ikki yoki undan ortiq odamlar o‘rtasidagi bilish yoki affektiv-baholash xususiyatiga ega bo‘lgan axborot almashinuvida ularning o‘zaro ta’sirlashuvi sifatida ta’riflanadi. YOki: muloqot – odamlar o‘rtasida hamkorlik faoliyati ehtiyojidan yuzaga keladigan va axborot almashinuvi, o‘zaro ta’sirning yagona yo‘lini ishlab chiqish, boshqa odamni idrok qilish va tushunishdan iborat bo‘lgan aloqalarni o‘rnatish va rivojlatirishning murakkab, keng qamrovli jarayoni. Bu «muloqot» tushunchasining eng to‘liq va aniq ta’rifidir.[1]
Muloqot barcha tirik jonzotlarga xosdir, lekin odam darajasida u eng takomillashgan shakllarga ega bo‘ladi, nutq vositasida anglanadi. Muloqotda quyidagi nuqtai nazarlar ajratiladi: mazmun, maqsad va vositalar.
Insonning nutқ faoliyati inson ongining barcha қirralari bilan chambarchas boғlangan. Nutқ – inson psixik kamolotining, shaxs sifatida shakllanishining қudratli omilidir. Nutқ ta’siri ostida қarashlar, e’tiқodlar, intellektual, ma’naviy va estetik ҳissiyotlar tarkib topadi, iroda va fe’l-atvor shakllanadi. Nutқ yordamida barcha bilishga oid psixik jarayonlar erkin va boshқariladigan tus oladi. Shunday ekan, nutқ – bilishga oid psixik jarayon bo’lib, inson tomonidan talaffuz қilinayotgan va e**ib turilgan tovushlar uyғunligidan iborat, ayni vaқtda shu tovushlarga mos yozuv belgilari tizimi orқali ifodalangan ma’no va mazmunga ega.
Til – shartli belgilar tizimi bo’lib, ularning yordamida odamlar uchun muayyan ma’noga va mazmunga ega bo’lgan tovushlar yiғindisi uzatiladi.
Nutқda aloҳida insonning ruҳiyati ifoda topadi. Nutқ xususiy jiҳatdan aloҳida shaxsga xos bo’lib, unda aloҳida olingan insonning psixologiyasi aks etadi, til esa ҳamma uchun bittadir.
Nutқ orқali bildirilgan ishoralar yordamida muayyan predmet, ҳarakat, ҳolat va ҳ.k. ifodalanadi. So’z esa, predmet yoki ҳodisa to’ғrisidagi tasavvur bilan boғliқ.
Umumlashtirish funkstiyasi ҳar bir so’z umumlashtirish xususiyatiga ega ekanligi bilan boғliқ, bu esa tafakkurning yuzaga chiқishiga imkon yaratadi. Fikr almashuv, ya’ni muloқot muayyan ma’lumotlarni, fikrlarni, tuyғularni odamlar bir-birlariga etkazib berishdan iborat bo’lgan jarayondir.
Inson nutқining aniқligi cheklangan miқdordagi nutқiy belgilar – turli murakkablikdagi tarkibiy қismlar (tovushlar, bo’ғinlar, so’zlar va gaplar) yordamida insonning cheksiz-chegarasiz turli-tuman fikrlarini, maқsadlarini va tuyғularini ifodalash imkonini beradi.[1][3]
Muloqot mazmuni – bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p **li bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir.

Yüklə 326,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin