Boltayev shaxzod


Xayol jarayonlari va turlari



Yüklə 68,23 Kb.
səhifə7/9
tarix19.05.2023
ölçüsü68,23 Kb.
#118087
1   2   3   4   5   6   7   8   9
11Kurs ishi

2.3 Xayol jarayonlari va turlari
Xayol turlari tasniflanishining bir necha xillari mavjud, ularning har biri asosida xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga egadir. Faollik belgisi bo‘yicha xayol faol va sust xayolga bo‘linadi.
Faol xayol doimo ijodiy va shaxsiy masalani hal etishga qaratilgan, aniq amaliy faoliyatni bajarish bilan bog‘liq. Faol xayol kelajakka qaratilgan bo‘lib, vaqtdan ma’lum daraja sifatida foydalanadi. U masala tomonidan uyg‘otiladi va yo‘naltiriladi, irodaviy sharoitlar bilan aniqlanadi va iroda nazoratiga bo‘ysunadi. Faol xayol o‘zida artistlik, ijodkorlik, tanqidiy, yaratuvchilik va antitsipiruyuщee xayol turlarini mujassamlashtiradi.
Obrazlarning mustaqilligi va haqiqiyligiga bog‘liq ravishda xayol yaratuvchi va ijodkor bo‘ladi.
Yaratuvchi xayol – bu ma’lum inson uchun biror yangilikni so‘z orqali ta’riflash yoki uni shartli ravishda aks ettirish (chizma, notali yozuv va boshqalar) ga tayangan holda tasavvur qilish. Xayolning bu turi insonning turli xil faoliyatida, shu bilan birga, ta’limda ham keng qo‘llaniladi. Xuddi shunday, yaratuvchi xayol ishchiga mehnat operatsiyalarini chizmalar bo‘yicha bajarishga yordam beradi.
Ijodiy xayol – bu yangi obrazlarni tayyor ta’riflar yoki shartli tasvirlarga tayanmagan holda yaratish. Xayolning bu turi davomida inson mustaqil holda boshqa odamlar yoki jamiyat uchun qadrli bo‘lgan, faoliyatning aniq o‘ziga xos mahsulotida gavdalangan yangi obraz va g‘oyalar yaratadi. Ijodiy xayol inson ijodiy faoliyati barcha turlarining tarkibiy qismi asosi bo‘lib hisoblanadi.
Antitsipatsiyaviy xayol insonning juda muhim va zarur qobiliyati – kelajakdagi voqealarni oldindan sezish, harakatlarining natijasini ko‘ra olish va boshqalar asosida yotadi. Insonning bu qobiliyatiga binoan inson «fikriy nigoh» yordamida kelajakda o‘zi, boshqa odamlar yoki atrofdagilar bilan nimalar sodir bo‘lishini ko‘ra oladi.
Sust xayol ichki, sub’ektiv omillarga bo‘ysunadi. Bunda amaliy faoliyatdan to‘liq yoki deyarli to‘liq bo‘lgan ajralish mavjud. Bunda fantaziya hayotga tadbiq etilmaganobrazlarni yaratadi, amalga oshmaydigan yoki tadbiq etilmaydigan hulq-atvor dasturlari rejalashtiradi. Sust xayol jarayonida qandaydir ehtiyoj yoki tilakning noreal, xayoliy qondirilishi amalga oshiriladi. Bunday xayolning materiallari sifatida obrazlar, tasavvurlar, tushuncha elementlari va tajribada to‘plangan boshqa ma’lumotlar xizmat qiladi.17
Sust xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Ixtiyorsiz xayol inson irodasidan tashqarida, boshqa u yoki bu idrok qilishga bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Bu, asosan, ong faoliyati, ikkinchi xabar tizimining kuchsizlanishida, yarim uyqu, affekt holatida, uyquda, ongning patologik buzilishlarida (gallyusinatsiyada), gipnoz, spirtli ichimliklar, giyohvand moddalar ta’sirida sodir bo‘ladi. Oldindan ko‘zlangan, maqsadga yo‘naltirilgan tarzda inson tomonidan o‘z tajribasining mos elementlaridan foydalanish va ularni yangi obrazlarda qayta yaratish ixtiyoriy xayol deyiladi. Bu xayol uchun obraz yaratish vazifasining mavjudligi va uni amalga oshirishda iroda kuchi xosdir. Maqsadli xayol o‘zini uch xil shaklda: orzular – istalgan kelajak obrazlari; shirin xayol – dolzarb kechinmali irreallik obrazlari; fantaziyalar – yaqin kelajak obrazlari. Ular zo‘riqishni kamaytirish, maqsadga yo‘nalganlik, oldindan sezish, inson zahiralarini safarbar qilish vazifalarini bajarishi mumkin. SHirin xayolda insonning qiziqishlari, moyilliklari, ehtiyojlari yaqqol ko‘zga tashlanadi. SHirin xayolga orzular – inson amalga oshirmoqchi bo‘lgan, lekin ayni damda amalga oshirolmaydigan, uning eng ezgu xohishlarini qondiradigan istalgan kelajak obrazini oldindan yaratish yaqin turadi. Orzular shirin xayoldan o‘zlarining amaliy tadbiqi imkoniyatini taqazo etishi bilan farq qiladi. Inson o‘z orzularida yaratgan obrazlar, yorqin, jonli, aniq xususiyati bilan, shu bilan birga – sub’ekt uchun hissiyotga boyligi, jozibadorligi bilan ajralib turadi. Lekin orzu, xayol istalgan kelajakni hozirgi zamon bilan muntazam ravishda bog‘lab turganidagina foydali bo‘lishi mumkin. Agar bunday bo‘lmasa, orzu harakat rag‘batida xayolparastlikka, fantaziyaga aylanib qolishi mumkin.
Orzuning hissiy-emotsional turi sifatida, shirin xayol va unga yaqin bo‘lgan fantaziyalar namoyon bo‘ladi. SHirin xayol deb, odatda, «shirin orzular», ushalmaydigan umidlar, haqiqiy voqelikni o‘rnini bosadigan shakllarga aytiladi. SHirin xayol surish – o‘ylab topilgan, voqeiy bo‘lmagan hayotda yashash, demak. Bu eskapizm – voqelikdan orzular va xayollar olamiga g‘arq bo‘lish bilan bog‘liq.
Ilmiy faoliyatda xayolning boshqa shakli – faraziy tajribadan keng foydalaniladi. Murakkabligi yoki hajmi yuzasidan real sharoitlarda amalga oshirib bo‘lmaydigan ba’zi bir jarayonlarda olimlar o‘zlarining ijodkorlik xayollarini yordamga chaqiradilar. Uning yordamida, masalan, fizik-olim miyasida voqea yoki jarayonni, unga mukammal sharoitlarni yaratgan holda amalga oshiradi. Buyuk A. Eynshteyn shu usul bilan bizning borliq geometriyasi haqidagi tasavvurlarimizni o‘zgartirib yuboradigan umumiy nisbiylik nazariyasini kashf etgan. Faqat faraziy tajriba Galileyga jismlarning vakuumda tushishining to‘g‘ri qonunini ishlab chiqish imkonini berdi. Fan «qora tuynuklar» haqidagi tajribaga asoslangan ma’lumotlarga ega emas, lekin faraziy tajriba bu erda ham ularning dinamikasini tushuntirib beruvchi modelini yaratishga yordam berdi.

Xulosa
Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o‘zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu ob’ektlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ma’lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o‘rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko‘rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir ob’ektlar va ularning bevosita o‘rganiladigan xossalari haqida ma’lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan ob’ektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir. Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo‘lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Bu savollar: «yuaga kelgan vaziyatda nimani, qay tarzda bajarish mumkin, va bu harakat natijasida nima hosil bo‘ladi?»dan iborat.
Bu savollarga javob izlashda bizlarga tafakkur yordam beradi. Avvalambor, tafakkur yuksak darajadagi bilish psixik jarayoni hisoblanadi. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan voqelikning faol ijodiy aks ettirish va o‘zgartirishdan iborat. Tafakkur bevosita idrokda anglaymaydiganlarni ochib beradi; u olamni ahamiyatli aloqalar va munosabatlarda, uning turli xildagi vositalarida aks ettiradi. Tafakkurning asosiy vazifasi real bog‘liqliklarga asoslangan zarur aloqalarni vaqt va fazodagi tasodifiy mos kelishlardan ajratgan holda aniqlashdan iborat. Tafakkur jarayonida tasodifiydan zaruratga, ayrimlikdan umumiylikka o‘tish sodir bo‘ladi.
Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta’riflash mumkin. Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirishdan iboratligi kelib chiqadi. Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o‘tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir. Bu tajriba til yordamida og‘zaki va yozma nutqda (o‘qituvchilar ma’ruzalarida, kitob, darsliklarda va h.k.) Ifodalangan. Shuning uchun tafakkur ko‘plab odamlar bilimlarini umumlashtiradi.
Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi.
Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta’sir ko‘rsatmay, ko‘pchilik hollarda asboblar ko‘magida olingan qo‘shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirishdir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo‘lishi bilan inson ichki, barqaror o‘zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi.
Tafakkurning o‘ziga xos xususiyati bilish yoki amaliy faoliyat jarayonida yuzaga keladigan u yoki bu vazifani bajarish bilan bog‘liqligidan iborat. Tafakkur muammoli vaziyatdan, tafakkurning maqsadi bo‘lgan savolga javobdan boshlanadi.
Xayol ong faoliyati bo`lib, mavjud tasavvurlar orqali yangi, hayotda mavjud bo`lmagan obrazlar, ob’ektlarni yaratishdir. Xayolning funktsiyasi – o`tgan tajriba natijalarini qayta ishlashdir. Hech narsasiz xayol mavjud bo`lishi va yaratilishi mumkin emas. Ushbu tasavvurlar xotiradan farq qiladi va xayol tasavvurlari deb ataladi. Xayol eki fantaziya, tafakkur kabi, yuksak bilish jarayonlari qatoriga kirib, kishining o`ziga xos insoniy xarakterga ega bo`lgan faoliyatlarida namayon bo`ladi. Mehnatning tayer natijasini xayolga keltirmay turib, ishga kirishib bo`lmaydi. Istalgan mehnat jarayoni xayolni uz ichiga qamrab oladi. Xayol inson ijodiy faoliyatining zarur elementi bo`lib, mehnatning oxirigi va oraliq mahsulotlarida o`z ifodasini topadi, shuningdek problemali vaziyat noaniqlik ko`rsatgan hollarda xulq atvor programmasini tuzishni ta’minlaydi

Yüklə 68,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin