Book · December 022 citations reads 52,739 authors


-yil  6-sentyabrida Respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/40
tarix05.12.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#172843
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40


1991-yil 
6-sentyabrida Respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini 
himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu 
maqsadlarni ko‘zlab uning tarkibida 1992-yil yanvar oyida O‘zbekiston 
Respublikasi milliy gvardiya brigadasi barpo etish lozim deb topildi. 
1992-yil iyulida u Mudofaa Vazirligiga bo‘ysundirildi.
Mustaqil O„zbekistonda iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish bilan 
shug„ullanuvchi davlat idoralari tizimida tub o„zgarishlar amalga oshirildi. 
Mamlakatda 
1990-yil 
dekabrida 
Davlat 
reja 
qo„mitasi Iqtisod 
komissiyasiga aylantirildi. 1992-yil 5-avgustida esa ushbu qo„mita va 
statistika davlat qo„mitasi negizida Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni 
belgilash va statistika davlat qo„mitasi hamda joylarda uning tegishli 
idoralari barpo etildi. 1997-yildan ushbu Qo„mita Makroiqtisodiyot 
Vazirligiga aylantirildi. 
Xalq xo„jaligini boshqarishning yangi usuli sifatida konsernlar 
vujudga keltirildi. Bu avvalo iqtisodiy mustaqillik va bozor iqtisodiga 
o„tish zaruriyati bilan bog„liq bo„ldi. “O„zdonmahsulot”, “O„zbekneftgaz” 
va boshqa ko„plab konsernlar shular jumlasidandir. 1991-yil 7-sentabrida 
O„zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil 
qilindi. 
Yuqoridagi keltirilgan ma‟lumotlardan shunday xulosa kelib 
chiqadiki, sobiq Ittifoq manfaatlarini birinchi galda qondiruvchi idoralar 
tugatilib, yangi shakldagi qo„mitalar, konsernlar va vazirliklar tashkil 
etildi. Bu bilan yangicha iqtisodiy munosabatlar sharoitida o„z milliy 


50 
taraqqiyotiga mos, Vatan mustaqilligini mustahkamlovchi boshqaruv 
tizimi vujudga keltirildi.
1991-yil noyabrida Oliy Kengash “O„zbekiston Respublikasining 
Prezidenti saylovi to„g„risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonun bilan 
birga Oliy Kengash 1991-yilda “O„zbekiston Respublikasi referendumi 
to„g„risida”gi Qonunni ham qabul qildi. 1991-yil 29-dekabrida muqobillik 
asosida O„zbekiston tarixida birinchi marta respublika prezidentligiga 
saylovlar o„tkazildi. 
Konstitutsiyamiz asosida 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan 
“O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to„g„risida”gi, 1994-yil 
5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar 
kengashlariga saylov to„g„risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining 
kafolatlari to„g„risida”gi qonun va nihoyat “O„zbekiston Respublikasi 
Markaziy saylov komissiyasi to„g„risida”gi qonunlari o„zbek saylov 
qonunchiligi tizimining huquqiy asoslarini tashkil qiladi. 
Markaziy saylov komissiyasi to„g„risidagi alohida qonun qabul 
qilinganligi saylovlarni to„g„ri tashkil qilish, saylov qonunlarining to„la 
ishlashiga 
imkoniyat 
yaratadi 
va 
qonunlarni 
nazorat 
qilishni 
kuchaytirishda hamda saylovlarni tashkil etish va uni o„tkazishda davlat 
hokimiyati organlarining ortiqcha aralashuvini cheklaydi. 
Saylov to„g„risidagi qonunlarni tahlil qilsak, unda jahon saylov 
tajribasida erishilgan eng demokratik tartiblarning huquqiy jihatdan 
mustahkamlanishi bilan birga, O„zbekiston saylov tizimiga xos bo„lgan 
xususiyatlarning ham belgilanganligini ko„ramiz. Bu O„zbekiston saylov 
tizimigagina xos xususiyatdir. 
Saylov tizimini isloh qilish O„zbekiston Respublikasi Birinchi 
Prezidenti I.A.Karimovning “O„zbekiston-kelajagi buyuk davlat” degan 
siyosiy dasturida asoslanib, belgilangan maqsad tomon harakatning yana 
bir muhim bosqichi, deb tushunmoq kerak. 
Bizning saylov qonunchiligimiz ko„pgina xalqaro tashkilotlar, xorijiy 
davlatlar tomonidan o„rganilmoqda. 
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati 
Konstitutsiyaning V bo„lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentyabrda qabul 
qilingan “O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to„g„risida”gi Qonunda 
belgilangan. Bu qonunga ko„ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi 
bo„lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 


51 
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o„zgartirish, mamlakat hayoti 
uchun zarur o„zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar 
asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994 yil 25-dekabrga saylovlar 
belgilandi. 
1993-yilni 28-dekabrida qabul qilingan 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin