Book · February 022 citations reads 60,716 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects


Birinchi yo‘nalishda davlat va jamiyat tizimini



Yüklə 5,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/149
tarix15.07.2023
ölçüsü5,24 Mb.
#136647
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149
1.14-

Birinchi yo‘nalishda davlat va jamiyat tizimini 
t
akomillashtirishning 
ustuvor yo‘nalishlari alohida belgilab berildi.
 
Unda demokratik islohotlarni 
chuqurlashtirish, mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis va siyosiy 
partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, shu orqali qonun ustuvorligiga erishish 
asnosida jamiyatda boshqaruvning erkin va xalq hokimiyatchiligi tamoyillarini 
chuqurlashtirishga erishiladi. Davlat boshqaruvi tizimini liberallashtirish, turli 
byurokratik to‘siqlarni kamaytirish, davlat boshqaruvida keng jamoatchilikning 
faol ishtirokini ta’minlash choralarini ko‘rish bo‘yicha aniq g‘oyalar ilgari suriladi. 
48
«Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олийжаноб халқимиз билан қурамиз. Ш. 
Мирзиёевнинг Ўзбекистон Руспубликаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига 
бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. Халқ сўзи, 2016 йил 15 декабрь. 
49
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантириш бўйича 
Ҳаракатлар стратегияси тўғрисида”ги фармони. 2017 йил 7 февраль 


208 
Ochiq jamiyat qurish, davlat va fuqaro munosabatlarini mustahkamlash va natijada 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida muhrlab qo‘yilganidek, 
davlatning 
yagona va birdan-bir manbai xalq ekani, davlat xalq manfaatlarini himoya qilishi, ayni 
paytda xalq o‘z maqsad va intilishlarini, orzu-umidlarini davlat timsolida ko‘rishi 
kabi 
prinsip va qoidalarni to‘liq amalga oshirish asosiy maqsad qilib qo‘yilgan. 
Ikkinchi yo‘nalish qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-hukuq tizimini 
yanada isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlaridan iborat.
 
Bunda sud 
hokimiyatining chinakam samaradorligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, 
sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish ustuvor vazifa qilib qo‘yildi. 
Mazkur yo‘nalishda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya 
qilish kafolatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligiga erishish orqali inson 
manfaatlarini himoya qilish, qabul qilingan barcha qonunlarning to‘la va samarali 
ishlashi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirishga jiddiy e’tibor 
beriladi. Oliy sud faoliyatini isloh qilish, uning zamonaviy, hozirgi kun talablari 
asosida ishlaydigan tizimini vujudga keltirish borasida yangi g‘oyalar ilgari surildi. 
Jumladan, ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish 
orqali adolatli, xalqchil, fuqarolar manfaatlarini to‘la himoya qila oladigan, 
ularning muammolarini o‘z vaqtida hal qilib beradigan sud tizimini vujudga 
keltirish talab etiladi. 
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, eng muhimi, turli huquqbuzarliklarning 
oldini olish, ularning sodir etilmasligi choralarini ko‘rish, profilaktika tizimini 
yanada 
chuqurlashtirish 
va 
samaradorligini 
oshirish 
mexanizmlarini 
takomillashtirish, sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash, 
qonunga rioya kilish va qonun ustuvorligiga erishish orqali sud va sudlovning 
yuksak madaniyatga erishish yo‘l-yo‘riqlari aniq-ravshan aks ettiriladi. 
Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish orqali sud-
huquq organlarini «jazolovchi organdan fuqarolar manfaatini himoya qiladigan, 
ularning ayrimlari kundalik yumushlariga yordam beradigan, har qanday 
muammolarini qonun doirasida o‘ylash- hal qilib beradigan xizmatlar organiga 
aylantirish» (Islom Karimov) mexanizmi- xususan, uning yuqori saviyada 
ishlashini ta’minlash bo‘yicha amaliy yechim va takliflar ilgari suriladi. 

Yüklə 5,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin