219
Jumladan, so‘nggi 3 yilda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-
huquqiy sohalarga oid xalqaro reyting va indekslardagi mavqeini oshirish bo‘yicha
Davlatimiz rahbarining 13 ta farmon va qarori qabul qilingan.
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini
yaxshilash bo‘yicha 7 ta chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, mutasaddi vazirlik va
idoralar, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda xalqaro reytinglarni hisoblash
metodologiyalarining tahlili, ularda O‘zbekistonga berilayotgan baholarga sabab
bo‘layotgan omillar o‘rganib borilmoqda.
Xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi xalqaro va xorijiy tashkilotlarning
aksariyati bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi. Bugungi kunda O‘zbekiston
quyidagi Xalqaro reyting va indekslarda o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilashga
qaratilgan choralarni ishlab chiqdi.
Dostları ilə paylaş: