Borliq falsafasi va uning ahamiyati



Yüklə 22,47 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.10.2023
ölçüsü22,47 Kb.
#155545
Komilova Laylo Saparovna



Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
532 
BORLIQ FALSAFASI VA UNING AHAMIYATI 
Komilova Laylo Saparovna 
Milliy istiqlol g’oyasi va huquq asoslari 
Annotatsiya:
Ushbu maqola asosan falsafa fanida borliq tushunchasining paydo 
bo’lishi, unga oid Sharq va G’arb allomalarning qarashlari, asarlari va fanga kiritgan 
nazariyalari keltirib o’tilgan. 
Kalit so’zlar:
falsafa, ontologiya, borliq, yo’qlik, tushuncha, qarashlar
Faylasuflar “mavjudlik” va “yo‘qlik” to‘g‘risida qadim zamonlardan beri bahs 
yuritib keladilar. Ular borliqning paydo bo’lishi, mohiyati, xususiyatlari va shakllari 
haqida ko‘plab asarlar yozib qoldirganlar. Aslida borliq nima? To’g’ri bu savol judda 
oddiydek ko’rinadi ammo, hali hamma odamlarni qoniqtiradigan javob topilmadi. Bu 
holat borliq haqidagi turli nuqtai nazardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi. 
Masalan, ba'zi faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan o’zaro chambarchas 
deb o’ylashadi va shunday tushuntiradilar. Ularning fikricha, borliq faqat ob'ektiv 
voqelikni qamrab oluvchi tushunchadir. Tafakkur, inson tafakkuri va tasavvurimiz 
borliq tushunchasidan chetda qolsa, bunday tushunchalar obyektiv voqelikdan kelib 
chiqqan deb javob beradilar. 
Falsafa fanining borliq haqidagi ta’limotini – o’rganuvchi bo’lim ontologiya deb 
ataladi. Ontologiya so’zi yunoncha ontos ( mavjudlik) va logos (ta’limot) so’zlaridan 
tashkil topgan bo’lib, “mavjudlik haqidagi ta’limot”, ya’ni borliq haqidagi va uni 
o’rganuvchi fan ma’nosini anglatadi. Olam va borliq haqidagi fikr va masalalarni shu 
soha o’rganadi. 
Bu tushunchani falsafa faniga birinchi bo’lib 1513 – yil R.Gokleniusning “Falsafa 
lug’ati” asarida, keyinchalik esa X.Volf (1679-1754) ning falsafa faniga oid darsligida 
qo’llanilganligiga qaramay, ulardan ham avvalroq Yunon faylasuflari ham ontologiyaga 
oid g’oyalarni ilgari surib kelishgan. 
Yo’qlik – bu hech narsadir. Hamma bor narsani hech narsaga aylantiruvchi, 
hamma narsaning ibtidosi (boshlanishi) ham, intihosi (tugashi) ham bu yo’qlikdir. 
Ya’ni yo’qlik bu cheksizlik, tugallanmaslik va boqiylikdir. Yo’qlik tugallangan joyda 
borliq paydo bo’ladi. Xullas borliqni paydo qiluvchi ham, batamom yo’q qiluvchi ham 
bu yo’qlikdir. Borliq shunday mavjudlikki, u yo’qlikdan yo’qlikkachadir. 
Tarixdan biz shuni bilamizki, borliq haqida olim va faylasuflar turlicha fikrlar 
yuritishgan. Markaziy Osiyo tuprog’ida yaratilgan zardushtiylik ta’limotida borliq 
quyosh va olovdan tashkil topgan hisoblanadi, alangalanib yonib turgan olov bu 
borliqning asosiy mohiyatidir, deb hisoblangan. Bu g’oya negizida asosan olov yotadi 
va u borliqqa borlik mavjudlik baxsh etadi. 
Yevropa olimlari David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb 
hisoblashgan. Xegel borliqqa mavhumlik, mutloq ruhning namoyon bo’lishi, deya 


Международный научный журнал № 1(100), часть 1 
«Научный Фокус» май, 2023 
533 
ta’riflagan. Naturfalsafiy qarashlarda esa borliqni hozirgi zamonga bog’lab 
tushuntirishgan. 
Borliq ancha keng doiradagi tushuncha hisoblanib o’zida butun mavjudlikni, 
uning oldingi, hozirgi va kelajagini ham qamrab olgan. Faylasuflar hammaga borliqni 
tushuntirish uchun uni yo’qlik tushunchasi bilan solishtirib, farqlarini aniqlab 
o’rganish orqali borliqning asosiy mohiyatini ochishga harakat qilishgan. 
Materialistik adabiyotlarda esa borliqni ob’ektiv reallik bilan ya’ni materiya bilan 
o’xshatib aynanlashtirib tushuntiradilar. 
Borliq shunday keng qamrovli umumiy tushunchaki, u o’zida ob’ektiv va sub’ektiv 
aniqlikni, paydo bo’lgan va hali paydo bo’lmagan olamlarni, moddiylik va 
ma’naviylikni, o’tmish va kelajakni, o’limni va hayotni, ruh va jismni kabi 
tushunchalarni jamlab olgan. Borliq tushunchasi kengligini yana bir belgilar orqali 
aniqlashimiz mumkin. Ular : olam, odam, g’oyalar, o’y-xayollarimizning barchasi birday 
mavjud va shular borliq tushunchasini tashkil etadi. 
Borliq haqidagi muammo falsafada markaziy o’rin egallaydigan muammolardan 
biridir. Yana eng qiziq jihati shundaki, falsafa faniga tegishli bo’lgan barcha muammo 
va masalalar borliq falsafasining muammosi bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir. 
Rostdan ham, borliq barcha falsafiy qarashlarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, uning 
muammosi falsafa fanidagi barcha dunyoqarash gnoseologik va metodologik 
muammolarning asosidir. Borliqning asosiy sohalari: tabiat, jamiyat va ong. Bu 
sohalarni birlashtirib turadigan umumiy birlik bu – ularning mavjudligida. Bu haqida 
A.G.Spirkin shunday deydi: “ Barcha mavjud narsalar borliqqa mansubdir. Ularga 
moddiy jismlar ham, barcha ( fizik, ximik, geologik, biologik, ijtimoiy, psixologik
ma’naviy) jarayonlar ham, ularning xossalari, aloqalari va munosabatlari ham kiradi. U 
chuqur hayolotning mevasi bo’lgan afsona va ertaklar, xatto bemorning alahsirashlari 
ham, borliqning qismi bo’lgan ma’naviy reallik sifatida mavjuddir”. Shunday qilib, “ruh 
va materiya, hech bo’lmaganda mavjudlik sifatida bir-birlaridan farq ham qilishadi. 
Agar moddiylik va ma’naviylikni bir-biriga solishtirib ko’radigan bo’lsak, moddiylik 
sub’ektdan alohida mustaqil ravishda mavjud bo’lsa, ma’naviylik esa unga bog’liq 
ravishda mavjud bo’ladi. Xullas, borliq bu tiriklik, mavjudlikning muayyan belgilarini 
o’z ichiga olgan tushunchadir. 
 
QO’LLANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1. 
Borliq falsafasi ( ontologiya) 
https://fayllar.org/borliq-falsafasi-ontologiya-reja.html 
2. 
Ontologiya – borliq falsafasi. Dunyoni falsafiy tushunish. 
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-
ishi/item/13264-ontologiya-borliq-falsafasi-dunyoni-falsafiy-tushinish 

Yüklə 22,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin