Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
532
BORLIQ FALSAFASI VA UNING AHAMIYATI
Komilova Laylo Saparovna
Milliy istiqlol g’oyasi va huquq asoslari
Annotatsiya:
Ushbu maqola asosan falsafa fanida borliq tushunchasining paydo
bo’lishi, unga oid Sharq va G’arb allomalarning qarashlari, asarlari va fanga kiritgan
nazariyalari keltirib o’tilgan.
Kalit so’zlar:
falsafa, ontologiya, borliq, yo’qlik, tushuncha, qarashlar
Faylasuflar “mavjudlik” va “yo‘qlik” to‘g‘risida qadim zamonlardan beri bahs
yuritib keladilar. Ular borliqning paydo bo’lishi,
mohiyati, xususiyatlari va shakllari
haqida ko‘plab asarlar yozib qoldirganlar. Aslida borliq nima? To’g’ri bu savol judda
oddiydek ko’rinadi ammo, hali hamma odamlarni qoniqtiradigan javob topilmadi. Bu
holat borliq haqidagi turli nuqtai nazardan qarashlarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Masalan, ba'zi faylasuflar borliqni moddiylik, moddiy jismlar bilan o’zaro chambarchas
deb o’ylashadi va shunday tushuntiradilar. Ularning fikricha, borliq faqat ob'ektiv
voqelikni qamrab oluvchi tushunchadir. Tafakkur, inson
tafakkuri va tasavvurimiz
borliq tushunchasidan chetda qolsa, bunday tushunchalar obyektiv voqelikdan kelib
chiqqan deb javob beradilar.
Falsafa fanining borliq haqidagi ta’limotini – o’rganuvchi bo’lim ontologiya deb
ataladi. Ontologiya so’zi yunoncha ontos ( mavjudlik) va logos (ta’limot) so’zlaridan
tashkil topgan bo’lib, “mavjudlik haqidagi ta’limot”, ya’ni borliq haqidagi va uni
o’rganuvchi fan ma’nosini anglatadi. Olam va borliq haqidagi
fikr va masalalarni shu
soha o’rganadi.
Bu tushunchani falsafa faniga birinchi bo’lib 1513 – yil R.Gokleniusning “Falsafa
lug’ati” asarida, keyinchalik esa X.Volf (1679-1754) ning falsafa faniga oid darsligida
qo’llanilganligiga qaramay, ulardan ham avvalroq Yunon faylasuflari ham ontologiyaga
oid g’oyalarni ilgari surib kelishgan.
Yo’qlik – bu hech narsadir. Hamma bor narsani hech narsaga aylantiruvchi,
hamma narsaning ibtidosi (boshlanishi) ham, intihosi (tugashi) ham bu yo’qlikdir.
Ya’ni yo’qlik bu cheksizlik, tugallanmaslik va boqiylikdir. Yo’qlik tugallangan joyda
borliq paydo bo’ladi. Xullas borliqni paydo qiluvchi ham, batamom yo’q qiluvchi ham
bu yo’qlikdir.
Borliq shunday mavjudlikki, u yo’qlikdan yo’qlikkachadir.
Tarixdan biz shuni bilamizki, borliq haqida olim va faylasuflar turlicha fikrlar
yuritishgan. Markaziy Osiyo tuprog’ida yaratilgan zardushtiylik ta’limotida borliq
quyosh va olovdan tashkil topgan hisoblanadi, alangalanib
yonib turgan olov bu
borliqning asosiy mohiyatidir, deb hisoblangan. Bu g’oya negizida asosan olov yotadi
va u borliqqa borlik mavjudlik baxsh etadi.
Yevropa olimlari David Yum va Jorj Berkli borliqni sezgilarimiz majmuasi deb
hisoblashgan. Xegel borliqqa mavhumlik, mutloq ruhning namoyon bo’lishi, deya
Международный научный журнал № 1(100), часть 1
«Научный Фокус» май, 2023
533
ta’riflagan. Naturfalsafiy qarashlarda esa borliqni hozirgi zamonga bog’lab
tushuntirishgan.
Borliq ancha keng doiradagi tushuncha hisoblanib o’zida butun mavjudlikni,
uning oldingi, hozirgi va kelajagini ham qamrab olgan. Faylasuflar hammaga borliqni
tushuntirish uchun uni yo’qlik tushunchasi bilan solishtirib,
farqlarini aniqlab
o’rganish orqali borliqning asosiy mohiyatini ochishga harakat qilishgan.
Materialistik adabiyotlarda esa borliqni ob’ektiv reallik bilan ya’ni materiya bilan
o’xshatib aynanlashtirib tushuntiradilar.
Borliq shunday keng qamrovli umumiy tushunchaki, u o’zida ob’ektiv va sub’ektiv
aniqlikni, paydo bo’lgan va hali paydo bo’lmagan olamlarni, moddiylik va
ma’naviylikni, o’tmish va kelajakni, o’limni va hayotni,
ruh va jismni kabi
tushunchalarni jamlab olgan. Borliq tushunchasi kengligini yana bir belgilar orqali
aniqlashimiz mumkin. Ular : olam, odam, g’oyalar, o’y-xayollarimizning barchasi birday
mavjud va shular borliq tushunchasini tashkil etadi.
Borliq haqidagi muammo falsafada markaziy o’rin egallaydigan muammolardan
biridir. Yana eng qiziq jihati shundaki, falsafa faniga tegishli bo’lgan barcha muammo
va masalalar borliq falsafasining muammosi bilan o’zaro chambarchas bog’liqdir.
Rostdan ham, borliq barcha falsafiy qarashlarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan, uning
muammosi falsafa fanidagi barcha dunyoqarash gnoseologik va metodologik
muammolarning asosidir. Borliqning asosiy sohalari: tabiat, jamiyat va ong. Bu
sohalarni birlashtirib turadigan umumiy birlik bu – ularning mavjudligida. Bu haqida
A.G.Spirkin shunday deydi: “ Barcha mavjud narsalar borliqqa mansubdir.
Ularga
moddiy jismlar ham, barcha ( fizik, ximik, geologik, biologik, ijtimoiy,
psixologik,
ma’naviy) jarayonlar ham, ularning xossalari, aloqalari va munosabatlari ham kiradi. U
chuqur hayolotning mevasi bo’lgan afsona va ertaklar, xatto bemorning alahsirashlari
ham, borliqning qismi bo’lgan ma’naviy reallik sifatida mavjuddir”. Shunday qilib, “ruh
va materiya, hech bo’lmaganda mavjudlik sifatida bir-birlaridan farq ham qilishadi.
Agar moddiylik va ma’naviylikni bir-biriga solishtirib ko’radigan bo’lsak, moddiylik
sub’ektdan alohida mustaqil ravishda mavjud bo’lsa, ma’naviylik esa unga bog’liq
ravishda mavjud bo’ladi. Xullas, borliq bu tiriklik, mavjudlikning muayyan belgilarini
o’z ichiga olgan tushunchadir.
QO’LLANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Borliq falsafasi ( ontologiya)
https://fayllar.org/borliq-falsafasi-ontologiya-reja.html
2.
Ontologiya – borliq falsafasi. Dunyoni falsafiy tushunish.
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-
ishi/item/13264-ontologiya-borliq-falsafasi-dunyoni-falsafiy-tushinish