Bosh direktori Odri Azuleni qabul qildi, deb xabar berdi O'zA


O’zbekiston Respublikasining YUNESKO ga a'zo bo’lgan kun



Yüklə 23,42 Kb.
səhifə2/2
tarix10.04.2023
ölçüsü23,42 Kb.
#95776
1   2
Документ Microsoft Word

O’zbekiston Respublikasining YUNESKO ga a'zo bo’lgan kun
2. O’zbekiston YUNESKOga 1993 yilda mustaqil davlat sifatida a'zo bo’lgan va bu Tashkilot bilan uning har bir sohadagi ishlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Respublikada qilinayotgan ishlarni ko’rib, 1997 yilda Tashkilotga a'zo mamlakatlar O’zbekiston Respublikasini 4yilga Boshqaruv Qo’mitaga boshqaruv organiga saylagan. Shu yo’sinda, 2009 yildan 2013 yilgacha O’zbekiston YUNESKOning Boshqaruv Qo’mitasiga a'zo sifatida qaytatdan saylangan. Tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan voqyealardan biri, 1998 yil 6-7 noyabr kunlari O’zbekistonda YUNESKO Boshqaruv Qo’mitasining oxirgi 155-majlisi bo’lib o’tgan, unga ko’ra Toshkent deklaratsiyasi “A'zo mamlakatlarda YUNESKOning faoliyati va madaniyati” qabul qilingan. YUNESKO rahbarligida O’zbekiston xalqi uchun muhim bo’lgan, tarixga, fanga, dunyo xalqlari madaniyatiga hissa qo’shgan olimlarning sana va yubileylar nishonlanishi ko’zda tutildi.Ulardan: astronom olim Mirzo Ulug’bekning 600-yilligi
• Amir Temurning 660- yilligi
• olim Al-Farg’oniyning 1200-yilligi
• olim va teolog Al-Buxoriyning 1225- yilligi
• olim va rassom Kamoliddin Behzodning 545-yilligi
Bundan tashqari, YUNESKO rahbarligida va hamkorligida Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yillik, Shaxrisabz va Qarshining 2700 yillik, shuningdek, Samarqand shahrining 2750 yilligi va Toshkent shahrining 2200 yillik yubileylari tantanali nishonlangan. YUNESKOning bevosita ko’magida Samarqand shahrida Markaziy-Osiyo Xalqaro tadqiqot instituti tuzildi. O’zbekistonning turli hududlarida 10ta kafedra va YUNESKOning 10ta ijtimoiy-ta'lim markazlari muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda, shuningdek, YUNESKO tasavvuridagi 46 ta maktab mavjud. YUNESKO bilan hamkorlik yillarida Respublikada shunday loyihalar amalga oshirilgan:
• “Loydan yasalgan madaniy meros majmualari, mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish, Buyuk Ipak Yo’li bo’yida joylashgan madaniy meros majmualarini ro’yxattan o’tkazish”;
• “Xorazm viloyatidagi suv va yer resurslari Iqtisodiy va ekologik restrukturizatsiyasi”;
• “O’zbekistondagi budda merosi ob'yektlarini saqlamoq”;
• “O’zbekistonning kulolchilik san'ati”;
• “”Shoshmaqom”ni saqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga yetkazish”;
• “O’zbek gilamlarini tayyorlash san'ati. Buxoro va Xivada gilam to’qish va bo’yash o’quv markazlari ochish”;
• “Boysun hududining madaniy merosi”.
Yüklə 23,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin