Aruz (arab.– arz qilmoq) – she’-riy o‘lchov, vazn. Yaqin va O‘rta Sharq xalqlari she’r tizimi. A. nazariyasi tur-kiy xalqlarga, xususan o‘zbek she’riyatiga arablardan o‘tgan.Navoiyning "Mezon ul-avzon" asarida ko‘rsatilishicha A. vodiy, rukn nomiga to‘g‘ri keladi, ko‘chma ma’noda "ustun" de-gani. A. nazariyasi birinchi marta Xalil ibn Ahmadning "Kitob al-aruz"i ("Aruz kitobi")da bayon qilingan, keyinchalik Rashididdin Vatvot, Tusiy, Shams Qays Roziy, Mavlono Yusuf Aruziy Nishobu-riylar tomonidan rivojlantirilgan. Turkiy xalqlarda A.ning ilk namunalari islom kirib kelgungacha bo‘lgan dav-rlardagi qadimgi maqol va topishmoqlarda, "Devonu lug‘otit turk"da uchraydi. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig"i shu vaznda bitilgan turkiy dostondir. A. avval arab alifbosi asosidagi eski o‘zbek yozuviga asoslanadi, unda 29 undosh va 3 unli harf, ya’ni cho‘ziq unli tovush bo‘lgan.Harakatlar bilan ko‘rsatiluvchi yana uchta unli – zabar –a, zer, – i, pish – u mav-jud.
Keyingi slayd
Harakatlarni undosh harflarning usti yo ostiga qo‘yib, ochiq bo‘g‘inlar hosil etilgan, yopiq bo‘g‘in undosh ustiga sokin (ko‘pligi sukun) alomati (–)ni qo‘yish orqali hosil qilingan. Cho‘ziq unlilar ochiq bo‘g‘inda sokinli deb tushu-nilgan va bunday bo‘g‘inlar, asosan, cho‘ziq hisoblangan. Harf va harakatlardan juz-vlar tuzilgan. Juzvlar Zta bo‘lib, ularning har biri 2 xil ko‘rinishga ega. Ara-blar chodir uyni, Ko‘chma ma’noda, ikki misra she’rni ham bayt (uy) deyishgan, shu sababli, juzvni tushuntirishda cho-dir jihozlari bo‘lgan – arqon, qoziqcha, paloye atamalaridan foydalanilgan. Juzvlar sabab (arqon), vatad (qoziqcha), fosila (palos) deb nomlangan. Ular o‘z ichida sababi xafif (yengil sabab): (may): –; sababi saqil (og‘ir sabab): (ko‘zi): W; vatadi majmu’ (yig‘iq vatad): (samar): V –; vatadi mafruq (yopiq vatad): (noma) – 655V; fosilai sug‘ro (kichik fosila): (yura-gim): W –; fosilai kubro (katta fo-sila): (yashamagan): VW –kabi turlarga bo‘linadi.
Juzvlardan 8 ta asl rukn hosil bo‘lgan: failun, faulun, mutafailun, mafailun, mustaf’ilun, failatun, ma-failatun, maf’ulatu (cho‘ziq unli bosh harf bilan yoziladi). Bobur yana ikkita asl ruknni keltirgan: fai-la-tun bilan mus-taf’i-lun. Asl ruknlar juzvlardan tu-ziladi: "faulun"da vatadi majmudan so‘ng sababi xafif keladi. A.da zihof degan qism bor.Unda asl ruknlardan tarmoq ruknlarning kelib chiqishi ko‘rsatiladi. Bu, asl ruknlardagi biron harf yo harflarni orttirish yo tushurib qoldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday o‘zgarishlar 44 ta. Mas, jazm zihofida oldingi harakatli harf olib tashlanadi: (ma-failun) dan (failun) qoladi, uning o‘rnida (maf’ulun) qabul qilingan va hokazo. Maf’ulun tarmoq rukn deyi-ladi. A.nazariyasida rukn va zihofdan so‘ng bahr turadi, ular 21 ta. Bahrlar guruhlanadi:1) asl ruknlarning takroridan hosil bo‘luvchi bahrlar (bunday baxrlar yet-tita): hazaj mafailunning, rajaz mu-staf’ilunning, ramal failatunning, vofir mufailatunning, komil mutafa-ilunning, mutaqorib faulunning, mu-tadorik Failunning takrorlanishidan hosil bo‘ladi;2) ikki xil asl ruknning al mashinib kelishidan tuziluvchi bahrlar (ular uch turlidir):