Juzvlarning muayyan tartibda birikuvidan ruknlar yuzaga keladi. Aruz tizimining asosini tashkil etuvchi sakkizta asl rukn (asllar) quyidagilardir: 1. fauvlun 2. Foilun v - - - v - 3. Mafoiylun 4. Foilotun v - - - - v - -
5. Mustafilun 6. Mutafoilun - - v - v v - v - 7. Mafoilatun 8. Mafuvlotu v - v v - - - - v
Keyingi slayd
Bosh menyu
Vasl va imola hodisalari
Vasl (arab. — birikish, yetishish) (adabiyotda) — aruz tizimida undosh tovush bilan tugagan soʻz oxiridagi undoshniig , vazn taqozosiga koʻra, oʻzidan keyin keluvchi soʻz boshidagi unli bilan yangi metrik boʻgʻin hosil etishi. Mac, Alisher Navoiyning hazaj bahrida yozilgan quyidagi sheʼriy misralarida:Falak ham mehrin oqshom aylamas fosh,/V— — V — — — V — —Boʻlur zohir / chu anjumdin toʻkar yosh /v__ _V — — — v — — 1 2 3"mehrin" soʻzining birinchi boʻgʻini — "meh" 1-ruknga, ikkinchi boʻgʻini — "rin" 2-ruknga qarashli. Ikkinchi ruknning birinchi boʻgʻini vaznga koʻra qisqa (v) boʻlishi lozim, biroq bu oʻrindagi "rin" boʻgʻini choʻziqdir (—), lekin shu boʻgʻindagi "n" undosh tovushi oʻzidan keyin kelayotgan soʻz (oqshom) unli ("o") tovush bilan boshlanayotganligi sababli, shu unliga biriktirib, qoʻshib talaffuz etiladi, natijada "rin" yopiq boʻgʻini "ri" ochiq boʻgʻiniga, yaʼni qisqa boʻgʻinga (v) aylanadi. V. nutqiy hodisa boʻlib, sheʼr ritmini ancha silliqlaydi.
Keyingi slayd
Vasla (arab, vasl) — mumtoz sheʼriyatdagi fonetik hodisa. Ikki soʻzning nutqda sandxi talaffuz etilishiga koʻra ulardagi boʻgʻinlarning qayta boʻlinishi. V. bir necha koʻrinishda kuzatiladi: 1. Yopiq tugagan boʻgʻinli soʻz ketidan unli bilan boshlangan soʻz kelib, ular qoʻshilib talaffuz etilsa, avvalgi soʻzning soʻnggi undoshi keyingi soʻz birinchi boʻgʻinining boshi holida talaffuz etiladi. Mac, zor etdi zo-ret-di. 2. Unli bilan tugagan soʻz ketidan unli bilan tugagan soʻz kelib, talaffuz etilsa, soʻzlar qoʻshilishida yondosh boʻlgan unlilarning biri qisqaradi, yaʼni: ne uchun ne-chun. 3. Unli bilan tugagan soʻz ketidan sandxi qoʻllanuvchi soʻzning birinchi undoshi unli tomonidan assimilyatsiya qilinishi ham mumkin. Bunda ham bir unli qisqarishi va soʻzlarda boʻgʻin kamayishi kuzatiladi. Mas., ya-liya-li yal-ya-li kabi. V. nutqiy hodisa boʻlib, mumtoz adabiyotda badiiy uslub vositasi sifatida tavsiflanib keladi.
Keyingi slayd
Ushbu videoslaydni ko’rish uchun quyidagi tugamaga bosing
Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi
Keyingi slayd
Ushbu videoslaydni ko’rish uchun quyidagi tugamaga bosing
Tajvid fani: imola, nabr va tashil
Keyingi slayd
Bosh menyu
Presentatsiyani yakunlash