Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi



Yüklə 108,96 Kb.
səhifə3/6
tarix09.06.2022
ölçüsü108,96 Kb.
#61116
1   2   3   4   5   6
OCHIQ DARS

III. Yangi mavzu: Yangi mavzuning kirish qismi o‘qituvchi tomonidan slayd orqali namoyish qilinadi. So‘ngra yangi mavzu modulli ta’lim texnologiyasi asosida bloklarga ajratiladi.Yangi mavzuni quyidagi modullarga ajratib, o‘quvchilarni modul dasturi yordamida mustaqil ishlarini tashkil etiladi. Har bir modul yakunida o‘quvchilar jamoasi bilan savol-javob o‘tkaziladi.
Yangi mavzu moduli:
1. Bosh miya katta yarimsharlarining tuzilishi.
2. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining sezish,harakat zonalari bilan tanishish..
3. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining assotsiativ zonasi bilan tanishish
Miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi nerv markazlari.
Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi.” mavzusi yuzasidan o’quvchilarning kichik guruhlarida ishlashga mo’ljallangan modul dasturi.
Modul dasturining didaktik maqsadi: Bosh miya katta yarim sharlarining tuzilishi bilan tanishishingiz, darslik bilan mustaqil ishlash ko’nikmalaringizni, tozalik va ozodalik madaniyatingizni rivojlantirishingiz lozim.

O’quv faoliyati elementi

O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan o’quv materialiga oid topshiriqlar

Topshiriqn bajarish yuzasidan ko’rsatmalar

1 – O’FE


Darslikdagi matnni diqqat bilan o’qib quyidagilarga javob toping
Maqsad: Bosh miya katta yarimsharlarining tuzilishi
1.Bosh miya katta yarimshari qanday tuzilgan?
2.Miya po’stlog’ida qancha hujayra bor?
3. Bosh miya katta yarimshari qanday hujayralardan iborat ?

Darslikdagi matnni diqqat bilan o‘rganing.
O‘quvchilar jamoasi bilan hamkorlikda ishlang.

O‘quvchilar jamoasi bilan o‘tkaziladigan savol-javobda ishtirok eting.



2 – O’FE

Maqsad: Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining sezish,harakat zonalari bilan tanishish.
1.Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining sezish zonalari qanday vazifa bajaradi.
2. Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining harakat zonalari qanday vazifa bajaradi.
3.Kitobdagi rasmdan sezish va harakatlanish zonalarini joylashuvini o’rganing.

3 – O’FE

Maqsad: Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining assotsiativ zonasi bilan tanishish.Miya po‘stlog‘ining turli qismlaridagi nerv markazlari
1.Bosh miya katta yarimsharlari po‘stlog‘ining assotsiativ zonalari qanday vazifa bajaradi?
2.Nima uchun bosh miya katta yarimsharlarining po‘stloq qismi odam oliy nerv faoliyatining fiziologik asosi xisoblanadi?
3. Miya po‘stlog‘ining turli qismlarida joylashgan nerv markazlari qanday vazifa bajaradi?

Har bir o’quv faoliyati elementi tugagandan so’ng savol – javob munozaralar o’tkaziladi.

Yüklə 108,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin