Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


Xushvaqov Islombek Muxammadi o‘g‘li



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə139/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Xushvaqov Islombek Muxammadi o‘g‘li
Toshkent moliya instituti tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada qimmatli qog‘ozlar bozorining paydo bo‘lishi va rivojlanish tarixi, xususan, obligatsiyalar 
bozori va uning iqtisodiyotga kapital jalb qilishdagi ahamiyati o‘rganilgan. Mavzuga doir xorijiy va mahalliy iqtisodchi 
olimlarning tadqiqot ishlari o‘rganilgan hamda obligatsiyalar bozorining turli davrlardagi shakllanish bosqichlari va bozor 
holati tahlil qilingan. Shuningdek obligatsiyalar orqali kapital jalb qilishning afzalliklari to‘g‘risida xulosalar, taklif va amaliy 
tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar:
Qimmatli qog‘ozlar bozori, fond birjasi, kapital bozori, obligatsiyalar, davlat obligatsiyalari, korporativ obliga-
tsiyalar, yevroobligatsiya, foiz stavkasi, kupon stavka, likvidlilik.
ВОЗНИКНОВЕНИЕ РЫНКА ОБЛИГАЦИЙ И ЕГО ЗНАЧЕНИЕ В ПРИВЛЕЧЕНИИ КАПИТАЛА В ЭКОНОМИКУ
Аннотация:
В данной статье рассматривается история возникновения и развития фондового рынка, в частности 
рынка облигаций и его значение в привлечении капитала в экономику. Были изучены исследовательские работы 
зарубежных и отечественных экономистов по данной теме и проанализированы этапы формирования рынка об-
лигаций в разные периоды и конъюнктура рынка. Также даны выводы, предложения и практические рекоменда-
ции о преимуществах привлечения капитала через облигации.
Ключевые слова:
Фондовый рынок, фондовая биржа, рынок капитала, облигации, государственные облигации, 
корпоративные облигации, еврооблигации, процентная ставка, купонная ставка, ликвидность.
THE EMERGENCE OF THE BOND MARKET AND ITS IMPORTANCE IN ATTRACTING CAPITAL TO THE 
ECONOMY
Abstract:
This article examines the history of the emergence and development of the stock market, in particular, the bond 
market and its importance in attracting capital to the economy. The research works of foreign and domestic economists on 
the topic were studied and the stages of formation of the bond market in different periods and the market situation were 
analyzed. Conclusions, proposals and practical recommendations are also given on the advantages of capital attraction 
through bonds.
Key words:
Stock market, stock exchange, capital market, bonds, government bonds, corporate bonds, Eurobond, inter-
est rate, coupon rate, liquidity.
K I R I S H
Obligatsiyalar bozori qimmatli qog‘ozlar bozorining tarkibiy qismi hisoblanib jahon amaliyotiga nisbatan 
yangi yo‘nalish sifatida kirib kelgan. Bilamizki, banklar qarz kapitalini jalb qilishda uzoq yillar davomida iqtisodi-
yotning asosiy ustuni hisoblangan. Obligatsiyalar bozori esa bu jarayonning davomchisi va raqobatchisi sifatida 
butunjahon iqtisodiyotiga kirib keldi.
“Obligatsiya (lotincha obligatio so‘zidan, majburiyat) – bu uning egasiga qarz berganligidan guvohlik beru-
vchi va unga ushbu qimmatli qog‘ozning nominal qiymatini unda ko‘rsatilgan muddatda belgilangan (qat’iy) foiz 
to‘langan holda qoplash majburiyatini tasdiqlovchi qimmatli qog‘ozdir”
1
. Yuqoridagi ta’rifdan kelib chiqqan holda 
obligatsiyalar bozorini qisqacha qarz bozori deyish ham mumkin. Lekin bu qarz bank kreditidan farqli ravishda 
o‘ziga xos qulayliklar asosidagi shartlar va majburiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bozorda taklif etilayotgan obligat-
siyalarning emitenti xususiyatiga ko‘ra obligatsiyalar quyidagi uchta katta guruhga bo‘linadi: davlat obligatsi-
yalari, munitsipal obligatsiyalar va korporativ (korxonalar) obligatsiyalar. Bundan tashqari “Qimmatli qog‘ozlar 
bozorining jahon tajribasida obligatsiyalarning quyidagi turlari keng tarqalgan: 

Butikov I. L. Qimmatli qog‘ozlar bozori. Darslik. – T. : Konsauditinform, 2001. – B 26.


183
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS

uzoq muddatli, o‘rta muddatli va qisqa muddatli;

egasining nomi yozilgan va ko‘rsatuvchi egalik qiladigan;

yutuqli (daromad faqat obligatsiya raqami yutuqqa tushgan holdagina to‘lanadi);

foizsiz (maqsadli) – narxi tovarlar bilan qoplanadi;

erkin muomalada bo‘ladigan;

muomala doirasi chegaralangan (masalan, korxona doirasida);

ichki va tashqi qarzlar (davlat obligatsiyalari);

garovga ega bo‘lgan (aksiya, asbob-uskunalar va h.k. ko‘rinishida) va garovsiz (emitentning pok nomi 
bilan);

kuponli va kuponsiz;

chaqirib olinadigan va chaqirish huquqisiz;

kafolatlangan (to‘lash yoki so‘ndirish uchun uchinchi shaxs tomonidan kafolatlanadi);

ayriboshlanadigan (aksiyalarga almashtirilishi mumkin);

ishtirok etish huquqiga ega bo‘lgan (kompaniya foydasining bir qismini olish huquqini beradi);

daromadli (foiz faqat kompaniyada foyda bo‘lsa to‘lanadi);

tashlandiq (past sifatli obligatsiyalar);

zakalatli obligatsiyalar, ko‘chmas mulk zakalatlari ularning ta’minoti bo‘lib xizmat qiladi”
2

Moliya bozorida obligatsiyalar turlari diversifikatsiyasi bozor imkoniyatlarini kengaytirgan holda bozor ka-
pitalizatsiyasining oshishiga yordam beradi. Moliya bozori yuqori darajada rivojlangan davlatlarda fond birjasi 
kapitalizatsiyasining mamlakat YaIM dagi ulushi juda ham yuqori bo‘lib, bu ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi nisbat “ 
Nyu-York va Tokio fond birjalarida 70–90 foizni, Korea va London fond birjasida 100–120 foizni, Gonkong fond 
birjasida 1000–1200 foiz
3
ekanligi fikrimizning asosli ekanligidan dalolat beradi. 
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Qimmatli qog‘ozlar bozorining paydo bo‘lishi, xususan, obligatsiyalar bozorining paydo bo‘lishi va uning 
iqtisodiyotdagi ahamiyatlilgi bo‘yicha ko‘plab xorijiy iqtisodchi olimlar o‘z iqtisodiy qarashlarini, fikr va mulo-
hazalarini bildirib o‘tishgan. Tarixiy manbalardan ma’lumki, dunyodagi eng birinchi banklarning paydo bo‘li-
shi eramizdan avvalgi VII asrda Bobilda, so‘ngra qadimgi Gretsiyada va qadimgi Rimda paydo bo‘lganligiga 
qaramasdan “bank” atamasining ishlatila boshlanishi o‘rta asrlarda Italiyaga borib taqaladi. Ya’ni shu davrda 
Italiyada moliya institutlari tuzilmalari rivojlanishni boshladi. Xususan, XII asrdan boshlab gollandlarga tegishli 
bo‘lgan kompaniyalarning aksiyalari Italiyaning qimmatli qog‘ozlar bozorida tarqala boshlagan. Ya’ni bu davrga 
kelib, Italiyada xalqaro qimmatli qog‘ozlar bozori paydo bo‘lgan. Ammo qimatli qog‘ozlar bozori tarixi bundanda 
uzoqroq o‘tmishga borib taqaladi. Xususan, rossiyalik iqtisodchi olim S. Z. Moshenskiy “Italiyalik savdogarlar 
vekseldan keng foydalanishni boshlagan vaqtlarda, shunga o‘xshagan qarz majburiyatlari Arab davlatlarida 
keng qo‘llanayotgan vaqtlardan ham oldinroq bu kabi qimmatli qog‘ozlar Xitoyda Tan sulolasi davrida VII-X asr-
larda paydo bo‘lgan”ligini
4
o‘z asarlarida keltirib o‘tgan. Aynan shu davrlarda pulning qog‘oz shakli iqtisodiyotda 
muhim o‘rin egallab Xitoyda kredit-qarz munosabatlari rivojlana boshlagan. S. Z. Moshenskiy aynan obligatsiya 
to‘g‘risida ham muhim ma’lumotlarni keltrib o‘tgan. “Davlat obligatsiyalariga o‘xshash xususiyatga ega bo‘lgan 
birinchi moliyaviy instrumentlar Xitoyda Sun sulolasi davrida XII asrda ishlatila boshlangan, ayni shu davrda 
Venetsiya va Italiyaning boshqa shaharlarida ham undan foydalanishgan”
5
. Demak, qimmatli qog‘ozlar birinchi-
lardan bo‘lib Xitoyda VII-X asrlarda ishlatila boshlangan bo‘lsa, qimmatli qog‘ozlar bozorining shakllanishi ham 
shu davrda boshlanganligidan darak beradi.
Ba’zi iqtisodchi olimlar qimmatli qog‘ozlar bozori tushunchasi va fond bozori tushunchasi paydo bo‘lish 
davri jihatdan turlicha ekanliklari to‘g‘risida fikrlar bildirib o‘tishgan. Xususan A. T. Alikulov ilmiy izlanishlari davo-
mida “tarixda qimmatli qog‘ozlar bozorining paydo bo‘lishini o‘rganishimiz davomida fond bozori (stock market) 
tushunchasidan uzoq o‘tmishda foydalanilmaganligini”
6
aytib o‘tgan. 

Butikov I. L. Qimmatli qog‘ozlar bozori. Darslik. – T. : Konsauditinform, 2001. – B 36–37.

F. T. Muxammedov Qimmatli qog‘ozlar bozori: rivojlanish odimlari va muammolari. Xalqaro moliya va hisob elektron jurnali № 3-iyun 
2017-yil. 5-b.

С.З.Мошенский. Рынок ценных бумаг: трансформационные процессы/ – Москва: <Экономика>, 2010. 239 c.

С.З.Мошенский. Рынок ценных бумаг: трансформационные процессы/ – Москва: <Экономика>, 2010. 239 c.

A. T. Alikulov Fond bozori orqali kapital oqimini oshirish: nazariya, amaliyot va istiqbollar. Monografiya. Qarshi. “Intellekt” nashriyoti, 
2020. – 126 bet


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
184
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Fond bozorining paydo bo‘lishiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, u birinchi-marta birjaning paydo bo‘lishi bilan 
bog‘liq. “1531-yilda belgiyaning Anverpen shahrida dunyodagi birinchi birja tashkil etildi”
7
va 1592-yilga kelib, 
birinchi-marta ushbu birjada savdoda bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar narxlarining ro‘yxati shakllantirildi va shu yil 
fond birjasi qimmatli qog‘ozlarni ayriboshlaydigan birinchi maxsus tashkiliy tuzilma ko‘rinishida paydo bo‘ldi.
Mamlakatimizda esa obligatsiyalar bozori uzoq tarixga ega emas. Birinchi marotaba O‘zbekistonda mus-
taqillik yillaridan so‘ng 1992-yil may oyida 12 foizli ichki yutuqli davlat obligatsiyalari chiqarildi. Inflyatsiya oqi-
batida bu obligatsiyalar uning egalari (aholi) uchun muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Obligatsiyalar chiqarilishining keyingi 
bosqichi 1996-yil mart oyiga to‘g‘ri keldi. Bu obligatsiyalar davlat qisqa muddatli obligatsiyalari (DQMO) ko‘rini-
shidagi obligatsiya zayomi bo‘lib yuridik shaxslar uchun chiqarildi. O‘zbekistonda korporativ obligatsiyalar esa 
1999-yildan boshlab chiqarila boshlangan va fond bozorida savdo qilina boshlangan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotga obligatsiyalar orqali kapital jalb qilish amaliyoti to‘g‘ri va samarali 
ekanligi rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ko‘rinib turibdi. Mamlakatimizda ham bu yo‘nalish bo‘yicha bir 
qancha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. 
1-jadval:
MDH davlatlari yevroobligatsiyalarini muomalaga chiqarishi
8

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin