185
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Yuqoridagi jadval ma’lumotlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, O‘zbekiston jahon obligatsiyalar bozoriga
2019-yilda London fond bijasida xalqaro yevrobondlarni joylashtirish orqali kirib keldi va mamlakatimiz moli-
ya bozorining rivojlanishida yangi davr boshlandi. Yevroobligatsiyalarni jahon fond
bozoriga joylashtirishdan
asosiy maqsadlardan biri bu O‘zbekistonning dunyo moliya bozorida o‘z o‘rnini egallash va nufuzli xalqaro
reytinglardan joy olishdir. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish maqsadida Prezidentimizning 2019-yil 2-apreldagi
PQ 4258-sonli “O‘zbekiston Respublikasining ilk suveraen xalqaro obligatsiyalarini joylashtirishdan tushgan
mablag‘lardan samarali foydalanish to‘g‘risida”gi Qarori bilan yevrobondlar orqali jalb qilingan mablag‘lar quy-
idagicha taqsimlandi: 889,2 mln AQSH dollari auksion savdolari o‘tkazish orqali tijorat banklari depozitlariga
joylashtirildi; 20 mln AQSH dollari “Agrobank” ATB ga qarz ko‘rinishida berildi; 89,9 mln AQSH dollari “Navoiy
kon-metallurgiya kombinati” davlat korxonasiga ssuda sifatida ajratildi. Bu mablag‘larning maqsadli va samarali
sarflanishi albatta mamlakat Yalpi ichki mahsulotining o‘sishida yaqqol namoyon bo‘ladi.
Xalqaro obligatsiyalar orqali iqtisodiyotga kapital jalb qilish bo‘yicha O‘zbekiston
Markaziy Osiyo davlatlari
orasida birinchilardan bo‘lib 2020-yil noyabr oyida o‘z milliy valyutasida 2 trln so‘m miqdoridagi yevroobligatsi-
yalarni London fond birjasida 14,5 foiz daromadlilik bilan 3 yilga joylashtirgan. Bu kabi say harakatlar nafaqat
milliy iqtisodiyotda kapital hajmining oshishiga balki milliy valyuta barqarorligini ta’minlashga ham o‘z hissasini
qo‘shadi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Obligatsiyalar bozorining paydo bo‘lishi va uning iqtisodiyotga kapital jalb qilishdagi ahamiyati to‘g‘risida
quyidagi xulosa va takliflarni shakllantirdik.
Obligatsiyalar bozori erkin raqobat va tanlov asosida moliyaviy resurs jalb qilishning eng optimal yo‘l
hisob-
lanadi. Chunki bunda emitent va investorlarning talab va takliflari obligatsiyalar narxi va ularga taklif etilayotgan
daromadlilikka bevosita bog‘liq va bu miqdorlar ochiq holda o‘zgartirilishi mumkin.
Kapital bozorining bir qismi sifatida obligatsiyalar bozorining paydo bo‘lishi kredit bozorida kredit narxlarin-
ing pasayishi va kredit shartlarining yegillashishiga olib kelmoqda. Bu esa kapital bozoridagi raqobat muhitining
yaxshilanayotganligidan dalolat beradi.
Obligatsiyalar bozorini rivojlantirish ko‘p jihatdan emitent va investorga ham foydali hisoblanadi. Shuning
uchun ichki bozor uchun likvidliligi yuqori bo‘lgan yevroobligatsiyalarni chiqarish bo‘sh turgan pul mablag‘larini
harakatga keltirish uchun turtki bo‘lar edi. Bu jarayon jismoniy va yuridik shaxslarning bo‘sh turgan pul mab-
lag‘larini iqtisodiyotga jalb etishga yordam beradi.
Shuningdek moliya bozorida qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va ularning nazorati bilan bog‘liq masalalar
emitent ichki nazorat organlariga topshirilishi ham maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bu esa mulkchilik shaklidan
qat’iy nazar korxona va tashkilotlarga o‘z qimmatli qog‘ozlarini chiqarishga zamin yaratadi.
Dostları ilə paylaş: