267
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
●
qarzni restrukturizatsiya
dasturini ishlab chiqish;
●
qo‘shimcha hujjatlar va kafolatlar olish;
●
qo‘shimcha fondlarni to‘xtatish yoki qo‘shimcha investitsiya qilish;
●
garovni sotish;
●
boshqa aktivlarni sotish;
●
kafolat bo‘yicha to‘lovni
talab qilish;
●
boshqaruvni almashtirish;
●
menejment ishlarini olib borish;
●
huquqiy ishlarni ko‘rib chiqish;
●
muammoli krediti mavjud mijozlarga tashqi boshqaruvchi tayinlash.
Ma’lumki, tijorat banklarining ishonchliligi va barqarorligini ta’minlash va mustahkamlash Markaziy bank
tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Shuning uchun banklar tizimining samarali va barqaror faoliyat ko‘rsatishini
ta’minlash masalasi turli mamlakatlar Markaziy bankining asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Har
bir mamlakatda
bu sohada o‘rnatiladigan nazorat Markaziy bank tomonidan tijorat banklarida ularning aktivlari bo‘yicha mumkin
bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralar tashkil qilish va uni doimo barqaror ushlash masalasini qo‘yadi.
Hozirda O‘zbekiston bank tizimida shunday amaliyot borki, ya’ni banklar tomonidan ajratilgan kreditlarning
muddatlarini uzaytirish amaliyoti keng qo‘llanilmoqda, aslida bu banklarda yuzaga kelishi aniq bo‘lgan real
muammoli kreditlardir. 2022-yilda moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quv-
vatlash maqsadida tijorat banklari tomonidan ajratilgan kreditlarning qaytarish muddatlarini uzaytirish amaliyoti
davom ettirildi15.
Xususan, 2022-yil davomida mijozlarning jami 36 trln. so‘mlik kreditlari bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirildi.
Eksport-import operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi moliyaviy qiyinchilikka duch
kelgan tadbirkorlik subyek-
tlarining 4 trln.so‘mlik kreditlarining qaytarish muddatlari uzaytirildi.
Muddati uzaytirilgan kreditlar qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 75 trln.so‘mni tashkil etib, 64,0 trln.so‘mi
(86 foizi) yuridik shaxslar va 11,0 trln. so‘mi (14 foizi) jismoniy shaxslar hissasiga to‘g‘ri keldi.
2022-yilda undirilishi istiqbolsiz bo‘lgan bir yildan ortiq muddat davomida qaytarilmagan mijozlarning 6,2
trln.so‘mlik “umidsiz” toifaga tushib qolgan kreditlari balansdan chiqarildi.
Banklar tomonidan 2022-yilda aktivlar bo‘yicha 11 trln. so‘m miqdorida qo‘shimcha zaxiralar yaratildi ham-
da muammoli kreditlarni zaxiralar bilan qoplanish darajasi 1,3 barobarga oshib, 2023-yil 1-yanvar holatiga 102
foizga yetdi. Provardida, 2022-yilda muammoli kreditlar ulushi 1,6 foiz bandga yoki 3,6 foizgacha (14 trln. so‘m)
kamaydi16.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Tadqiqot ishimizda amalga oshirilgan tahlillar natijasida quyidagi xulosalarni shakllantirdik:
1. Tijorat banklarida muammoli aktivlarni kelib chiqishiga ichki va tashqi omillar sabab bo‘ladi. Ichki
omillar
quyidagilardan iborat:
●
mijozning kredit olish uchun taqdim qilingan arizasiga ilova qilingan hujjatlari kredit mutaxasislari to-
monidan to‘liq o‘rganilmasdan, uning kreditga layoqati va potensiali yetarlicha tahlil qilinmasdan kredit
ajratilishi;
●
kredit ta’minoti uchun yetarlicha likvid ta’minot olinmasligi;
●
kredit davri davomida monitoring ishlarining o‘z vaqtida olib borilmasligi.
Tashqi omil sifatida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
●
mijozning moliyaviy
xolatini yomonlashuvi;
●
kredit ta’minotini qiymatini qardsizlanishi va yo‘qolishi/buzilishi;
●
mamlakatdagi iqtisodiy va siyosiy muhitning o‘zgarishi;
●
iqtisodiy inqirozlar va boshqa fors-mojor holatlar.
15 https://cbu.uz/oz/press_center/reports/1077776/
16 https://cbu.uz/oz/press_center/reports/1077776/
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
268
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
2. Tijorat banklarida muammoli aktivlarni kamaytirishda quyidagi amallarni bajarish talab etiladi:
●
muammoli aktivlarni vujudga kelishini oldini olish uchun aktivlarni joylashtirishda uning qaytishini mu-
kammal o‘rganib chiqish;
●
kredit byurosi faoliyatini oshirish, ushbu tashkilot tomonidan berilgan ma’lumotni to‘g‘riligiga ularni va
ularga ma’lumot beruvchi tashkilotlar javobgarligini ta’minlash hamda tijorat
banklari tomonidan har bir
mijoz bo‘yicha kredit byurosidan ma’lumot olish majburiyligini va ushbu ma’lumotlar salbiy bo‘lganda
kredit ajratmaslikni me’yoriy hujjatlarga
kiritish;
●
kredit byurosida kredit tarixi yomon mijozlar ro‘yxatini ya’ni qora ro‘yxatni shakllantirish va bu ro‘yxatdagi-
larga asosli ma’lumotlar bilan o‘zini oqlamagungacha moliyalashtirishni to‘xtatish;
●
tijorat banklarida muammoli aktivlar bilan shug‘illanuvchi alohida bo‘linma tashkil qilish, bo‘linma tarkibi-
ga yurist shtatini kiritish va bu bo‘lim faoliyatini boshqa aktiv amaliyotlar bilan shug‘illanuvchi bo‘limlar
faoliyati bilan uyg‘unlashtirish hamda bankdagi barcha aktiv amaliyotlarni ko‘rib chiquvchi qo‘mitalarga
ushbu bo‘lim mutaxasislaridan birini a’zolikka kiritish;
●
mamlakatimizda muammoli aktivlar bilan shug‘illanuvchi va ularni sotib olish imkoniyatiga ega kollektrlik
organlarini tashkil qilish.
Dostları ilə paylaş: