Tijorat banklari tomonidan bo'sh turgan pul mablag'larini jalb qilish
Tijorat banki – tijorat asosida bank faoliyati, ya'ni mablag‘larni jalb qilish va kreditlarni taqdim etish, bank hisobvaraqlarini ochish va uni yuritish hamda to‘lovlarni o‘tkazish kabi amaliyotlarni amalga oshiruvchi kredit tashkilotidir. Tijorat banklari – bo’sh pulga (jamg‘armaga) ega va pulga muhtoj bo‘lganlar o‘rtasidagi vositachilardan biri hisoblanadi.
Foizlari pog‘onali hisoblanadigan omonatlar (pog‘onali omonatlar) – bu omonat muddati davomida omonatdan olinadigan foiz stavkasi bir necha marta o‘zgaradigan omonat turi hisoblanadi. Odatda foizlar kichigidan kattasiga qarab, ba'zida esa aksincha o‘zgarishi mumkin. Foizlar qat'iy davr uchun (masalan, har chorakda) keskin o‘zgaradi. Shu tomonlama ushbu omonat turlari bo‘yicha daromadlar zinama-zina yuqoriga ko‘tarilishga solishtiriladi. Ammo bu ko‘tarilish aytarli darajada yuqori daromadni olib kelmaydi.
Birinchi davr: 1-3 oy – yillik 18%
Ikkinchi davr: 4-6 oy – yillik 21%
Uchinchi davr: 7-9 oy – yillik 23%
To‘rtinchi davr: 10-12 oy – yillik 26%
Natija quyidagilarni anglatadi: sizning 1 mln.so‘m miqdoridagi omonatingizga bank bir yil ichida 219 972,60 so‘m to‘laydi. Agar foiz ko‘rinishida hisoblaydigan bo‘lsak, ushbu summa omonatingizni 21,9%ini tashkil etadi:
(219 972,60 ÷1 000 000) × 100% = 21,9%
Aynan shu ko‘rsatkich omonatning haqiqiy foiz stavkasi hisoblanadi. Ya'ni, siz dastlab, ushbu omonat bo‘yicha yillik 26 foiz daromad olishni mo‘ljallaysiz, aslida esa siz yillik 21,9 foiz daromad olasiz.
davlat tomonidan omonatlarni kafolatlash tizimi yaratilgan bo‘lib, ushbu tizim muayyan vaziyatlar ro‘y berganda fuqarolarga pul mablag‘larni qaytarib berishni ta'minlaydi.
Ushbu tizim omonat hajmi va valyutasidan qat'iy nazar uning 100% qaytarilishini kafolatlaydi (omonatlarni to‘liq hajmda qaytarish kafolati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28 noyabrdagi “Fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi omonatlarini himoyalash kafolatlarini ta'minlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4057 sonli Farmoniga asosan kiritilgan). Ushbu tizim barcha mamlakatlarda ham ishlamaydi, masalan, Rossiyada davlat omonatlarni faqat 1,4 million rublgacha (196 million so‘m) qaytarishni kafolatlaydi).
Mamlakatimizda omonatlarni kafolatlash va qaytarish bo‘yicha mas'ul davlat tashkiloti omonatlarni kafolatlash Fondi hisoblanadi (Fond O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq faoliyat yuritadi).
Bank litsenziyasi chaqirib olingan taqdirda kimdan va qaysi muddat ichida omonatlaringizni qaytarib olasiz?
Fuqarolarning omonatlarini qaytarilishi bank va Fond mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Banklardagi omonatlarni to‘lab berish tartibi 4 bosqichdan iborat:
E'tiboringiz uchun rahmat!
Bajardi: Xamidov Ravshan HBA-90
Tekshirdi: Xudoyberganova Z