369
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
bunday resurslar toifasiga asosan tarixiy-madaniy va arxeologik yodgorliklarni kiritish mumkin. Biroq, mam-
lakatimiz nafaqat ushbu yo‘nalishdagi turistik resurslari
bilan balki, dam olish, sog‘liqni tiklash hamda rekreat-
siya resurslariga boy ekanligi bilan ham ko‘plab turistlarni o‘ziga jalb eta oladi.
Dunyo amaliyotida sayyohlar soni Koronavirus (COVID-19) pandemiyasi taʼsiri tufayli 2020-yilda keskin
pasayib ketganidan soʻng, 2021-yilda dam olish maqsadidagi jahon turizmi xarajatlari oʻtgan yilga nisbatan
qariyb 25 foizga oshdi. Yillik o'sishiga qaramay, butun dunyo bo'ylab sayohatchilarning umumiy xarajatlari pan-
demiyagacha bo'lgan darajadan ancha past bo'lib, 2021 yilda taxminan 2,9 trillion AQSh dollarini tashkil etdi
[11]
.
Demak, turizmning ushbu yo‘nalishi rekreatsiya resurslari mavjud bo‘lgan O‘zbekiston hududi uchun
ham potensial turizm yo‘nalishi sifatida shakllantirish va uni xalqaro turizm bozorda mavqeini mustahkam-
lash davrning muhim masalalaridan biri sifatida qaraladi. Shu nuqtayi nazardan ham O‘zbekistonda mazkur
turizm yo‘nalishini tartibga solish va takomillashtirish maqsadida bir nechta normativ huquqiy asoslar qabul
qilingan. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yildagi ““Chorvoq” turistik-rekreatsion zona-
sini tashkil etish to‘g‘risida” PF-5273 sonli Farmoni
[1]
hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining
““Zomin” turistik-rekreatsion zonasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 254-son qarorlarini
[2]
kelt-
irish mumkin. Ushbu normativ asoslarda tog‘li hududlarning turizm salohiyatidan samarali
foydalanish, xalqaro
umummavsumiy kurortlar, mehmonxona majmualari, madaniy-sog‘lomlashtirish, savdo-ko‘ngilochar va boshqa
turizm infratuzilmasi
obyektlarini barpo etish, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligini ta’minlash kabi
vazifalar belgilangan.
Bu kabi vazifalar mazkur sohani rivojlantirish hamda ularning imkoniyatlaridan to‘laqonli foydalanish
bo‘yicha tadqiqotlar olib boorish mavzuning dolzarbligini ko‘rsatib beradi.
M A V Z U G A D O I R A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Rekreatsion turizmning mazmunini ochib berishda eng avvalo rekreatsiya atamasining mazmunini o‘rgan-
ish talab etiladi. Rekreatsiya atamasi ingliz tilida birinchi marta XIV asr oxirida, birinchi boʻlib “bemor odamni
tetiklash yoki davolash” maʼnosida qoʻllanilgan va asl kelib chiqishi lotin tilidan (re: “yana”, creare: " yaratmoq,
tug'dirmoq, tug'dirmoq") olingan
[12]
.
Keyinchalik, rekreatsiya tushunchasiga ta’rif berishda hamda uni turizm sohasi bilan bog‘lash bo‘yicha
ko‘plab olimlar tomonidan ilmiy izlanishlar olib borilgan. Ulardan biri V.А. Kvartalnovning fikricha, rekreatsiya
bu – insonning jismoniy, intellektual va emotsional kuchini kengaytirilgan tarzda qayta tiklash jarayonidir
[3]
.
АQSh milliy turizm siyosati tadqiqotlar markazining taʼrifiga koʼra esa, rekreatsiya bu – insonlarning boʼsh va-
qtidan personal foydalanish jarayoni hisoblanadi. Mahalliy mutaxassislardan Z. Usmonovaning tadqiqotlarida
rekreatsiya tushunchasini uydan tashqarida, masalan, tabiatga turizm sayohatlarda, sanatoriy-kurort, sogʼlom-
lashtirish muassasalarida dam olish yoʼli bilan salomatlikni va ishchi kuchini tiklash koʼrinishida talqin etiladi
[4]
.
Y. Sharunenkoning taʼkidlashicha, rekreatsion turizm deganda insonning dam olish, reabilitatsiya va davo-
lash, jismoniy, aqliy va hissiy kuchini tiklash va rivojlantirish maqsadidagi sayohatlar tushuniladi
[5]
.
Vengriyalik olimlar E. Ksirmaza , K. Petelarning fikriga ko‘ra esa, rekreatsion turizm - bu turistik xizmat-
lar orasida salmoqli o‘ringa ega bo‘lgan sog'lomlashtirish turizmining bir tarmog'idir. Bunda turistlar asosan
sog'lom bo'lgan rekreatsion xizmatlarni taqdim etuvchi provayderlarning dasturlarida ishtirok etadilar va bu
joylarga birinchi navbatda sog'liqda yuzaga kelgan muammolarni oldini olish
uchun tashrif buyurishadi
[6]
.
Yuqoridagi fikrga zid ravishda, rossiyalik olim T.A.Burmenko sog‘lomlashtirish turizm klassifikatsiyasini
tavsiflab bergan, unga ko‘ra, wellness turizm, tibbiy turizm, spa turizm hamda rekreatsion turizm mutlaqo biri
biridan iqtisodiy, ijtimoiy, jismoniy va psixologik nuqtai nazaridan farq qilinishini tahlil qilgan
[7]
.
A. Panasuik, rekreatsiya va turistik xizmatlarni individual va jamoaviy iste'mol jarayonida qo'llaniladigan,
jamiyatning dam olishga bo'lgan ehtiyojlarini qondiradigan foydali nomoddiy mahsulot deb hisoblaydi va bularn-
ing barchasi insonga jismoniy va aqliy kuchini kundalik hayotiy yumushlarini amalga oshirishdan yuzaga kelgan
charchoqni bartaraf etishga imkon beradigan faoliyatdir deb hisoblaydi
[8]
.
Rekreatsiya atamasi boʼyicha ilmiy izlanishlar olib borgan mahalliy olimlarning tadqiqotlarini umumlashtirgan
holda Z. T. Аbdulxakimov tomonidan: «Rekreatsiya – bu tabiiy muhitda inson oʼzining ish qobiliyatini qayta tiklay
olishi va dam olishi mumkin boʼlgan joylar (tabiatning manzarali joylari, baland togʼ va togʼ oldi hududlari, suv
havzalari boʼylari, soylar, sharsharalar, tabiiy yodgorliklar va qoʼriqxonalar, davolanish va dam olishga moʼljallan-
gan sanatoriy, turizm bazalar, tarixiy yodgorliklar, muzeylar, turli koʼrgazmalar, teatrlar, turli madaniy kechalar va
tadbirlar)ni oʼz ichiga oluvchi ijtimoiy-iqtisodiy jarayondir»,– degan taʼrif ishlab chiqilgan[9]. Chunki rekreatsiya
– nafaqat mehnat
qobiliyatini qayta tiklash, balki ruhiy va jismoniy faoliyatni qayta tiklashni ham o‘z ichiga oladi.
Yuqoridagi keltirilgan qarashlar hamda ta’riflarda rekreatsion turizm tushunchasining mohiyatini to‘liq ochib
berilmagan. Negaki, mazkur mavzuni o‘rganadigan olimlar o‘zlarining ilmiy izlanishlari doirasida yoki tadqiqot-
lari asosida tahlil qilishgan. Bundan tashqari, hududlarning rekreatsion imkoniyatlari keng bo‘lganligi bois, ush-
bu mavzu doim o‘rganish mumkinligini isbotlab beradi.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
370
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot jarayonida rekreatsiya resurslari bo‘yicha nazariy va uslubiy asoslari o‘rganildi qiyosiy va tizimli
tahlil olib borildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlaridan foydala-
nilgan holda O‘zbekistonning rekreatsion turizm obyektlari va ularning holati bo‘yicha statistik tahlillar amalga
oshirildi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
O‘zbekiston hududida bugungi kunda turizmning ko‘plab turlari hukumat tomonidan rivojlantirilmoqda ham-
da ushbu yo‘nalishlarning xalqaro darajada turistlarning oqimini oshirish uchun zaruriy ishlar amalga oshirilmo-
qda. Bunday turizm turlaridan biri sifatida rekratsion turizmni misol keltirish mumkin.
O‘zbekistonga tashrif buyurgan turistlar orasida rekreatsiya turizmining muhim yo‘nalishlari hisoblangan
davolanish hamda dam olish va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashrif buyurganlar soni ko‘pchi-
likni tashkil etadi (1-chizma).
1-chizma:
O'zbekistonga tashrif buyurgan turistlar soni (ming nafar)
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
Chizma ma’lumotlaridan ko‘rinib
turibdiki, o‘rganilayotgan davrda rekreatsiya maqsadidagi tashrif buyur-
gan turistlar soni Pandemiyadan oldin yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etgan. 2020-yilgi holatdan so‘ng bugungi
kunga kelib ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha tashrif buyuruvchilar sonida ijobiy o‘sish holati kuzatilmoqda. Bu esa,
kelgusi yillarda turizmning yuqoridagi maqsadlari bo‘ylab O‘zbekistonga keluvchilarning sonida o‘sish bo‘lishini
ta’minlashi mumkin. Demak O‘zbekiston rekreatsiya maqsadida tashrif buyurishni reja qilgan turistlar uchun
talab etiladigan mamlakatlardan biriga aylanish imkoniyati mavjud.
2-chizma:
O‘zbekistondagi Sanatoriya-kurort muassasalari va dam olish tashkilotlari
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi ma’lumotlari asosida muallif ishlanmasi
371
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Biroq, hozirgi kunda O‘zbekiston sharoitida ko‘p sonli turistlar oqimini qabul qilish imkoniyati yetarli da-
rajada emas. 2-chizmadagi ma’lumotlarni tahlil etadigan bo‘lsak, eng avvalo mamlakatimizda dam olish va
kurort-sanatoriya tashkilotlari soni hanuzga qadar Pandemiyadan oldingi darajaga yetgani yo‘q. 2019-yilda 509
ta rekreatsiya turizmini ta’minlovchi tashkilotlar bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni 405 tani tashkil
etmoqda.
Bundan tashqari, bu kabi obyektlardagi o‘rinlar sonini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak,
ulardagi ham pasayish
kuzatilgan. 2019-yil hamda 2022-yillarda mos ravishda 61,6 va 52,2 ming joylar mavjud. O‘z navbatida esa,
dam olish hamda sanatoriya-kurort mehmonxonalardan foydalanuvchilar soni ham hozirgacha Pandemiyadan
oldingi davrdagi ko‘rsatkichga yetganicha yo‘q.
Hozirgi kunda hukumat tomonidan mamlakatda turizmning har qanday yo‘nalishini shu bilan birga, rekreat-
sion turizm obyektlari va ularning imkoniyatlarini ham rivojlantirish ustida faol ishlar olib borilmoqda. Respub-
likadagi ko‘plab sanatoriyalar va kurort obyektlari tog‘li zonalarda joylashganligi bois ushbu obyektlardagi infra-
tuzilmani takomillashtirish zarurligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, rekreatsion resurslar nafaqat tog‘li hududlarda
balkim shahar hamda shahar atrofi hududlarda joylashgan bo‘lishi mumkinligi bilan ham xarakterlanadi. Shu
o‘rinda esa rekreatsiya resurslarini turistlarni jalb qilish xususiyatiga ko‘ra quyidagi ikki guruhini ko‘rsatib o‘tish
mumkin bo‘ladi(3-chizma).
3-chizma:
Jalb etish xususiyatiga ko‘ra rekreatsion resurslar
Manba: o‘rganilgan ma’lumotlar asosida muallif ishlanmasi
Birinchi ko‘rinishdagi obyeketlar inson salomatligini tiklash hamda sog‘lig‘ida mavjud muammolarni bar-
taraf etishga qaratilgan fiziologik ehtiyojlarni qondirishga ixtisoslashgan obyektlarni o‘z ichiga oladi. Qo‘shim-
chasiga bu kabi obyektlar insonlarning salomatligini tiklashda ma’lum turdagi kasalliklarni da’volash hamda bu
bo‘yicha sog‘liqni tiklashga ixtisoslashgan. Bunday yondashuv obyektlarning imkoniyatlarini hamda ulardan
foydalanuvchilarning sonini to‘g‘ri taqsimlashda ijobiy xizmat qiladi.
Ikkinchi turdagi obyektlarda esa, nafaqat fiziologik ehtiyojlar, balki insonning ruhiyatiga, hissiyotlariga ham
ta’sir ko‘rsatuvchi va psixologik ehtiyojlarini qondirishni ham o‘z ichiga olgan rekreatsiya obyektlarni keltirish
mumkin. Bunday obyektlarda madaniy meros obyektlari bo‘ylab piyoda safarlar uyushtirish mumkin.
O‘zbekiston sharoitida asosan birinchi ko‘rinishdagi rekreatsion resurslarning soni ko‘p va ularning imkoni-
yatlaridan hozirga qadar samarali foydalanib kelinmoqda. Madaniy aloqalar bilan uyg'unlashgan rekreatsion
resurslar va ularning imkoniyatlarini oshirish nafaqat tashrif buyurgan turistga sog‘liqni tiklash bo‘yicha shu
bilan birga hududning madaniy resurslari bo‘yicha ham ko‘proq ma’lumot berish hamda ularda yangi tassurotlar
uyg‘otishi mumkin.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Umuman olganda hududning rekreatsiya resurslaridan oqilona foydalanish, nafaqat mahalliy aholi balki
qo‘shni mamlakatlardan turistlar oqimini jalb etishga yordam beradi. Buning uchun mavjud imkoniyatlardan
samarali foydalangan holda, quyidagi takliflarni amalga oshirish tavsiya etiladi:
Rekreatsion resurslarning faoliyatini amalga oshirishda ular joylashgan hududlarning infratuzilmasini tako-
millashtirish yangi barpo etilishi rejalashtirilgan obyektlarda zaruriy shart-sharoitlarga e’tibor qaratish;
O‘zbekistonda mavjud Sanatoriya-kurort muassasalari faoliyatini rag‘batlantirib borish hamda mahalliy
aholi va xorijiy OAVlarda targ‘ib qilish
Madaniy aloqalar bilan uyg‘unlikni ta’minlovchi rekreatsiya obyektlari sonini oshirish va bu orqali hududning
ikki(sog‘lomlashtirish va madaniy) yo‘nalishining imkoniyatlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishdan iborat.
O‘zbekiston xalqaro turizm bozorida yuqori mavqega ega bo‘lishida o‘zida mavjud barcha resurslar qa-
tori rekreatsion resurslarning imkoniyatlaridan samarali foydalanish zarur. Negaki zamonaviy iqtisodiyotda
hududlarning tabiiy imkoniyatlari bu uning asosiy kuchi sifatida e’tirof etiladi.