O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 268,29 Kb.
səhifə1/13
tarix29.05.2022
ölçüsü268,29 Kb.
#59953
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
HARORATNI O\'LCHASH ASBOBLARI.

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • KIRISH

HARORATNI O'LCHASH ASBOBLARI.

MUNDARIJA:


Kirish.
ASOSIY QISM

  1. Haroratni o'lchash to'g'risida ma'lumot.

  2. Haroratni o'lchashning texnik vositalari.

  3. Suyuqlikli shisha termometrlar.

  4. Manometrik termometrlar.

  5. Bimetallik termometrlar.

  6. Xulosa.

  7. Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH


So'nggi paytda energetika va boshqa sanoat sohalarini texnologik jarayonlarini jadal sur'atlar bilan rivojlanishi kuzatilmoqda. Issiqlik energetikasi sohasida birlamchi quvvatlarni oxirgi yillarda 10-15 marta oshishi, texnologik jarayonlarni tezligini ham oshirmoqda, ulardagi o'lchanayotgan parametrlar soni ham ortib bormoqda.
Hozirgi kunda energetikani zamonaviy o'lchash vositalarisiz tasavvur qilish qiyin. O'lchash texnologik jarayonlarni, qurulmalarni ishonchli ishlashini, ishlab chiqarish xavfsizligini, masalan, issiqlik elektr stansiyalarining ob'ektiv nazoratini ta'minlaydi. Ishlab chiqarish samaradorligi va energiya tejamkorligi, ayniqsa katta quvvatli qurilmalarning muammolarini yechishda texnologik jarayonlar nazorati muhim ahamiyatga ega.
Har qanday o'lchash natijasi, xatoligi, o'lchash jarayonining parametrlaridan qat'iy nazar, o'lchash vositasiga ham bevosita bog'liqdir. Issiqlik texnikasi qurilmalarining ishlashini, o'lchashni bajarish, o'lchash vositalari va usullarini bilmasdan turib o'rganish mumkin emas. Turli o'lchash vositalari mavjudligi o'lchash texnikasini to'g'ri tanlashni talab qiladi, u berilgan sharoitlarda nazoratni kerakli aniqligi bilan ta'minlaydi. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda o'lchash aniqligi va o'lchash vositalarining ishonchli ishlashi muhim ahamiyatga ega.
Issiqlik va elektr energiyasini tejash masalalariga bizning davlatimizda katta ahamiyat berilayotganligi va so'ngi paytlarda qator davlat ahamiyatiga ega qarorlar qabul qilinayotganligini inobatga olsak, issiqlik texnik o'lchovlari muhim ahamiyatga egaligini ko'rishimiz mumkin bo'ladi. “Issiqlik texnik o'lchovlari” fani sanoatda, jumladan issiqlik energetikasida keng qo'llaniladigan o'lchov asboblari, harorat, bosim, sarf, sath va gaz tarkibini tahlillagich qurilmalarini tuzilishi, ishlash prinsipi, ularni o'lchash xatoliklari to'g'risida amaliy va nazariy ko'nikmalar hosil qilishga yordam beradi.

ASOSIY QISM


Har qanday o’lchash asbobini tanlashda eng avvalo uning metrologik tavsiflariga e’tibor berishimiz lozim bo’ladi.

Yüklə 268,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin