1-amaliy mashg’ulot. Bug’latgichlarning tuzilishi va ishlash prinsiplari. Bug’latish qurilmalarini hisoblash.
Issiqlik o’lchov birliklari.
Issiqlik, bu energiyaning bir turi hisoblanadi va joul (J) yoki Vt∙sek (Vt∙s) larda o’lchanadi.
. . .
Ko’p miqdorli issiqlikni kilojoul (kJ) yoki kilovatt/soat (kVt/soat) larda o’lchash qo’llaniladi.
1.Issiqlik o’lchov birliklari hisobi.
№
|
kJ
|
J yoki Vt∙s
|
кVt∙soat
|
kkal
|
1.
|
1
|
1000
|
|
0,2397
|
2.
|
10-3
|
1
|
|
|
3.
|
3600
|
|
1
|
860
|
4.
|
4,19
|
4190
|
|
1
|
1kkal=4180J 1/4180J=0,0002392 kkal
1kJ∙1000=0,2392kkal
Solishtirma issiqlik sig’imining son qiymati aniq bir moddaga asosan ifodalanadi. Temperaturaga bog’liq holda o’zgaradi.
2. Solishtirma issiqlik sig’imining с o’rtacha qiymati.
№
|
Modda
|
c,
|
|
Modda
|
c,
|
1.
|
Suv
|
4,19
|
4.
|
Suyuq yoqilg’i, mazut
|
|
2.
|
Muz
|
2,1
|
5.
|
temir
|
0,46
|
3.
|
Benzin
|
|
6.
|
mis
|
0,38
|
Umumiy issiqlik miqdori umumiy issiqlik ushlanishi yoki entalpiya deyiladi. Masalan: Suyuqlik qaynash temperaturasigacha qizdiriladi va so’ngra bug’latiladi. U holda umumiy sarflangan issiqlik miqdori, bu suyuqlikni qaynash temperaturasigacha qizdirish va bug’ hosil bo’lgunicha sarflangan issiqliklardir.
500 kg benzinni +80С dan 400С gacha qizdirish uchun qancha issiqlik miqdori kerak bo’ladi?
.
2-Masala. 250 kg suvni 220С dan qaynash temperaturasigacha qizdirish va bug’latishgacha zarur bo’lgan umumiy issiqlik miqdorini aniqlang?
Bug`latish jarayoni har xil bug`latgichlarda olib boriladi. Bug`latish qurilmalari isituvchi yuzaning tuzilishi va joylashuvi, issiqlik tashuvchi agentlarning yo’nalishi, sirkulyatsiya turi, rejimi va boshqa bir qator omillarga ko’ra bir necha turlarga ajratiladi:
Isitish kamerasining tuzilishiga binoan bug`-qobiqli, zmeevikli, osma holatda va boshqa ko’rinishda bo’lgan isitish kamerali bug`latgichlar;
2. Isitish yuzasining joylashuviga nisbatan vertikal, gorizontal va qiya burchakli bug`latgichlar;
3. Isituvchi agentning turiga ko’ra bug`, gaz, yuqori haroratli isituvchi agent yoki elektr energiyasi bilan isitiladigan bug`latgichlar;
4. Sirkulyatsiya rejimiga ko’ra tabiy, majburiy hamda bir va ko’p karrali sirkulyatsiyali bug`latgichlar;
5. Eritmani qurilmaga berib turish rejimiga ko’ra davriy va uzluksiz ishlaydigan bug`latgichlar;
6. Qurilmadagi bosimning qiymatiga ko’ra atmosfera bosimi, ortiqcha bosim, vakuum bilan ishlaydigan bug`latgichlar;
7. Korpuslarning soniga ko’ra bir va ko’p bosqichli bug`latish qurilmalari;
8. Eritma va isituvchi agentning o’zaro yo’nalishiga ko’ra bir xil, qarama-qarshi, murakkab yo’nalishli hamda eritma bilan parallel ta’minlovchi bug`latgichlar.
Bug`latish qurilmasining asosiy konstruksiyalari bilan tanishib chiqamiz.
Markaziy sirkulyatsion quvurli bug`latish qurilmalari. Bunday qurilmalarda bug`latilishi kerak bo’lgan eritma isitish kamerasining yuqorigi qismidan beriladi. Isitish kamerasi bir necha quvurlar to’plamidan iborat bo’lib, ularning uchlari quvur to’riga razvalsovkalab biriktirilgan (1-rasm). Eritma quvurlarning ichida qaynab, bug`-suyuqlik aralashmasi holida quvurning balandligi bo’yicha ko’tariladi va qurilmaning yuqorigi qismida joylashgan bug` bo’shlig`idagi ajratkichga o’tadi. Ikkilamchi bug`dan ozod bo’lgan eritma va uning tomchilari markaziy sirkulyatsiya quvuriga tushadi.
Eritmaning sirkulyatsiya tezligi uning fizik xususiyatlariga, issiqlik miqdoriga hamda sirkulyatsiya konturining gidravlik qarshiligiga bog`liq. Quyultirilgan eritma qurilmaning pastki qismidan chiqariladi. Ikkilamchi bug` suyuqlik ustidagi hajmni egallaydi va so’ngra qurilmaning yuqoridagi qismida joylashgan tomchi ushlagich orqali o’tkazilib uzatiladi.
Isituvchi quvurlardagi suyuqlik-bug` aralashmasi bilan sirkulyatsiya quvuridagi bug`lanayotgan eritmaning zichliklari har xil bo’lgani uchun qurilmadagi eritma o’z-o’zidan sirkulyatsiya bo’ladi. Zichliklarning farqi qancha katta bo’lsa, bug`latish jarayonining tezligi shuncha yuqori bo’ladi. Sirkulyatsiya quvurining diametri isituvchi kamera diametrining 1/3 ulushiga teng qilib olinadi. Bunday bug`latish qurilmalarining tuzilishi sodda va bug`lanayotgan eritma tabiiy sirkulyatsiya qilinadi.
Kamchiliklari: quvurlar quvur to’rlarida mahkam o’rnatilgan bo’ladi, sirkulyatsiya quvuri isitish kamerasi ichida bo’lganligi sababli jarayon davomida isib turadi. Shu sababli sirkulyatsiya quvuridagi eritma bilan isituvchi quvurdagi suyuqlik-bug` aralashmalarining zichliklari orasidagi farq kamayadi, natijada bug`latish jarayonining tezligi ham kamayadi. Shuning uchun bug`latish qurilmalarining ko’pchiligida sirkulyatsiya quvuri qurilmaning tashqi qismiga o’rnatiladi.
2- rasm. Kaskad ko’rinishli ko’p korpusli bug’latkich.
Dostları ilə paylaş: |