O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


– rasm. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi



Yüklə 268,29 Kb.
səhifə6/13
tarix29.05.2022
ölçüsü268,29 Kb.
#59953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
HARORATNI O\'LCHASH ASBOBLARI.

5.1 – rasm. Asbob ko‘rsatishining variatsiyasi.
Asbobning o‘lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo‘lishi mumkin. Bu xatoliklar xususida keyingi mavzularda yetarli ma’lumotlar berilgan.
O‘lchash diapazoni. Bu asosan ko‘p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o‘lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi.
Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o‘lchash zanjiriga ulanganidan so‘ng kiritishi mumkin bo‘lgan xatoliklarini baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kam quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir.
Xususiy energiya sarfi o‘lchash asbobining tizimiga va konstruktiv ishlanishiga bog‘liq bo‘lib, ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o‘lchashlarni bajarishda juda muhimdir.
Ishonchliligi (chidamliligi) – o‘lchash vositasining ma’lum o‘lchash sharoitida, belgilangan vaqt mobaynida o‘z metrologik xususiyatlarini (ko‘rsatkichlarini) saqlashidir. Bu ko‘rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi. O‘lchash asbobining ishonchliligi, odatda, buzilmasdan ishlash ehtimolligi bilan baholanadi va taxminan quyidagicha topiladi:
= n / n­ um ,
bu yerda: n – ishonchlilikka sinalgan asboblar soni; num – umumiy (ko‘p seriyali) ishlab chiqarilgan asboblar soni.

4. Suyuqlikli termometrlar


Suyuqlikli termometrlar –200°C dan +600°C gacha oraliqdagi temperaturani o`lchash uchun ishlatiladi. SHisha termometrlarning ishlatilish usuli sodda, aniqligi etarli darajada yuqori va arzon bo`lgani sababli laboratoriya va sanoatda keng tarqalgan. Suyuqlikli termometrlarning ishlash prinsipi termometr ichiga o`rnatilgan termometr suyuqligining hajmi temperatura ko`tarilishi yoki pasayishida o`zgarishiga asoslangan. SHisha termometrlarning suyuqligi sifatida simob, toluol, etil spirt (etanol), kerosin, petroley efir, pentan va boshqalar ishlatiladi. Ularning qo`llanilish chegaralari 2.1-jadvalda keltirilgan.
Suyuqlikli termometrlar orasida eng ko`p tarqalgani simobli termometrlardir.
2.1-jadval
Termometrlarga solinadigan suyuqliklar


Yüklə 268,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin