Suyuqlikli bosim o’lchash vositalari reja: asosiy ma’lumotlar va tasnifi suyuqlikli bosim o‘lchash asboblari



Yüklə 65,75 Kb.
səhifə1/4
tarix27.03.2023
ölçüsü65,75 Kb.
#90295
  1   2   3   4
SUYUQLIKLI BOSIM O


SUYUQLIKLI BOSIM O’LCHASH VOSITALARI
REJA:
1. ASOSIY MA’LUMOTLAR VA TASNIFI
2. SUYUQLIKLI BOSIM O‘LCHASH ASBOBLARI

Bosim texnologik jarayonlarning asosiy parametrlaridan biridir. Ishlab chiqarish jarayonlarining to‘g‘ri olib borilishi, ko‘pincha bosim kattaligiga bog‘liq bo‘ladi.


Tekis sirtga normal ta’sir ko‘rsatuvchi tekis taqsimlangan kuch bosim deb ataladi:
, ( 1)
bu yerda, S – tekislik yuzi; F – shu tekislik yuziga tik ta’sir qiladigan bosim kuchi.
Bosim xalqaro birliklar tizimida paskal (Pa) bilan o‘lchanadi. 1 Pa qiymati jihatidan kuchga perpendikulyar bo‘lgan 1 m2 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuch hosil qilgan bosimga teng (N/m2). Karrali kPa va MPa birliklar keng qo‘llaniladi, kgk/sm2, bar, kgk/m2 (mm suv ust.), mm sim. ust. kabi birliklardan ham foydalanish mumkin. 1-jadvalda ko‘p uchraydigan bosim birliklarining nisbati keltirilgan.
1 – jadval.
Bosimning turli o‘lchov birliklari orasidagi nisbati.

Birliklar

Pa

Bar

kgk/sm2

kgm/m2 (mm suv. ust)

mm sim. ust.

1 Pa

1

10-5

1,0197·10-5

0,10197

7,6006·10-5

1 Bar

105

1

1,0197

1,0197·104

750,06

1 kgk/sm2

9,8066·104

0,98066

1

104

735,56

1 kgk/m2 (mm.suv. ust)

9,8066

0,98066·10-4

10-4

1

7,3566·10-4

1 mm sim. ust

133,32

1,3332·10-3

1,33595·10-3

13,595

1

O‘lchashda mutlaq, ortiqcha, atmosfera va vakuum bosimlar mavjud. Rmutmutlaq bosim modda holatining (suyuqlik, gaz, bug‘) parametri bo‘lib, Ratmatmosfera va Rort – ortiqcha bosimlar yig‘indisidan iborat:


Rmut=Ratm+Rort ( 2)
Ortiqcha bosim mutlaq va atmosfera bosimlari oralaridagi farqdan iborat:
Rort=Rmut-Ratm ( 3)
Atmosfera bosimi – yer atmosferasidagi havo ustunining bosimi; uning qiymati barometrlar bilan o‘lchanadi, shuning uchun bu bosim ko‘pincha barometrik bosim deb ataladi. Agar mutlaq bosim atmosfera bosimidan kichik bo‘lsa, vakuum (siyraklanish) sodir bo‘ladi.
Rv=Ratm-Rmut ( 4)
Bosim asboblari ishlash prinsipiga va o‘lchanayotgan kattalikning turiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi.
Bosim o‘lchaydigan asboblar ishlash prinsiplariga ko‘ra suyuqlikli, deformatsion (prujinali), yuk-porshenli, elektr, ionli va issiqlik turlariga bo‘linadi.
O‘lchanayotgan bosim kattalikgining turiga ko‘ra o‘lchash asboblari quyidagi turlarga bo‘linadi:
1) manometr – mutlaq va ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
2) barometr – atmosfera bosimini o‘lchaydi;
3) vakuummetr – berk idish ichidagi suyuqlik va gaz bosimining siyraklanishini o‘lchaydi;
4) manovakuummetr – ortiqcha bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
5) naporomer – kichik qiymatli ortiqcha bosimni o‘lchaydi;
6) tyagomer – kichik qiymatli siyraklanishni o‘lchaydi;
7) tyagonaporomer – kichik qiymatli bosim va siyraklanishlarni o‘lchaydi;
8) differensial manometr – ikki bosim ayirmasini (bosimlar farqini) o‘lchaydi.
Quyida sanoatda eng ko‘p tarqalgan usullar va asboblar ko‘rib chiqilgan.

Yüklə 65,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin