O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 268,29 Kb.
səhifə2/13
tarix29.05.2022
ölçüsü268,29 Kb.
#59953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
HARORATNI O\'LCHASH ASBOBLARI.

O’zgartirish funksiyasi - buni analogli o’lchash asboblarida shkala tenglamasidan ham bilishimiz mumkin. Tanlanayotgan asbobda o’zgartirish funksiyasi chiziqli bo’lishi qaydnomalarni olishni osonlashtiradi, sub’ektiv xatoliklarni esa kamaytiradi.
Sezgirligi. Asbobning sezgirligi chiqish signalining kirish signaliga nisbatidan aniqlanadi:
S q dy/dx ;
Asbobning o’lchash xatoligi. Bu xatolik sifatida mutlaq xatolik, nisbiy xatolik yoki keltirilgan xatolik berilgan bo’lishi mumkin.
Bu xatoliklar xususida oldingi mavzularda etarli ma’lumotlar berilgan.
O’lchash diapazoni. Bu asosan ko’p diapazonli asboblarga tegishli. Aksariyat hollarda asbobning har bir o’lchash diapazoniga taalluqli xatoliklari ham beriladi.
Sezgirlik ostonasi - tekshirilayotgan kattalikning qanday boshlang’ich qiymati o’lchash asbobining chiqish signaliga ta’sir etishini bildiradi.
Xususiy energiya sarfi. Bu tavsif ham muhim hisoblanib, asbobning o’lchash zanjiriga ulanganidan so’ng kiritishi mumkin bo’lgan xatoliklarni baholashda ahamiyatli sanaladi. Ayniqsa, kichik quvvatli zanjirlarda o’lchashlarni bajarishda bu juda muhimdir.
Asbobning ishonchliligi - uni belgilangan ko’rsatkichlarini vaqt mobaynida saqlash xususiyatini bildiradi. Bu ko’rsatkichlarni chegaradan chiqib ketishi asbobni layoqatligi pasayib ketganligidan dalolat beradi.
Aksariyat o’lchashlarda biror signalni boshqa turga o’zgartirish lozim bo’ladi. Ushbu vazifani odatda o’lchash o’zgartkichlari bajaradi.
O’lchash o’zgartkichi deb o’lchash ma’lumoti signalini ishlab chiqish, uzatish, keyinchalik o’zgartirish, ishlov berish va yoki saqlashga mo’ljallangan, lekin kuzatuvchining ko’rishi uchun moslanmagan o’lchash vositasiga aytiladi.
O’lchash o’zgartkichlarining turlari juda ko’p. Odatda o’lchash zanjirida birinchi bo’lgan, ya’ni o’lchanayotgan kattalik signalini qabul qiladigan o’lchash o’zgartkichiga birlamchi o’lchash o’zgartkichi deyiladi. Undan keyingi joylashgan o’lchash o’zgartkichlariga esa oraliq o’zgartkichlar nomi berilgan.
O’lchash o’zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli va parametrik o’lchash o’zgartkichlari kiradi.
Masshtabli o’lchash o’zgartkichlari o’lchash signalini shu turdagi, faqat boshqa qiymatdagi signalga masshtabli (aniq) tarzda aylantirib beradi. Masalan, elektr tokining masshtabli o’lchash o’zgartkichlariga shuntlar, kuchlanishnikiga esa bo’luvchilar (delitel) nomi berilgan.
Parametrik o’lchash o’zgartkichlarida kirishdagi signal turlicha (mexanik siljish yoki ko’chish, bosim, og’irlik kabilar) bo’lib, chiqishdagisi esa faqat elektr signali (elektr qarshiligi, elektr sig’imi kabi) bo’ladi.
Parametrik o’lchash o’zgartkichlari rezistorli, sig’imli, tenzometrik, induktiv guruhlariga bo’linadi.

  1. Yüklə 268,29 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin