62
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
O‘zbek olimlari A. O‘lmasov va A. Vaxobovning e’tirof etishlaricha, iqtisodiy o‘sish – iqtisodiyotning rivojlani-
shi, ya’ni hayotiy ne’matlar bo‘lgan tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarilishining ko‘payib borishidir”
[2]
. A. SH. Bek-
murodov va U. V. G‘afurovning fikricha, iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutlaq va
aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi bo‘lib, sifatining yaxshilanishida
va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi”
[3]
.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) atrof-muhit masalalari departamenti rahbari Erik Zolhaymga
fikriga ko‘ra, agar insonlar atrof-muhitga zarar yetkazmagan holda yashil iqtisodiyot o‘sishiga o‘z hissalarini
qo‘shsalar, dunyo bo‘ylab quyosh energiyasiga yo‘naltirilgan investitsiyalarning ajoyib o‘zgarishlari qanchalik
ko‘p narsalarga erishishimiz mumkinligini ko‘rsatib bermoqda. Olim Nils Shtiglitsning ta’kidlashicha, qayta tikla-
nadigan energiya manbalariga sarmoya kiritgan holda, davlatlar odamlarning hayoti
va turmush farovonligini
yaxshilashga hamda yangi jamiyatlarni boshqarish imkoniyatiga ega bo‘ladilar, shuningdek, ayni vaqtda ular
nafas olayotgan havoni tozalash imkoni yaratiladi”.
Adabiyotlarda “barqaror iqtisodiy o‘sish” tushunchasiga ham ta’riflar berilgan bo‘lib, xususan, “barqaror
iqtisodiy o‘sish” tushunchasi milliy iqtisodiyotning shunday bir holatini ifodalashi kerakki, unda salbiy yoki nolga
teng bo‘lishi mumkin bo‘lgan real o‘zgaruvchan mezon va ko‘rsatkichlar uzluksiz mutanosib sur’atda o‘sishi
lozim
[4]
.
“Yashil iqtisodiyot”ni rivojlanishini jadallashtirish mamlakatdagi ijtimoiy – iqtisodiy munosabatlarni isloh
etish va tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish jarayonlarini tadqiq etishda muhim ilmiy–amaliy ahamiyatga
ega bo‘lgan dolzarb muammolardan hisoblanadi. “Yashil iqtisodiyot” asosida barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’min-
lashning nazariy–amaliy jihatlari mahalliy iqtisodchi olimlar, jumladan, Vaxabov A. V., Xajibakiyev Sh. X., Max-
mudov N. M, Hakimov H. A., Djo‘rayeva S. Q., Bozorov E. Q., Xatamov O. Q., Avliyaqulov A., Isayev F. I., Qur-
banov Z. N. lar tadqiq etishgan. “Yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirishning nazariy – amaliy jihatlari xorijlik iqtisodchi
– olimlar tomonidna, ya’ni William Hynes, Shannon Wang,
Erik Solheim, Patricia Espinosa, Nils Stieglitz, Molly
Scott Cato, Ralf Fuesks, Boris Porfiriyev, Cameron Allen va Stuart Clouth, Patrick ten Brink, Roland W.Chalons-
Browne, Reza Ardakanian, Dirk Jaeger o‘rganilgan.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Mazkur tadqiqot metodologiyasi adabiyotlar sharhi usuliga ko‘ra shakllantirildi. Bunda mahalliy va xorijlik
olimlar hamda tadqiqotchilarning ilmiy ishlari tahlil etildi va solishtirildi. Mazkur tadqiqot ishida fikrlarni tahlil
qilishda induksiya va deduksiya usullaridan ham foydalanildi.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
“Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi tarafdorlari amaldagi iqtisodiy tizim aholi turmush
darajasining yaxshilan-
ishida muayyan ijobiy natijalarga olib kelganligiga qaramasdan takomil emas, deya hisoblashadi. Ekologiyaning
buzilishi (iqlim o‘zgarishi, cho‘llashish, bio xilma-xillikning yo‘qotilishi), tabiiy kapitalning tugab borayotganligi,
kambag‘allik darajasining ortib borishi, chuchuk suv, oziq-ovqat, energiyaning yetishmasligi, odamlar va mam-
lakatlar o‘rtasidagi tengsizlik kabi muammolar amaldagi iqtisodiy tizimning mukammal emasligi sabablaridir.
Shuning uchun amaldagi iqtisodiy model “jigar rang” iqtisodiyot deb ataladi.
Ekologiyaning buzilishi, iqlim o‘zgarishining bir qator xatarli oqibatlari bugungi kunda insoniyatga juda kat-
ta tahdid tug‘dirmoqda. Bugungi kunda atmosferada karbonad angidrid gazi (CO2) konsentratsiyasi ekologik
sarhadga yaqinlashib qoldi va kerakli chora-tadbirlar ko‘rilmasa, yaqin kelajakda bu ko‘rsatkich yanada yo-
monlashishi mumkin. Iqlim o‘zgarishi ko‘plab mamlakatlarda dengiz sathining ko‘tarilishiga ham olib kelmoqda.
Xatarli jihati shundaki, rivojlanayotgan mamlakatlarda 14 % aholi va 21 % shaharliklar suv toshqini xavfi mavjud
sohilbo‘yi mintaqalarida istiqomat qiladi. Dunyoda yoqilg‘i inqirozi tahdidi kuchayib bormoqda. Xususan, jahon
iqtisodiy-moliyaviy inqirozi sodir bo‘lishidan avval, bir barrel neftning bahosi 150 AQSh dollaridan oshgan edi.
Retsessiya sabab neftning bir barreli 40 AQSh dollaridan ham tushib ketgan bo‘lsada, X alqaro energetika
agentligi prognozlariga ko‘ra, talabning oshishi va ishlab chiqarish hajmi chegaralangani bois 2030-yilda neft-
ning bir barreli 200 AQSh dollariga qadar ko‘tarilishi mumkin.
Global inqirozlarning barchasi ish o‘rinlari qisqarilishi, ijtimoiy himoyasizlik va qashshoqlik tufayli rivojlan-
gan va rivojlanayotgan mamlakatlardagi barqarorlikni izdan chiqaruvchi dolzarb ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni
yanada chuqurlashtiradi. Zamonaviy ekologiyani asrashning bosh maqsadlaridan biri bo‘lgan qayta
tiklanish
xususiyatiga ega manbalar va atrof-muhitga zararli bo‘lgan chiqindilardan oqilona foydalangan holda olinadi-
gan biogazlardan mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy riovjlanishida keng foydalanishdir.
Qayta tiklanuvchi energiya – bu atrof-muhit energiya oqimidan olinadigan energiya manbaidir. Bularga
quyosh, shamol, suv resurslari, geotermal manbalar, sanoat va munitsipal, qishloq xo‘jalik chiqindilaridan olin-
63
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
IQ
TISODIY
O
T
ЭК
ОНОМИКА
EC
ONOMY
gan biogaz kiradi. Muqobil energiya manbalari shaharlarda birlamchi uglevodorod resurslarini tejash, mamlakat
energetika xavfsizligini ta’minlashda katta rol o‘ynaydi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayoni har bir mamlakat uchun
alohida ahamiyat kasb etib, tabiiy kapital, inson
kapitali va mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi kabi xususiyatlarga bevosita bog‘liq holda ro‘y beradi.
Shuning uchun avvalo, o‘tish jarayoni uchun qulay (huquqiy infratuzilma, rag‘batlantiruvchi omillar va h.k.)
muhit yaratish zarur. Agar milliy darajada qo‘llanilayotgan rag‘batlantiruvchi omillar, jumladan, investitsiyalar va
davlat xaridlari yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilsa, iqtisodiy tizimni “yashillashtirish” jarayoni yanada
tezlashadi. Yashil iqtisodiyotni yaratish va rivojlantirishning jahon tajribasi ko‘rsatishicha, ushbu jarayon uzoq
muddat, katta miqdorda investitsiyalar talab etishi, asosiy e’tibor qayta tiklanadigan energiya
manbalaridan
samarali foydalanish, energiyani tejaydigan texnologiyalarni rivojlantirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.
Dostları ilə paylaş: