Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

birinchidan,
ularning harakat faoliyatidagi mustaqilligi. Kichik biznes subyektlari mustaqil va ularning yuqori 
tashkilotlari mavjud emasligi ularning erkin faoliyat yuritishiga imkoniyat yaratadi. Ularda boshqaruv ier-
arxiyasi mavjud emas, shu sababli ham iqtisodiy tashabbus va tez moslashuvchanlik holatining yuqoriligi 
kuzatiladi;
ikkinchidan,
faoliyat yuritishda tezkor va o‘zgaruvchan qarorlar qabul qilish imkoni mavjudligi. Yirik korx-
onalarga nisbatan kichik biznes subyektlarida kutilmagan vaziyatlar bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul 
qilish va o‘zgartirish imkoniyatlari keng hisoblanadi. Bular ko‘pincha savdo va xizmat ko‘rsatish tarmoqlar-
ida mavjud;
uchinchidan,
ularning mahalliy shart-sharoitlarga moslashuvchanligi. Kichik biznes subyektlari mahalliy 
bozor talablari, urf-odatlari bo‘yicha o‘z boshqaruv qarorlarini ularga ko‘ra moslashtira oladi;
to‘rtinchidan,
kichik biznes subyektlari kam xarajat evaziga yangi ish o‘rinlari yaratish va shu orqali bandlik 
muammosini hal etishga hissa qo‘shishi bilan ajralib turadi. Kichik biznes ijtimoiy jihatdan zaif aholi qatlam-
lari bo‘lgan ayollar, nogironlar, pensionerlar va boshqalarni ish bilan ta’minlaydi hamda ular mehnatidan 
keng foydalanadi, yosh mutaxassislarning ishlab chiqarish tajribasi ortishiga sharoit yaratadi;
beshinchidan,
ular faoliyatida tashkiliy va operatsion xarajatlar miqdori oz bo‘ladi. Korxona faoliyatida davr 
xarajatlari yirik korxonalarga nisbatan anchagina kam;
oltinchidan,
uzoq muddatli manfaatlarning mavjudligi. Kichik biznes subyektlariga qilingan investitsiyalarni 
kelgusida (zarurat bo‘lganda) tez va qulay shartlarda sotish orqali qaytarib olish mumkin;
yettinchidan,
ixtisoslashgan yoki umumiy bozorlarda ustun tomonlariga ega ekanligi. Yirik korxonalar bosh 
idoralari tomonidan ishlab chiqilgan harakat rejalari orqali iqtisodiy yoki moliyaviy jihatdan qiyin holatga 
tushib qoladilar. Kichik biznes subyektlari esa bozordagi hatti-harakatlarini tez o‘zgartira olishi va mo-
slashuvchanligi imkoniyatlariga egadirlar. 
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalari jahon tajribasiga ko‘ra, barqaror iqtisodiy o‘sishning asosiy 
omili, iqtisodiy konyunkturaning o‘zgarishlariga tez moslasha oladigan, yangi texnika va texnologiyalarni doimiy 
ravishda talab qiladigan, mehnat unumdorligi yuqori bo‘lgan xo‘jalik subyektlari sifatida keng faoliyat yuritmoq-
da. BMT ekspertlari ma’lumotlariga qaraganda dunyo aholisining 50 foizdan ortiqrog‘i kichik biznesda banddir.
Dunyo bozorida iste’mol mollari konyunkturasi hozirgi zamon sharoitida o‘rtacha har to‘qqiz oyda o‘zgarib 
turadi [39]. Agar shuni hisobga olsak, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning izchil rivojlanishida 
nechog‘lik muhim ahamiyatga ega ekani yaqqol ko‘rinadi. Kichik biznes bajaradigan vazifalarning asosiylaridan 
biri shundan iboratki, kichik biznes jamiyatda siyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlovchi o‘rta sinfni shakllan-
tiradi. Har qanday jamiyatda o‘rta mulkdorlar sinfi iqtisodiyot rivojlanishida muhim o‘rin tutadi.
Kichik biznesning yana bir muhim vazifasi iste’mol talabining tabaqalanishi va individuallashuvi sharoitida 
keng turdagi tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni amalga oshirishdir. Bugungi kunda keng rivojlanmagan kichik 
biznessiz zamonaviy iqtisodiyotni tasavvur etib bo‘lmaydi. U bir tomondan qandaydir darajada yirik korxonalar 
bilan raqobatda bo‘ladi va shu nuqtai-nazardan iqtisodiyotni bozor konyunkturasi o‘zgarishlariga, moda va 
iste’molchilar didi tez-tez almashib turishiga iqtisodiyotni tarkibiy jihatdan qayta qurishga yordam beradi. Ik-
kinchi tomondan, kichik korxonalarning katta qismi yirik biznes bilan hamkorlik qiladi, ularga xos bo‘lgan tex-
nik konservatizmni bartaraf etishga ko‘maklashadi. Kichik biznesni rivojlantirish bozorni iste’mol tovarlari bilan 
to‘ldirish va hududiy monopolizmga barham berishga, raqobat muhiti vujudga kelishi va kengayishiga, ilmiy 
texnika natijalarini ishlab chiqarishga joriy etishga, eksport salohiyati yuksalishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Kichik biznesning respublikamizda rivojlanishi quyidagi ustuvorliklarga ega: turli ijtimoiy guruhlar daromad-
larining nomutanosibligini silliqlab turuvchilik roli mavjud; faol va tadbirkor shaxslar, yuqori darajali biznesmen-


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
244
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
lar shakllanishiga, iqtisodiyotning turli sektorlari o‘rtasida o‘zaro mustahkam aloqalar o‘rnatishga, jamiyatda 
siyosiy vaziyatni kafolatlovchi o‘rta sinf shakllantirilishiga, nisbatan kam mablag‘lar hisobiga yangi ish joylari 
yaratilishiga, texnologik, texnik va tashkiliy yangiliklar tez tatbiq etilishi va bevosita ishlab chiqarilishiga, raqobat 
muhiti yuzaga keltirilishiga va monopol korxonalar kamayishiga xizmat qilmoqda.
Kichik ishlab chiqarishda xususiy biznes yetakchilik qilishi zarur deb hisoblaymiz va bunda tadbirkorlik 
faoliyatining taraqqiyotini ta’minlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat:
1. Iqtisodiyot tarmoqlarining bozor munosabatlari asosida faoliyat yuritishi. Bunday holatda manfaat
va talab doirasi kengayadi, ommaviy talab bilan birga individual talab ham ortadi. Individual talabni tez 
va sifatli qilib faqat kichik korxonalargina qondira oladi.
2. Tadbirkorlarning mulki, huquqi va iqtisodiy manfaatlarining himoyalanishiga huquqiy va davlat tarkibida-
gi idoralar kafolatining mavjudligi.
3. Tadbirkorlik sohasini davlat tomonidan soliq, kredit, davlat bojlari va boshqa imtiyoz hamda preferensi-
yalar berish bilan qo‘llab-quvvatlash.
4. Davlat va munitsipal (mahalliy) korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish.
5. Bozor iqtisodiyoti infratuzilmasining (turli innovatsion markazlar, banklar, birjalar, sug‘urta kompani-
yalari, reklama agentliklari va boshqalar) taraqqiy topganligi.
6. Tadbirkorlik subyektlarining dunyo bozorlariga chiqish imkoniyatining yaratilganligi.
Yuqorida keltirilgan shart-sharoitlarning ma’lum qismi bugungi kunda mamlakatimizda yaratilgan. Ammo 
talab darajasida ta’minlanmagan va shart-sharoit yaratilmagan omillar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

moddiy ta’minlanganlik darajasi ortib borayotgan aholi qatlamlarining individual talablarini o‘rganish
va ushbu talablarni ta’minlash bo‘yicha izlanishlar yetarli darajada olib borilayotgani yo‘q;

davlat va mahalliy korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish ishlari haligacha sekinlik bilan davom etmo-
qda;

tadbirkorlik subyektlarini kredit mablag‘lari bilan ta’minlashda tijorat banklarining monopolligi saqlanib 
qolmoqda va natijada ular tomonidan taqdim etilayotgan kredit foizlari yuqoriligicha qolmoqda;

fond birjalari investitsiya mablag‘larining yetakchi manbaiga aylana olmayapti;

sug‘urta kompaniyalari tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarning kafolatchisi sifatidagi 
mavqeiga erisha olgani yo‘q. 
Yuqoridagi bo‘limlarda ta’kidlaganimizdek har qanday tadbirkorlik faoliyati risk bilan bog‘liq. Tabiiy, iqti-
sodiy, huquqiy, siyosiy va boshqa faktorlar tadbirkorlik faoliyatiga turlicha ta’sir ko‘rsatadi va bu ta’sirlar natijasi 
ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Bu natijani esa oldinday bilish qiyin. Shuning uchun tadbirkor o‘z faoliyati bilan 
bog‘liq risklarning yuz berish ehtimolligini minimum darajaga keltirishga harakat qilishi kerak.
Risklarni baholash va boshqarish borasidagi harakatlar texnik yoki huquqiy xususiyatga ega bo‘lishi 
mumkin. Jahon amaliyotida tadbirkorlik subyekti tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar jamlamasi 
risk-menejment deb ataladi. Texnik tadbirlar sifatida: diversifikatsiya (investitsiya mablag‘larini iqtisodiyotning 
turli sohalariga yo‘naltirish); zahira fondini tashkil etish; zamonaviy informatsion tizimlarni qo‘llash kabilarni 
keltirish mumkin. Huquqiy tadbirlar sifatida tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq risklarni kamaytirish 
maqsadida davlat tomonidan qonun va qarorlarning qabul qilinishi, tarmoq miqyosida turli me’yoriy hujjatlarning 
qabul qilinishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorlik subyekti tomonidan turli ko‘rinishdagi tartib-qoidalarning belgilanishi-
ni keltirish mumkin.
2-rasm:
Foyda hajmining tavakkalchilik darajasiga bog‘liqligi
Bular ichida riskni boshqarishning eng maqbul usullaridan biri sug‘urta xizmatlaridan foydalanishdir. Tad-
birkorlik riskini sug‘urtalashda sug‘urta hodisasi natijasida ko‘riladigan real zarar hamda shu bilan birga boy 


245
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
berilgan foyda sug‘urtalanishi mumkin.Tadbirkorlik riskining tabiatini tushunish uchun risk va foydaning o‘zaro 
aloqasi fundamental asosga ega ekanligini bilish zarur. Tadbirkor o‘z faoliyati bilan bog‘liq tavakkalchiliklarga 
yo‘l qo‘yadi, chunki buning orqasida foyda ko‘rish ehtimolligi bor. Tadbirkor biladiki, u amalga oshirayotgan 
harakatlar va u bilan bog‘liq xarajatlar kelajakda foyda keltirishi yoki zararga olib kelishi mumkin. Yuqori dara-
jadagi riskka yo‘l qo‘yish yuqori darajada foyda olishga erishish ehtimolini yaratadi va aksincha past darajadagi 
riskka yo‘l qo‘yish bilan kamroq foyda olish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin. Buni quyidagi rasm orqali ifoda-
lash mumkin (2-rasmga qarang).
Bunda: T1- kam darajadagi tavakkalchilik mavjud bo‘lgan holat va bunda o‘z-o‘zidan olinadigan foyda – F1 
kam bo‘ladi, T2 – o‘rtacha darajadagi tavakkalchilik mavjud bo‘lgan holat va bunda olinadigan foyda F2 – o‘rta-
cha bo‘ladi, T3 – yuqori tavakkalchilik darajasiga ega holat bo‘lib, bunda olinadigan foyda – F3 – yuqori bo‘ladi. 
Demak, tadbirkorlik subyekti yuqori darajada foyda olish uchun tavakkalchilik darajasi yuqori bo‘lgan holatga 
yo‘l qo‘yishiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Ammo bu bir tomondan xatarli, chunki u bu harakat bilan foyda emas, balki 
zararga tushib qolishi ham mumkin. Shuning uchun bunday holatda sug‘urta xizmatlaridan foydalanish ayniqsa 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Tadbirkorlik subyekti sug‘urta xizmatlaridan foydalanishi uchun ushbu xizmatlarning ko‘pgina xususiyatlari 
muhim o‘rin tutadi, bular sifatida ushbu xizmatning ishonchliligi, ya’ni sug‘urta hodisasi yuz berganda ko‘rilgan 
zararni o‘z vaqtida va to‘liq qoplanishi, xizmat haqi, ya’ni sug‘urta mukofotining tadbirkor imkoniyatiga mos 
kelishi va boshqa omillar.
Bizning fikrimizcha, tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasi tadbirkorlik subyektining aylanma va boshqa 
aktivlari, foydaning yo‘qotilishi, qo‘shimcha xarajatlar va foydaning yo‘qotilishi bilan ifodalanuvchi moliyaviy 
natijalardan kompleks sug‘urta himoyasini taqdim etuvchi xizmat turi hisoblanadi.
Tadbirkorlik faoliyati tavakkalchiliklaridan himoya qilish bilan bog‘liq barcha sug‘urta turlarini qo‘llashni quy-
idagi bosqichlarga ajratish mumkin.
Birinchi bosqich kapitalni asosiy va aylanma fondlarga, ilmiy-texnik mahsulotlar hamda qimmatli qog‘ozlar-
ga investitsiya qilish bilan bog‘liq. Bunda qo‘yilgan kapitalning sug‘urta ta’minoti investitsiyalarni sug‘urtalash va 
moliyaviy kafolatlar berish bilan amalga oshiriladi.
Ikkinchi bosqichdagi sug‘urta himoyasi turli ko‘rinishdagi mulkiy sug‘urta shartnomalari orqali amalga os-
hiriladi. Bunday shartnomalar orqali tadbirkorlik subyektining mulkiga stixiyali hodisalar, katastrofalar, uchinchi 
shaxslarning noqonuniy hatti-harakatlari natijasida yetkazilgan zararlar hamda tadbirkorlik subyektining uchin-
chi shaxslarga yetkazgan zararlari sug‘urtalanadi. Bundan tashqari ushbu bosqichda turli sabablar natijasida 
ishlab chiqarishning to‘xtab qolishi oqibatida ko‘riladigan zararlar sug‘urtasi amalga oshiriladi.
Uchinchi bosqichda hamkorning to‘lovni amalga oshirmasligi, eksport kreditlari bilan bog‘liq xatarlar sug‘ur-
talanadi. 
Tadbirkorlik faoliyati nazariyasi doirasida iqtisodiyot tarmog‘idagi jami insonlar faoliyatining funksiyalarini 
ikkiga bo‘lish mumkin, ya’ni yollanma mehnat hisobiga amalga oshadigan faoliyat va to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbir-
korning o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat.
Yollanma mehnatdan foydalanish evaziga amalga oshadigan tadbirkorlik faoliyatida uch yo‘nalishdagi 
xavf-xatarlar yuzaga keladi. Birinchi yo‘nalishdagi xavf-xatarlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq 
xatarlar bo‘lib, bular jumlasiga ishlab chiqarishdagi uzilishlar bilan bog‘liq xavflar, hamkorlar bilan tuzilgan shart-
nomalar bo‘yicha shartnoma shartlarining bajarilmasligi xatarlari, bozor konyunkturasidagi o‘zgarishlar bilan 
bog‘liq xatarlar, mulkning yo‘qotilishi yoki zarar ko‘rishi bilan bog‘liq xatarlar va boshqalar. Ikkinchi yo‘nalishda-
gi xavf-xatarlar yollanma ishchilarning hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq xatarlarning yuzaga kelishidir. Uchinchi 
yo‘nalishdagi xatarlar to‘g‘ridan to‘g‘ri tadbirkorning o‘z hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq xatarlarning yuzaga ke-
lishidir.
Yollanma mehnatdan foydalanilmagan holda amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatida faqatgina yollan-
ma ishchilar hayoti va sog‘lig‘i bilan bog‘liq xatarlar mavjud emasligi bilan farqlanadi.
Tadbirkorlik faoliyatining ikkala ko‘rinishida ham yuzaga keladigan xatarlarni sug‘urta vositasida kafolatlash 
tadbirkor faoliyatining bir tekisda barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Endi tadbirkor oldida sug‘urta xizmatlaridan qanday qilib samarali tarzda foydalanish masalasi ko‘ndalang 
turadi. Tijoratga asoslangan sug‘urta tashkilotlari orasidan ishonchli, arzon va qulay sug‘urta xizmatini ko‘rsat-
adigan sug‘urta tashkilotini qanday qilib topish mumkin va umuman shunday tashkilotni topishning iloji bormi? 
O‘zbekiston misolida olib qaraydigan bo‘lsak, tadbirkor uchun bunday tashkilotni topish mushkul. Chet el tajriba-
sidan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu masalada brokerlik tashkilotlari yordam berishi mumkin, ammo O‘zbekis-
tonda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan brokerlik tashkilotining o‘zi yo‘q. Reklama faoliyati ham rivojlanmagan. 
Sug‘urta agentlariga murojaat qiladigan bo‘lsa, ular albatta o‘zi xizmat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompaniyasini 
ishonchli deyishi aniq.
Shuning uchun tadbirkorning o‘zi sug‘urta sohasi, sug‘urta faoliyati, sug‘urta bozori kabi tushunchalarga 
ega bo‘lishi, sug‘urta bozorining holati bilan qiziqishi, ushbu bozorda faoliyat ko‘rsatayotgan sug‘urta kompani-


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
246
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
yalari faoliyatini imkon qadar o‘rganishi va bunda ushbu kompaniyalarga mamlakat reyting agentliklari ham-
da xalqaro reyting agentliklari tomonidan berilgan reyting ko‘rsatkichlari, bundan tashqari sifat sertifikatlariga 
egaligiga, hamda tadbirkor sug‘urtalamoqchi bo‘layotgan risklarni sug‘urtalashga ixtisoslashganligiga e’tiborni 
qaratishi zarur.
Yuqoridagi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tadbirkor sug‘urta kompaniyasini tanlagandan keyin ushbu 
kompaniyaga ariza bilan murojaat qilishi va ushbu arizada qanday risklarni sug‘urtalamoqchi ekanligini va o‘z 
xo‘jalik subyekti to‘g‘risidagi talab qilingan ma’lumotlarni taqdim etishi zarur. Shundan keyin sug‘urta kompani-
yasi sug‘urta shartnomasini taqdim etgan holatda shartnomaning barcha bandlarini yaxshi o‘rganib chiqishi va 
zarur o‘zgartirishlarni kiritishni taklif etishi mumkin. Shunday holatda ikkala tomon uchun ham ma’qul bo‘lgan 
sug‘urta shartnomasi tuzilishiga erishish mumkin.
Shartnomaning amal qilishi davrida shartnomada tomonlar uchun belgilangan majburiyatlarga amal qilini-
shi muhim hisoblanadi. Sug‘urtalovchining majburiyatlari sifatida yuridik manzil o‘zgargan holatda o‘z vaqtida 
xabar berish, to‘lovga qobillik yo‘qolgan holatda bu to‘g‘rida o‘z vaqtida xabar berish va qonunchilikda belgil-
angan choralarni ko‘rish va eng asosiysi sug‘urta hodisasi yuz berganda qoplamani o‘z vaqtida to‘lab berish 
hisob lanadi. Sug‘urtalanuvchining majburiyati sug‘urta shartnomasini tuzgan davrdagi holatdan boshqacha 
holat yuzaga kelgan va bu sug‘urta hodisasining yuz berish ehtimolligining oshishiga olib kelgan holatda bu 
to‘g‘rida sug‘urtalovchini xabardor qilish va sug‘urta hodisasi yuz berganda o‘z vaqtida sug‘urtalovchini xabar-
dor qilish hamda zarar hajmini kamaytirish uchun zarur choralarni ko‘rishdan iborat.
Ma’lumki, O‘zbekistonda sanoatni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda va bunga, asosan tadbir-
korlik subyektlari soni va faoliyatini kengaytirish hisobiga erishish ko‘zda tutilmoqda. Shuning natijasi o‘laroq, 
mamlakat iqtisodiyotida sanoatning ulushi ortib bormoqda. Bu esa o‘z-o‘zidan sanoat sohasida faoliyat yuri-
tayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bog‘liq risklarni sug‘urta himoyasiga olishni rivojlantirish zarura-
tini keltirib chiqarmoqda. 
Ishlab chiqarish riski deganda ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlaridagi texnik-iqtisodiy ko‘rsat-
kichlarning mos kelmay qolish ehtimolligi tushuniladi. Rossiyalik olim A. P. Arxipovning ta’kidlashicha, ishlab 
chiqarish riski mahsulot ishlab chiqarish (tovar va xizmatlar) jarayonida tannarxning oshib ketishi, ishchi ku-
chi vaqtining yo‘qotilishi, ishlab chiqarishda yangi usullarni qo‘llashda xatoliklarga yo‘l qo‘yilishi kabilar bilan 
bog‘liq [39].
Ko‘pgina sug‘urta kompaniyalarining shu yo‘nalishdagi sug‘urta qoidalarini o‘rganish shunday xulosaga 
kelish imkonini berdiki, ushbu sohadagi asosiy muammo sug‘urta obyekti va predmetini belgilab olishdagi 
chalkashliklar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish sohasi bilan bog‘liq xavflarni sug‘urtalashda ba’zi kompaniyalar sug‘urta predmeti sifatida 
ishlab chiqarishdagi uzilishlarni qabul qilsalar, ba’zi kompaniyalar ishlab chiqarishdagi uzilishlar natijasida yu-
zaga keladigan moliyaviy riskni sug‘urta predmeti sifatida qabul qiladilar, yana boshqalari esa mulk va ishlab 
chiqarishdagi uzilishlarni bitta predmet sifatida qabul qiladilar. 
Bizningcha, har qanday ko‘rinishdagi sug‘urta hodisasi ham oxir-oqibatda moliyaviy yo‘qotishga olib kela-
di, ammo moliyaviy faoliyat bilan bog‘liq risklar alohida risklardir. Shuning uchun ishlab chiqarishdagi uzilishni 
moliyaviy risk deb atash chalkashlikka olib keladi. Mulkiy sug‘urta va ishlab chiqarishdagi uzilishlar sug‘urtasini 
bitta predmet sifatida qabul qilish ham tomonlarning sug‘urta munosabatlaridagi tushunmovchiliklarni yuzaga 
keltiradi.
X U L O S A VA TA K L I F L A R
Shunday qilib, xulosa qilish mumkin, sug‘urta faoliyatining ushbu yo‘nalishini ishlab chiqarishdagi uzi-
lishlardan sug‘urta deb atash to‘g‘ri bo‘ladi. Bunda sug‘urta predmeti sifatida ishlab chiqaruvchi faoliyati turli 
sabablar natijasida to‘xtamasdan davom etganda olishi mumkin bo‘lgan daromadi hamda ishlab chiqarishda 
uzilish yuz bergan holatda ham amalga oshirish davom etgan xarajatlar hisoblanadi. Ishlab chiqarishdagi uzi-
lishlarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq xatarlarni sug‘urtalash o‘ziga xos sug‘urta turi bo‘lish bilan birga, ushbu 
sug‘urta tadbirkorlik faoliyatining barqarorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin