241
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
mamlakat miqyosida va xalqaro tashkilotlar tomonidan ilmiy jihatdan o‘rganilmoqda. So‘nggi yillarda a’zolari va
faoliyat-maydoni tobora kengayib borayotgan “Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi tomonidan mazkur ittifoqqa kiruvchi
mamlakatlar sug‘urta bozorlari qonunchiligini o‘zaro muvofiqlashtirish borasida olib borilgan tadqiqotlar nati-
jalari e’lon qilinib, shu asosda tavsiyalar shakllantirilmoqda va mazkur mamlakatlar sug‘urta qonunchiliklarini
muvofiqlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda”
[2]
. Biroq, mazkur tadqiqotlarda ishlab chiqarish faoliyatini
uzilishlardan sug‘urtalash, keyingi yillarda tobora muammoga aylanib borayotgan kiber risklardan sug‘urtalash
masalalari yetarlicha tadqiq qilinmagan.
Tadbirkorlik sohasini talab darajasida sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash mazkur soha rivojlanishining
muhim omili ekanligini e’tiborga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida “tadbirkorlik su-
byektlarining o‘sib borayotgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan sug‘urta xizmatlarining talab yuqori bo‘lgan
an’anaviy turlarini rivojlantirishga va yangi turlarini joriy qilishga ko‘maklashish, qishloq xo‘jaligi faoliyati sohasi-
da sug‘urta himoyasini kuchaytirish”
[3]
vazifasi alohida belgilab qo‘yildi. Ammo shunday bo‘lsada, O‘zbekiston-
da tadbirkorlik faoliyati shiddat bilan o‘sib borayotgan va o‘z o‘rnida ushbu faoliyat bilan bog‘liq risklar darajasi
va turli-tumanligi ortib borayotgan hozirgi sharoitda mazkur sohani sug‘urta xizmatlari bilan ta’minlash talab da-
rajasida emas. Shu tufayli tadbirkorlik faoliyatini sug‘urtalash bilan bog‘liq muammolarni ilmiy asosda o‘rganish
va tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa tanlangan ilmiy maqolaning dolzarbligini belgilaydi.
Zamonaviy iqtisodiy munosabatlar, jahon bozorida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda
iqtisodiyotning raqobatbardoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni tashqi
bozordagi amaliy ishtirokini ta’minlash, ularga qulay sharoit yaratish muhim ahamiyatga ega.
A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
O‘rganilayotgan mavzu doirasida tadbirkorlik tavakkalchiliklari bilan bog‘liq xatarlarni sug‘urtalash, mazkur
yo‘nalishning huquqiy asoslarini yaratish va takomillashtirish masalalari bo‘yicha bir
qancha chet ellik olim-
lar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Bular sifatida A. Manes
[4]
, D. Bland
[5]
, A. I. Ginzburg
[6]
, Y. A. Pavlova
[7]
,
N. B. Ermasov
[8]
, S. A. Udalov
[9]
, S. V. Juchkov
[10]
, Y. A. Spletuxov
[11]
, N. B. Grishenko
[12]
, H. A. Paragulgov
[13]
,
V. A. Detushev
[14]
, I. P. Denisova
[15]
, M. A. Fedorova
[16]
, Y. E. Korotkova
[17]
, Y. K. Nikitin
[18]
, M. A. Odinsova
[19]
,
V. A. Zelenchuk
[20]
, Y. Y. Chemerisova
[21]
va boshqalarni keltirib o‘tish mumkin.
Ular o‘z ilmiy izlanishlarida tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasining turli jihatlarini o‘rganganlar, masalan
M. A. Fedorova o‘z ilmiy ishlarini ishlab chiqarishdagi uzilishlardan sug‘urtalashni tashkil etishning samarador-
ligini oshirish uslubiyoti masalalariga bag‘ishlagan. H. A. Paragulgov o‘zining ilmiy izlanishlarini umuman tad-
birkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasining mohiyatini ochib berishga bag‘ishlagan. V. A. Detushev o‘zining ilmiy
faoliyatida Rossiyada tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug‘urtasini rivojlantirish masalalarini yoritgan. V. A. Zelen-
chuk o‘z ilmiy ishida tadbirkorlik faoliyatidagi baxtsiz hodisalardan o‘zaro sug‘urtalash masalalarini tahlil etgan.
Mamlakatimiz olimlari va mutaxassis-olimlari tomonidan sug‘urta faoliyatining turli jihatlari o‘rganilgan
va o‘rganish natijalari ularning asarlarida o‘z aksini topgan. Bular sifatida S. G‘ulomov
[22]
, B. Ashrafxonov
[23]
,
R. H. Husanov, M. Mirsadikov
[24]
, X. Shennayev
[25]
, I. Abduraxmonov
[26]
, B. Gaybullayev
[27]
, I. Mavlonova
[28]
,
Q. Qo‘ldoshev
[29]
va boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Bundan tashqari bir nechta olim va tadqiqotchilar
tomonidan sug‘urta sohasiga bag‘ishlangan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Bular sifa-
tida X. Shennayev
[30]
, M. Xodjayeva
[31]
, M. Asqarova
[32]
, T. Boymurotov
[33]
, A. Nurullayev
[34]
, G. Xaliqulova [35]
va boshqalarni ta’kidlab o‘tish mumkin. Ular tomonidan sug‘urtaning ko‘pgina jihatlari o‘rganilgan va tadqiq
etilgan.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
O‘zbekistonda tadbirkorlik faoliyati va uning barqarorligini ta’minlashda sug‘urtaning o‘rni masalasida
amalga oshirilgan tadqiqot mantiqiy va tarkibiy tahlil qilish, guruhlashtirish, empirik tahlil, o‘zaro va
qiyosiy
taqqoslash usullaridan foydalanilgan.
TA H L I L VA N A T I J A L A R M U H O K A M A S I ( A S O S I Y Q I S M )
O‘zbekiston hukumati tomonidan, o‘z mahsulotini eksport qilmoqchi bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini maz-
kur faoliyatini rag‘batlantirish choralari ko‘rilmoqda. Kichik biznes subyektlari va fermerlar o‘z mahsulotlarini
chetga sotishdan oladigan valyuta tushumlarining 50 foizini banklarga sotishdan ozod qilingan. Bundan tash-
qari, soha vakillariga xorijga chiqarayotgan mahsulot va xizmat turlariga qarab valyuta tushumlari bo‘yicha ham
yengilliklar berilgan. Xalqaro bozor ishtirokchilarining kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hisobiga
kengayishi, pirovardida, mamlakatimiz iqtisodiyotining xalqaro tovar, xizmat va kapital bozoriga qaramlikdan
xoli bo‘lishini ta’minlaydi. Umuman olganda, mamlakatimizda bugungi kunda tadbirkorlik tuzilmalarining xalqaro
bozordagi ishtirokini faollashtirishga xizmat qiluvchi muhim institutsional muhit yaratilmoqda.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
242
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
Quyidagi 1-rasmda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar keltirilgan
bo‘lib, ushbu omillarning aksariyat qismi O‘zbekistonda bugungi kunda mavjud. Misol tariqasida keltirishimiz
mumkin, sovet tuzumi davrida faoliyat ko‘rsatgan bir qancha yirik ishlab chiqarish korxonalari bozor iqtisodiyoti
sharoitida samarali faoliyat ko‘rsata olmaganligi natijasida tugatildi (Toshkent to‘qimachilik kombinati, Toshsel-
mash zavodi, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish zavodi, Toshkent motor zavodi va h.k.). Yangitdan
tashkil
etilayotgan ishlab chiqarish korxonalari esa asosan o‘rtacha kattalikdagi korxonalar hisoblanadi. Ayollarni tad-
birkorlik sohasiga tobora ko‘proq jalb etilishi natijasida ularning iqtisodiyotdagi ishtiroki ortib bormoqda. Yangi
korxonalar ham yuqori suratda ko‘payib bormoqda.
Dunyoning ko‘plab mamlakatlari iqtisodiyotida kichik va o‘rta korxonalar faoliyati muhim o‘rin tutadi. Yevro-
pa Ittifoqi mamlakatlarida iqtisodiyotning ushbu subyektlari kategoriyasi jami biznesning 99 foizini tashkil qiladi,
shu bilan birga bunda eng muammoli holatlardan biri ushbu korxonalarni moliyalashtirishdagi qiyinchilikning
mavjudligidir [36].
1-rasm:
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar
Rivojlanayotgan mamlakatlarda ham kichik va o‘rta korxonalarning roli yuqori: statistik ma’lumotlarga ko‘ra,
umumiy ish bilan band aholining 45 foizgacha bo‘lgan qismi va mazkur mamlakatlarda milliy daromadning 33
foizgacha bo‘lgan qismi (ro‘yxatdan o‘tmagan kichik korxonalarni hisobga olmaganda) ushbu korxonalar his-
sasiga to‘g‘ri keladi.
Ekspertlarning xulosalariga ko‘ra, o‘sib borayotgan ish kuchini ish bilan ta’minlash uchun, keyingi 15 yil
davomida butun dunyo bo‘yicha 600 mln.dan ortiq ishchi o‘rinlari yaratish talab etiladi. Buning uchun kichik
va o‘rta biznes korxonalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularni kreditlash sharoitlarini yaratish
talab etiladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda faoliyat ko‘rsatayotgan va rasman ro‘yxatdan o‘tgan kichik va
o‘rta korxonalarning taxminan 50 foizi kredit olish imkoniyatidan mahrum. Agar ular qatoriga mikrobiznes va
ro‘yxatdan o‘tmagan korxonalarni ham qo‘shadigan bo‘lsak ushbu ko‘rsatkich yana oshadi. Rivojlanayotgan
mamlakatlardagi 70 foiz kichik korxonalar kreditlanish imkoniyatiga qisman ega. Kreditlashga bo‘lgan qondiril-
magan talab 1,2 trln. dollar miqdorida baholanmoqda, agar bunga ro‘yxatdan o‘tmagan kichik korxonalarni ham
qo‘shadigan bo‘lsak ushbu ko‘rsatkich 2,6 trln. dollarga yetadi [37]. Moliyalashtirish imkoniyatining mavjudligi
kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishning muhim faktori ekanligini e’tiborga oladigan bo‘lsak, ushbu muammoni
yechishning qanchalik muhim ekanligini his etish mumkin.
Yuqoridagi holatga jiddiy e’tibor qaratish zarur ekanligini quyidagi misoldan ham ko‘rish mumkin, ya’ni
AQSh banklari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlarga ko‘ra [38], butunjahon iqtisodiy krizisi davrida 2008-yildan
2010-yilga qadar kichik va o‘rta biznes korxonalariga ajratiladigan kreditlar hajmi keskin kamayib ketdi va nati-
jada ishsizlar sonining ortishiga hamda korxonalar sonining kamayib ketishiga sabab bo‘ldi. 2007–2009-yillarda
20 tadan kam ishchisi bo‘lgan mazkur korxonalarda 20 foiz ishchi o‘rinlari qisqardi, kichik va o‘rta korxonalard-
agi umumiy qisqartirishlar hajmi 16 foizni, oylik maoshlar qisqarishi esa 30 foizni tashkil etdi.
O‘zbekistonda so‘nggi yigirma yillikda kichik va o‘rta tadbirkorlikni rivojlantirish borasida katta
ishlar amalga
oshirildi. Natijada ushbu davr oralig‘ida mazkur sohada son va sifat jihatidan katta o‘sish yuz berdi. Buni Jahon
banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish–2017” deb nomlangan dokladida O‘zbekistonning
tadbirkorlik faoliyatini yuritishda qulay iqtisodiy va huquqiy muhitning yaratilganligi bo‘yicha dunyoda 185 mam-
lakat ichida 87 o‘rinda ekanligini e’tirof etilganligida ham ko‘rish mumkin. Bunday reytingga erishishda elektron
deklaratsiya topshirishning yo‘lga qo‘yilganligi va soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimining joriy etilishi
muhim rol o‘ynadi. Ammo raqobatbardoshlik bo‘yicha mamlakatdagi mazkur soha birmuncha orqada qolayot-
ganligi ta’kidlangan.
243
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Aholining mehnatda bandligi darajasi qishloq joylarda sezilarli darajada pastligini hisobga olgan holda bu
masalalarni hal etish uchun quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur deb hisoblaymiz:
1. Qishloqda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ishlab chiqarish infratuzilmasini ustuvor rivojlantirish-
ni amalga oshirish. Bunda telekommunikatsiya tizimilari barpo qilish va yaxshilash masalasi ustuvor
bo‘lishini ta’minlash.
2. Mamlakatdagi migratsiya jarayonlarini qishloq foydasiga o‘zgartirish uchun qishloq joylarda kichik bi-
znes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish. Buning uchun qishloq joylarda tashkil
etiladigan kichik bi-
znes va xususiy tadbirkorlik sohalari uchun shahardan ustun darajadagi imtiyozlar yaratish (soliq imti-
yozlari (yuridik va jismoniy shaxslar uchun), elektr va gaz bo‘yicha past tarif stavkalarini qo‘llash, ijara
haqi to‘lovlarida imtiyozlar, ular faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish (elektr
va tabiiy gaz ta’minoti, telefon aloqasi va internet, talabga javob beradigan avtomobil yo‘llari, bank va
sug‘urta xizmatlari, past foizdagi kreditlar taqdim etish, davlat xaridlari tizimidan foydalanish imkoniya-
tini kengaytirish).
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi dunyo mamlakatlarining aksariyat qismida yetakchi mavqega
ega va mazkur mamlakatlarda ushbu sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratiladi. Buning sababi quyidagi-
larda ko‘rinadi:
Dostları ilə paylaş: