Adabiyotlar ro‘yhati:
1. O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ–683-sonli Qonuni tahririda – Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi.(https://lex.uz/acts/111453)
2. М. Ш. Махтаев. Основы теории криминалистического предупреждения преступлений: Монография. М.: Раритет,
2001. С. 29.
3. И. Ф. Крылов, А. И. Бастрыкин. Розыск, дознание, следствие.Л.,1984. С..175.
4. Р. С. Белкин. Курс криминалистики. В 3-х т. Т.1: Общая теория криминалистики. М.: Юристь, 1997.
5. Криминалистика: Учебник/ Под ред. Е.П. Ищенко. М.: Юристь, 2000.С.17–18.
6. Криминалистика: Учебник/ Под ред. В.А.Образцова. М.: Юристь,1997. С.5.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
262
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
TIJORAT BANKLARIDA
MUAMMOLI AKTIVLARNI
BOSHQARISHNING DOLZARB
MASALALARI
Do‘sanov Doniyor
ChEKI “Hamkorbank” ATB Samarqand mintaqaviy bank xizmatlari
ofisi Korporativ xizmatlar bo‘limi boshlig‘i, magistr
Annotatsiya:
Tijorat banklarida muammoli aktivlarni kamaytirish choralarini ko‘rish bugungi kunda bank tizimidagi dolzarb
mavzulardan biridir. Maqolaning amaliy ahamiyatini oshirish uchun, mamlakatimiz banklaridagi xususan “Hamkorbank”
ATB faoliyatida muammoli aktivlar holati va ular bilan ishlash qay darajada amalga oshirilayotganligini statistik ma’lumo-
tlar asosida ekonometrik tahlil usullari yordamida o‘rgandik. O‘rganilgan va tahlil qilingan ma’lumotlar asosida muammoli
aktivlarni kamaytirishni choralari bo‘yicha ilmiy va amaliy asoslangan xulosa, taklif va tavsiyalar shakllantirildi.
Kalit so‘zlar:
Bank aktivlari, muammoli aktivlar, muammoli kreditlar, kredit portfeli, investitsiya portfeli, kredit riski.
АКТУАЛЬНЫЕ ПРОБЛЕМЫ УПРАВЛЕНИЯ ПРОБЛЕМНЫМИ АКТИВАМИ В КОММЕРЧЕСКИХ БАНКАХ
Аннотация:
На сегодняшний день принятие мер по снижению проблемных активов в коммерческих банках явля-
ется одной из актуальных проблем в банковской системе. С целью повышения практической значимости данной
статьи мы изучили ситуацию с проблемными активами в банках нашей страны, особенно в деятельности АКР
“Хамкорбанк”, а также установили, и в какой степени с ними проводится работа с использованием методов эко-
нометрического анализа на основе статистических данных. На основе изученных и проанализированных данных
сформулированы научно-практические выводы, предложения и рекомендации, направленные на меры снижения
проблемных активов.
Ключевые слова:
банковские активы, проблемные активы, проблемные кредиты, кредитный портфель, инвести-
ционный портфель, кредитный риск.
TOPICAL ISSUES OF TROUBLE ASSETS MANAGEMENT IN COMMERCIAL BANKS
Abstract:
Currently adoption of measures to reduce trouble assets in commercial banks is one of the topical issues in the
banking system. In order to enhance the practical significance of this article, we have studied the situation with trouble
assets in the banks of our country, especially in the activities of “Hamkorbank” JSCB, and also have determined the
extent to which they are dealt with using methods of econometric analysis based on statistical data. In reliance upon the
researched and analyzed data, scientific and practical conclusions, proposals and recommendations aimed at measures
to reduce trouble assets, have been formulated.
Key words:
banking assets, trouble assets, non-performing loans, loan portfolio, investment portfolio, credit risk.
K I R I S H
Tijorat banklari barqarorligini ta’minlash uchun birinchi navbatda ularni resurs ba’zasini mustahkamlash,
likvidlilikni ta’minlash hamda daromadlilikni oshirish borish lozim bo‘ladi. Buning uchun tijorat banklari tomoni-
dan aktivlar va passivlarni to‘g‘ri boshqarilishi talab etiladi. Aktivlarni to‘g‘ri boshqara olmagan banklarda mua-
mmoli aktivlar vujudga keladi. Aynan muammoli aktivlar bank likvidligi, daromadligi hamda ularni resurs ba-
zalarga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatadi. Shu bois ularning kamaytirish, bugungi kunda tijorat banklari oldida turgan
muhum masalalardan biridir. Natijada banklarda yangi bank xizmatlarini tashkil etish va/yoki mavjudlarini sifa-
tini oshirish choralari ko‘rilmaydi.
A D A B I Y O T L A R S H A R H I
Muammoli aktivlar, aktivlar bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish jarayonida vujudga keldi. Shu sababli eng
avvvalo aktivlar va ular bilan bog‘liq operatsiyalarga to‘xtalsak.
263
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
“Tijorat banklarida aktivlar sifatini tasniflash va aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun
zaxiralar shakllantirish hamda ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomda aktivlarga quyidagicha ta’rif
keltirilgan (Nizom, 2015):
Aktivlar – kredit, overdraft, lizing, faktoring, qimmatli qog‘ozlar, investitsiyalar, boshqa banklardagi mab-
lag‘lar, bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida sotilgan mulklar, balansdan tashqari moddalar (chaqirib olinmaydigan kredit
majburiyatlari, foydalanilmagan kredit liniyalari, akkreditivlar, kafolatlar) hamda moliyalash bilan bog‘liq barcha
boshqa talablardan iborat bo‘ladi.
Iqtisodchi olim, professor Berdiyarov (2017) tijorat banklari aktivlari va aktiv operatsiyalar xususida to‘xtal-
ib, ularni mohiyatini quyidagicha yoritib bergan:
Tijorat banklari aktivlari – bu bankka tegishli hamda moddiy qiymatga ega bo‘lgan qiymatliklar: naqd mab-
lag‘lar, qarzga berilgan mablag‘lar, binolar va asbob-uskunalardan tashkil topadi. Bulardan tashqari, bankda
nomoddiy aktivlar ham mavjud bo‘lib, bular o‘zlarining moddiy shakliga ega bo‘lmaydilar, ammo bankning aso-
siy faoliyatida faol ishtirok etadi.
Har qanday bank ham o‘zining aktivlari tarkibini samarali shakllantirishda ma’lum bir muammolarga uchra-
ydilar. Bank aktivlarining sifati avvalo, aktivlarning maqsadga muvofiq tuzilishiga, likvidliligiga, aktiv amaliy-
otlarning diversifikatsiyasiga, aktivlarning risklilik darajasiga, muammoli aktivlarning salmog‘iga va aktivlarning
o‘zgaruvchanlik sifatlariga bog‘liq.
Lavrushin O. I va boshqalar (2008) tomonidan nashr qilingan kitoblarda bank aktivlari – to‘liq mulklar va
huquqlar qaysiki, o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘lar hisobidan vujudga kelgan, ulardan aktiv amliyot-
larda kredit muassasalari foydalanadi deb takidlagan. Aktiv amaliyotlardan banklar foyda oladi. Bu amaliyotlar
hisobi banklarning aktiv hisob raqamlarida yuritiladi. Rossiya qonunchiligiga ko‘ra quyidagilar bankning aktiv
amaliyotlariga kiradi:
●
kredit, kassa, valyuta, qimmatbaho metallar va toshlar bilan bog‘liq amaliyotlar;
●
bank kafolati va kafilliklari berish;
●
uchinchi shaxsdan pul ko‘rinishdagi talab qilish huquqini sotib olish;
●
pul mablag‘lari va boshqa mulklarni ishonchli boshqarish, lizing, faktoring, forfeting amaliyotlari va bank
qimmatbaho qog‘ozlari bilan bog‘liq amaliyotlar.
●
boshqa amaliyotlar.
Iqtisodiyotda banklarning muammoli aktivlarini samarali boshqarish haqida dastlab o‘tgan asrning 60-yil-
larida AQShda birinchilardan bo‘lib tadqiqotlar olib borilgan. O‘sha vaqtlarda asosan bank kreditlari foiz stavka-
larining o‘zgarish riskini boshqarishga asosiy e’tibor qaratilgan
1
. Keyinchalik “tijorat banklarida muammoli ak-
tivlarni boshqarishning ayrim instrumentlaridan foydalanilgan. Biroq, bozor intensivligining oshib borishi bilan
yuqori daromad va risk darajasini maromida saqlash banklarda balansning har ikkala tomonini birgalikda bosh-
qarish zaruriyatini yuzaga keltirdi
2
”.
Muammoli aktivlarini boshqarish bank tomonidan jalb qilingan resurslar va qarz mablag‘larini turli (iqtisodiy
yoki siyosiy) o‘zgaruvchan muhitda himoya qilish instrumenti hisoblanadi. Muammoli aktivlarni boshqarish-
ning asosiy mohiyati shundan iboratki, boshqaruvning alohida usullarini muvozanatli bir jarayonga birlashtiradi.
Shundan kelib chiqqan holda, muammoli aktivlarni boshqarishning asosiy vazifasi – bank balansidagi mua-
mmoli aktivlardan tozalash va ularni bartaraf etishdir
3
.
Taniqli iqtisodchi-olim Piter S. Rouz muammoli aktivlarni boshqarish mohiyatini yanada kengroq ochib ber-
gan, ya’ni “muammoli aktivlarni boshqarishning mohiyati bank balansi tarkibini bank strategik programmalari
bilan mos kelishini ta’minlovchi strategiyani shakllantirish va chora-tadbirlarni amalga oshirishda ko‘rinadi”
4
.
Mazkur ta’riflardan shunday xulosa qilish mumkinki, ya’ni bankda muammoli aktivlarini boshqarish – bu
bankning iqtisodiy boshqaruvga oid maqsad va strategiyaga erishishni ta’minlash bo‘yicha bankning aktivlari
tarkibini to‘g‘ri shakllantirish va boshqarish jarayonidir.
Bankda muammoli aktivlarini boshqarishga olimlar tomonidan o‘zgacha yondashuvlar bor. Jumladan
O. I. Lavrushin “Muammoli aktivlarni boshqarishning maqsadi bank bosh strategiyasi natijalarini balans tarkibi
va rentabelligiga ko‘ra tahlil qilish orqali nomutanosiblikni bartaraf etish yoki to‘g‘rilash hamda bank faoliyatini
risklardan himoyalashdir”
5
– deya ta’rif beradi.
Fikrimizcha, muammoli aktivlarni boshqarish masalasida, avval bankni boshqarish strategiyasi nuqtayi
nazaridan qarash maqsadga muvofiqdir. “Ma’lumki, strategiya asosida maqsadlar tizimi yotadi, ya’ni bank
1
The effect of bank management on liquidity // Academy of Banking Studies Journal. Vol. 1, Issue 4, May 2022. Scopus, ISSN:
1939–2230.
2
O‘sha manba.
3
Western and Eastern practices in banking // American Economic Journal: Applied Economics. Vol. 8, Issue 3, 2020. Scopus, (ISSN:
1945–7782).
4
Питер С.Роуз. Банковский менеджмент.
5
Лаврушин О.И. Управление деятельностью коммерческого банка. – М.: КНОРУС, 2021. 580 с.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
264
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
strategiyasining turli vaqt oralig‘ida turlicha maqsadlar ko‘zlanadi”. Shunga ko‘ra, vaqt gorizontiga ko‘ra mua-
mmoli aktivlarni boshqarishning qisqa muddatli va uzoq muddatli aspektlarini farqlash mumkin. Qisqa muddatli
(1 yilgacha) aspektda muammoli aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi “me’yoriy risk darajasida sof foiz
daromadini maksimallashtirish yoki aksincha, me’yoriy sof foiz daromadi darajasida riskni minimallashtirishdan
iborat. Uzoq muddatli aspektda muammoli aktivlarni boshqarishning asosiy maqsadi bank kapitalining bozor
qiymatini maksimallashtirishdan iborat. Bank kapitali bozor qiymatini oshirib borish bankning rivojlanishi va
nazorat organlarining oshib boruvchi talablarini bajarish imkoniyatini yaratadi6”.
“Muammoli aktivlarni samarali boshqarish siyosati quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim”:
●
foizlar ko‘rinishidagi muammoli aktivlarni kamaytirish;
●
foizlar bilan bog‘liq bo‘lmagan daromadlarni olish;
●
foiz to‘lash bilan bog‘liq bo‘lmagan xarajatlarni nazorat qilish;
●
bank kreditlari sifatini ta’minlash;
●
likvidlik bo‘yicha talablarni ta’minlash;
●
kapital yetarliligini ta’minlash;
●
bank balansi tarkibini boshqarish;
●
tashqi muhit ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda balans tarkibini operativ o‘zgartirish;
●
moliyaviy strategiyada belgilangan risk chegarasida foydani maksimallashtirish
7
.
Muammoli aktivlarni samarali boshqarishning maqsadli natijalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
●
barcha pul oqimi talablarini qoplash uchun yetarli bo‘lgan likvidlilik darajasini ta’minlash, mumkin bo‘lgan-
da ortiqcha likvidlilikni foydali joylashtirish;
●
foiz stavkasi o‘zgarishiga ta’sirchan aktivlar o‘rtasidagi farqni boshqarish va risklarning me’yoriy cheg-
arasida daromadlarni maksimallashtirish;
●
har qanday operativ riskni qoplash uchun yetarli bo‘lgan kapital hajmini ta’minlash;
●
bank aktivlarini samarali boshqarish va bank daromadini maksimallashtirish maqsadida mahsulot va
xizmatlarni baholashni optimallashtirish
8
.
Muammoli aktivlarni samarali boshqarish bazaviy (reaktiv) yoki murakkab (proaktiv) bo‘lishi mumkin. Mua-
mmoli aktivlarni boshqarishni mamlakat regulyatori tomonidan “kapital yetarliligi, likvidlilik, aktivlarning foiz
stavkalari va valyuta kurslari o‘zgarishiga ta’sirchanligi bo‘yicha ichki omillar sifatida qabul qilinadi”. Mazkur
holatda, “aktivlarni boshqarish asosiy vazifasi joriy balans tarkibida mavjud risklarni miqdor jihatdan aniqlash va
tahlil qilishga hamda riskni me’yoriy darajada saqlashga qaratiladi”. Bunday holatda esa “foiz va valyuta riskini
boshqarish maqsadida moliyaviy bozorlardagi faoliyatni cheklashga hamda nafaqat risklarni kamaytirish, balki
ularni aktiv samarali va sifatli boshqarishga qaratiladi”.
Odatda tijorat banklari aktivlari sifati bank muammoli aktivlarining muvofiq tarkibiy tuzilishi, aktiv operat-
siyalarning diversifikatsiyalanishuvi, riskli aktivlar miqdori, aktivlar daromadliligi va foydaliligi, likvidlilik ko‘rsat-
kichlari va aktivlarni baholash metodlarini qo‘llash orqali aniqlanadi.
Iqtisodchi olim V. Usoskin tijorat banklari aktivlarining asosiy turlari bo‘lgan kreditlar va kassali aktivlarning
sifatini oshirish masalasiga alohida e’tibor bergan. Olim “kredit portfelining sifatini oshirish maqsadida mijoz-
larning kredit to‘loviga layoqatliligini baholash tizimini takomilashtirishni, kredit portfelini shakllantirishda diver-
sifikatsiya prinsipiga qattiq rioya etishni taklif qiladi”
9
.
“N. Sokolinskaya muammoli aktivlarni kamaytirishda asosiy e’tibor ularning daromadliligi va likvidliligiga
qaratilishi lozim deb hisoblaydi”
10
.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Ushbu maqolada avval o‘rganilgan tadqiqotlarni o‘rganib, tahlil qilgan holda tijorat banklarida muammoli
aktivlarni kamaytirishga oid yig‘ilgan ma’lumotlarni tanlagan tadqiqot usullarimiz va tahliliy uslublarimizdan foy-
dalanib chuqur tahlilini amalga oshirdik. Tahlil qilib, olingan natija va yechimlarimizdan kelib chiqib xulosalarni
shakllantirdik. Bu xulosalarimiz asosida tijorat banklarida muammoli aktivlarni kamaytirish bo‘yicha nazariy va
amaliy taklif, hamda tavsiyalar ishlab chiqdik.
6
The impact of asset quality on bank risk management // Asian Academy of Management Journal of Accounting and Finance. Vol. 6,
Issue 6, 2021. Scopus, ISSN: 1823–4992.
7
Analysis of bank liquidity and asset quality // Annals of Economics and Finance. Vol. 8, Issue 4, 2018. Scopus, ISSN: 1529–7373.
8
Лаврушин О.И. Управление деятельностью коммерческого банка. – М.: КНОРУС, 2021. 580 с.
9
Усоскин В.М. Современный коммерческий банк. – Москва: Вазар-Ферро, 2018. – С. 218–276.
10 Н.Соколинская, Лаврушина О.И. Банковское дело. – Москва: ФиС, 2020. – С. 101–102.
265
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Jahon amaliyotida muammoli kreditlarni jami kreditlardagi ulushi 1–3% gacha normal holat sifatida e’tirof
etiladi. Shundan kelib chiqib O‘zbekiston bank tizimida muammoli kreditlar salmog‘i normal holatda deya e’tirof
etishimiz mumkinmi? Quyida keltiradigan tahlilimizda shu holatlarga batafsil to‘xtalamiz.
Bugungi kunda tijorat banklariing asosiy vazifasi, kredit berish o‘rniga kreditlarning o‘z muddatida qaytarili-
shini ta’minlashdan iborat bo‘lib qolmoqda. Chunki, muammoli kreditlar tijorat bankining foyda olib keladigan
aktivlarini kamaytiradi, bu esa o‘z navbatida, bankning istiqbol rejasi ko‘rsatkichlariga erisha olmasligidan da-
lolat beradi.
Bank aktivlarining sifatini aniqlashga ularning kredit portfelini o‘rnatilgan me’yorlar asosida tavsiflab chiqish
orqali erishilishi mumkin. Amaldagi me’yoriy hujjatlarga asoslanib banklar tomonidan berilgan kreditlar bo‘yicha
qarzlarning sifati, mijozning kreditga layoqatlilik ko‘rsatkichlari, uning moliyaviy holati, kredit riskining daraja-
si, kelajakda kreditni qaytib berish imkoniyati, kreditning ta’minlanganlik darajasi, kreditni to‘lash muddatidan
necha kun o‘tganligi kabilarni inobatga olgan holda guruhlarga tasniflanadi.
1-jadval:
Tijorat banklarining muammoli kreditlari (NPL) to‘g‘risida ma’lumot, mlrd.so‘m
11
Dostları ilə paylaş: |