79
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
QISHLOQ XO‘JALIGI NISBIY
SAMARADORLIGINI
BAHOLASH
Berkinov Bozorboy
TDIU, iqtisodiyot fanlari doktoi, professor
Qulmatova Sayyora Safarovna
TDIU, PhD
Ruxsatova Rushana O‘ktamovna
Termiz davlat universiteti
erkin tadqiqotchisi
Annotatsiya:
Maqolada respublika qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi rivojlanishi va samaradorligi tahlil qilingan va qishloq
xo‘jalik nisbiy samaradorligi Rikardian modeli asosida misollarda ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar:
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, qishloq xo‘jalik samaradorligi, nisbiy samaradorlik, Rikardo modeli.
Аннотация:
В статье анализируется развитие и эффективность сельскохозяйственного производства республики и
рассматриваются примеры относительной эффективности сельского хозяйства на основе рикардианской модели.
Ключевые слова:
сельскохозяйственное производство, эффективность сельского хозяйства, относительная эф-
фективность, модель Рикардо.
Abstract:
The article analyzes the development and efficiency of the republic's agricultural production and examines ex-
amples of the relative efficiency of agriculture based on the Ricardian model.
Key words:
Agricultural production, agricultural efficiency,
relative efficiency, Ricardo's model.
K I R I S H
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning yetakchi va hayotiy tarmoqlaridan biridir, yalpi ichki mahsulot-
dagi ulushi taxminan 28,5 foizini tashkil qiladi. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoatida mamlakatimiz iqtisodi-
yotida band bo‘lganlarning umumiy sonining 32 foizi(qariyb 4,2 million kishi)ni tashkil qiladi. Respublikamizning
paxta tozalash, to‘qimachilik, yengil, oziq-ovqat, kimyo sanoati kabi ko‘plab tarmoqlarining rivojlanish istiqbol-
lari, iqtisodiy va moliyaviy ahvoli va bu butun sanoat salohiyatining yarmiga yaqini bevosita qishloq xo‘jaligiga
bog‘liq
[2]
. Shu sababli, qishloq xo‘jaligining asosiy vazifasi aholini oziq-ovqat, sanoatni esa xom ashyo bilan
ta’minlashdan iborat. Qishloq xo‘jaligi xom ashyosidan ishlab chiqarilgan oziq-ovqat va sanoat tovarlari iste’mol
tovarlarining ¾ qismidan ko‘prog‘ini
tashkil qiladi, shunindek, mehnatni ixtisoslashtirish, ilmiy asosda tashkil
etish, moddiy va ma’naviy manfaatdorlikni oshirish, chet el texnologiyalari va tajribalarini amaliyotda qo‘llash,
agrosohani industrial sanoat sohasiga aylantirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va haq to‘lashni takomillasht-
irish orqali mehnat unumdorligini oshirish mumkin
[3]
. Tadqiqotchilar ijtimoiy-iqtisodiy o‘sishga ham
sohaning
rivojlanishi ta’siri muhimligini ta’kidlaydilar, masalan, FAO tadqiqotchilari qishloq xo‘jaligidagi iqtisodiy o‘sish-
ning bir foizi umumiy qashshoqlik darajasining 1,5 foizga qisqarishiga teng ekanligini ko‘rsatishdi
[4]
.
Hozirda sohani barqaror rivojlantirish va modernizatsiya qilish mamlakatimizda ham aholi farovonligini
oshirishga qaratilgan asosiy ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 23.10.2019-yildagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning 2020 – 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF–5853-son Far-
monida qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, yer va suv munosabatlarini takomillashtirish,
qulay agrobiznes muhitini va yuqori qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish, kooperatsiya munosabatlarini rivojlan-
tirishni qo‘llab-quvvatlash, sohaga bozor mexanizmlarini, axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy
etish, shuningdek, ilm-fan yutuqlaridan samarali foydalanish hamda kadrlar salohiyatini oshirish masalalari
ko‘rsatib o‘tildi
[1]
.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
80
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligini turli usullari bilan talqin qilinadi. Tadqiqotchilar to-
monidan qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi iqtisodiy samaradorligining mohiyati va tabiati, xo‘jalikning xususiyat-
lari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha ishlar ko‘rib chiqilgan. Zamonaviy iqtisodiy nazariyaning
asoschilaridan biri A. Smit sanoat ishlab chiqarish samaradorligini mehnat taqsimoti zarurati bilan bog‘lagan
[5]
.
V. A. Dobrinin, O. S. Libkind, K. L. Obolenskiy va boshqa olimlar qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishining samara-
dorligini har bir gektar yerdan yetishtirilgan mahsulot birligiga moddiylashtirilgan mehnat sarflagan holda mak-
simal mahsulot miqdorini olish bilan bog‘liq ijtimoiy munosabatlarni aks ettiruvchi siyosiy iqtisodiy kategoriya
sifatida qaraganlar [6–8].
Y. Novikov fikricha, qishloq xo‘jaligi korxonalari samaradorligini aholi jon boshiga har bir gektar yerdan
kerakli assortimentdagi oziq-ovqat va xom ashyo ishlab chiqarishni muntazam ravishda oshirish bilan ko‘rsatish
mumkin
[9]
. Qishloq xo‘jaligi mehnat unumdorligi va yerning unumdorligini va normal atrof-muhit sharoitlarini
saqlash uchun barcha resurslardan oqilona foydalanish bilan mahsulot birligiga xarajatlarni kamaytirish asosiy
o‘rinda turadi. T. Saxlanova qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining samaradorligi uning ishlab chiqarish omillari
bo‘lgan barcha resurslaridan foydalanish samaradorligiga bog‘liqligini ko‘rsatdi
[10]
. G. Ivanov qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishining samaradorligi agrosanoatda qishloq xo‘jaligi korxonalarining yangi muhitini shakllantirish
bilan kuchaytirishdir deb ta’kidladi
[11]
. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishi iqtisodiy bahoga ega yer, kapital,
mehnat va tadbirkorlik qobiliyati resurslaridan foydalanish samaradorligiga bog‘liq. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari
bozorida qishloq xo‘jaligi yer asosiy ishlab chiqarish vositasi sifatida, tuproq, iqlim va ob-havo sharoitlariga
bog‘liqligi (qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining mavsumiyligi), qishloq xo‘jaligida ish davri va ishlab chiqarish
davri o‘rtasida tafovut mavjudligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari keyingi ishlab chiqarish jarayonida qo‘llanilanishi,
qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga bo‘lgan talabning narxlarning
egiluvchanligi, mahsulot ishlab chiqaruvchilarning
ko‘p bo‘lishi kabi xususiyatlari yuqori raqobat uchun sharoit yaratadi. Qishloq xo‘jaligi xalq xo‘jaligining bosh-
qa tarmoqlariga nisbatan qayd etilgan xususiyatlari tarmoqning moddiy-texnika bazasini shakllantirish, ishlab
chiqarishni tashkil etish va boshqarish, ulardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda har tomon-
lama tahlil qilish va hisobga olishni talab qiladi.
M E T O D L A R VA U S L U B L A R
Texnologik samaradorlik deganda ishlab chiqarishni kengaytirish jarayonida resurslardan foydalanish da-
rajasi tushuniladi.
Iqtisodiy samaradorlik ma’lum ishlab chiqarish effekti mavjudligida ifodalangan ishlab chiqarish munosa-
batlarini amalga oshirish darajasini bildiradi.
Ijtimoiy samaradorlik aholi turmush darajasini oshirishga qaratilgan ma’lum darajadagi ijtimoiy rivojlanish
va ekologik samaradorlik ishlab chiqarish birligining optimal xarajatlarida olingan oziq-ovqat bilan odamlarning
ijtimoiy ehtiyojlarini maksimal darajada ta’minlash, tuproq unumdorligini va atrof-muhitni qayta ishlab chiqarish
uchun sharoitlarni to‘liq saqlashni bildiradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligi energiya resurslari-
dan oqilona foydalanish shakli sifatida, energiya narxlarining doimiy o‘sishi bilan asoslanadi
[12]
. Qishloq xo‘jaligi-
da samaradorlikni oshirish yo‘llarini belgilash ishlab chiqarish hajmining o‘sishini belgilovchi intensivlashtirish-
ning asosiy yo‘nalishlarini aniqlashga qaratilgan
[13]
. Umuman olganda, qishloq xo‘jalik ishlab
chiqarishining
samaradorlik darajasi turli xil omillarga tabiiy-iqlim sharoitlari, xodimlarning malaka darajasi, ishlab chiqarilgan
mahsulotlarga bo‘lgan talab va sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga bog‘liq. Shuningdek, qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishida mahsulotlarini bozorda sotish samaradorligi holatida ham ko‘rib chiqiladi.
D. Rikardo samaradorlikni iqtisodiy kategoriya sifatida o‘rganishni taklif qilib, samaradorlikni natijalarning
ma’lum xarajatlarga nisbati sifatida ko‘rib chiqdi. Uning nazariyasiga ko‘ra, biron bir mamlakat yoki xo‘jalik yu-
rituvchi subyekt agar biror tovarni yoki xizmatlarni boshqa mamlakatlarga qaraganda nisbatan past imkoniyat
narxida ishlab chiqarishi hamda yetkazib berishi mumkin bo‘lsa, ushbu tovarlarni ishlab chiqarishda nisbiy
ustunlikka ega deb aytiladi. Bunda ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilishning bir nechta variantlari orasida
tanlov qilishda tahlil qilish uchun hal qiluvchi omil sifatida imkoniyat narxi olinadi. Bu mamlakatlar samarador-
ligini nisbiy kattalik bo‘yicha baholash uchun ishlatiladi, chunki resurslar cheklangan va shuning uchun ular
o‘zlari nisbiy ustunlikka ega bo‘lgan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishga kirishishlari kerak
[14]
. Bu nazari-
yani qishloq xo‘alik ishlab
chiqarishiga tadbiq qilib, qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishi nisbiy samaradorligini tahlil
qilib ko‘raylik. Qishloq xo‘jaligi nisbiy samaradorligi- bu alohida xo‘jalik yurituvchi subyektning bitta mahsulot
birligi uchun boshqa mahsulotlarning maksimal birliklarini ishlab chiqarish qobiliyatidir. Qishloq xo‘jaligi ish-
lab chiqarishining imkoniyat tannarxini minimallashtirish o‘sha hududga muhim afzallik beradi. Shuningdek,
qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida yer qiymatlariga asoslangan Rikardian yondashuvi olinadi. Masalan, iqlim
zonalari bo‘yicha ekin-maydonlarining gektariga yer qiymatining variantini ko‘rsatish uchun Rikardian modeli
81
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
ishlab chiqilgan [15–17]. Shunga ko‘ra, Rikardian yondashuvi ekologik omillar ta’sirida sof daromad yoki yer
qiymatining pasayishi kabi iqtisodiy yo‘qotishlarni o‘lchash yo‘li bilan moslashishni hisobga oladi.
Mamlakat ishlab chiqarishida nisbiy samradorlikni aniqlash ko‘rsatkichi (RCA- Revealed comparative
advantage)dan foydalaniladi. Agar mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulot eksportining
barcha mahsulotlar
umumiy eksportiga nisbati butun dunyo bo‘›yicha bir xil nisbatdan oshsa, bu mahsulot bo‘yicha aniqlangan
nisbiy ustunlikka ega deb aytiladi. RCA Rikardo nazariyasiga ko‘ra, o‘ziga xos qarorlari mahsuldorlikdagi nisbiy
farqlari bilan boshqariladi. Bunday mahsuldorlik farqlarini kamaytirish qiyin bo‘lsa-da, RCA ko‘rinishdagi farqlar-
ni “oshkor qilish” uchun savdo ma’lumotlari yordamida aniq hisoblanishi mumkin
[18]
.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishidaga nisbiy samradorlikni aniqlash ko‘rsatkichi RCAni tatbiq qilsak, u quyi-
dagicha hisoblanadi:
Bu yerda:
P – barcha yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari (i P),
Dostları ilə paylaş: