Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

Bauyetdinov Majit Janizaqovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Moliya kafedrasi dotsenti
Djumaniyazov Ubbiniyaz Ismayl uli
Qoraqalpogʻiston qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti 
tayanch doktoranti
Annotatsiya:
Maqolada qishloq xoʻjaligida ishlab chiqarishni investitsiyalar yordamida oshirish zarur ekanligi ta’kidlanib, 
hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar tahlil qilinadi.
Kalit so‘zlar:
investitsiya, qishloq xoʻjaligi, aholi farovonligi, ish oʻrinlari, infratuzilma, fermer xoʻjaliklari.
Аннотация:
В статье подчеркивается необходимость увеличения производства в сельском хозяйстве с помощью 
инвестиций, а также анализируются реформы, которые в настоящее время проводятся в нашей стране.
Ключевые слова:
инвестиции, сельское хозяйство, благосостояние, рабочие места, инфраструктура, фермерские 
хозяйства.
Abstract:
In the article, it is emphasized that it is necessary to increase production in agriculture with the help of invest-
mens, and the reforms carried out in our country are analyzed.
Key words:
investment, agriculture, welfare, jobs, infrastructure, farms
K I R I S H
Soʻngi yillarda oʻtkazilayotgan oliy darajali forum va uchrashuvlarda xorijiy davlatlar bilan bir qator bitim va 
kelishuvlarga erilishib qishloq xoʻjaligida investitsiyalarning salmogʻi ortmoqda. Investitsiyalar oqimini yanada 
koʻpaytirish hamda ushbu sohada tadqiqotini olib borayotgan tadqiqotchilarni xorijiy stajirovkalarga yuborish va 
ilgʻor davlatlarning tajribasini oʻrganish. 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻ-
jaligini rivojlantirishning 2020–2030-yillarga moʻljallangan strategiysini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi PF–5853-sonli 
Farmoni 1-ilova 2-bob 3-bandi soha boshqaruvida Davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni 
oshirish toʻgʻrisida qayd etilgan 
[1]
.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
76
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
2023-yil 11-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev raisligida investitsiyalar jalb 
qilishni yanada kengaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi. 
Davlatimiz rahbari yigʻilish kun tartibidagi asosiy masalaga oʻtar ekan, yer yuzining turli mintaqalarida davom 
etayotgan nizo va toʻqnashuvlar, shafqatsiz raqobat davrida savdo va investitsiya oqimlari, Tovar va xizmatlar 
aylanishida transport-logistika tizimi tobora murakkablashib borayotganini qayd etdi. Shunday ogʻir va tahlikali 
vaziyatda, odamlarimizga munosib sharoit yaratishi uchun yuz minglab yuqori daromadli ish oʻrinlarini tashkil 
etish, dunyo bozorida raqobat qila oladigan mahsulotlar ishlab chiqarishni koʻpaytirish zarur.
Buning uchun esa yangi-yangi texnologiyalar, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari, malakali mutaxassis-
lar kerak. “Bular nimaning hisobidan boʻladi? Albatta, faqat va faqat investitsiyalar hisobidan”, – deb ta’kidladi 
Prezident.
“Ma’muriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tash-
kil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF–111-son, 21.07.2023 y.) qabul qilindi. Farmonga 
muvofiq yangi investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislari tashkil etiladigan 
vazirlik va idoralar roʻyxati shakllantirildi 
[2]
.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
M. Xalmurzayev va M. Xomirzayeva maqolasida keltirilishicha qishloq xoʻjaligiga investitsiyalarni jalb etish-
da eng avvalo yangi yerlarni oʻzlashtirish, hosildorlikni oshirish hisobiga oʻsimlikchilik tarmogʻini rivojlantirishga, 
chorvachilikda esa chorva mollarining zotini yaxshilash, chorvaning ozuqa bazasini mustahkamlash, shuning-
dek, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilikni rivojlantirishga qaratilmoqda 
[3]
.
O. Qahhorov, A. Naimov va O. Sayfulloyev ma’lumotlarida qayd etilishicha investitsiyalarni jalb qilinishi 
mamlakat uchun davlat miqyosida, hududlar miqyosida, korxona miqyosida qator afzalliklarga olib kelishi mum-
kin ularning asosiylari quyidagicha keltirilgan:
1. Import oʻrnini bosish va valyutani tejash
2. Mamlakat toʻlov balansining yaxshilanishi
3. Iqtisodiy oʻsish sur’atlarining oshishi
4. Ishlab chiqarish quvvatlarining oshirilishi
5. Aholi turmush farovonligi oshishi
6. Ilgʻor xorij tajribasi va texnologiyasining kelishi
7. Soliq tushumlarning oshishi
8. Eksportni kengaytirish va valyuta tushumlarini oshirish
9. Mehnat bandligi, ish unumdorligi va malakaning oshishi 
[4]
R. Mustafayeva fikriga koʻra Davlat investitsiyalari fermerlarning rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar 
va qulay muhit yaratishda muhim rol o‘ynaydi. Davlat investitsiyalariga ehtiyoj borligining bir qancha sabablari 
bor. Birinchidan, xususiy sarmoyadorlar erishib bo‘lmaydigan investitsiya ko‘lami, ikkinchidan, xususiy inves-
torlar uchun noqulay bo‘lgan davrda foydaning amalga oshishi ularni qo‘rqitayotgani, uchinchidan, xususiy 
investorlarning davlat infratuzilmasiga (qishloq yo‘llari, irrigatsiya tizimlari va boshqalar) sarmoya kiritishdan 
manfaatdor emasligi.
Qishloq xo‘jaligi iqtisodiy rivojlanishga ko‘maklashish, qambagʻallikni qisqartirish va oziq-ovqat xavfsizligini 
ta’minlash bo‘yicha o‘zining muhim vazifasini bajarish uchun xususiy investitsiyalar muhim ahamiyatga ega. 
Shuningdek, xususiy investorlarni qishloq infratuzilmasi, jumladan, irrigatsiya tizimi, transport va saqlash tizim-
lari, shuningdek, energetika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ishonchli foydalanish imkoniyatlari 
ham jalb etayotganini alohida ta’kidlash lozim. Investitsiyalarni jalb qilish siyosati nafaqat xususiy sektorni ko‘pay-
tirishga qaratilgan bo‘lishi kerak balki barqarorlik va mas’uliyat. Fermerlar, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakat-
lardagi kichik fermerlar ko‘pincha qishloq xo‘jaligiga xususiy investitsiyalarning asosiy manbai hisoblanadi 
[5]
.
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tadqiqot metodologiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va boshqa normativ-huquqiy 
hujjatlarni, mahalliy va xorijiy mualliflarning ushbu sohada olib borgan tadqiqotlari, shuningdek ushbu masalalar 
boʻyicha ilmiy-amaliy anjumanlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek maqolada ma’lumotlarni tahlil qilish va axborot 
sintezi usullaridan foydalanilgan.


77
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
1-jadval:
Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va qishloq xoʻjaligi tarmogʻiga kiritilayotgan investitsiyalar 
toʻgʻrisida ma’lumot

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin