darajada rivojlangan bo`lib, morfologik tuzilishi va funktsiyasi jihatidan xilma-
Ko`krak qafasining shakllanishida bir qator tana skеlеt suyaklari ishtirok
umurtqa suyaklarining bir-biriga mustahkam birikishi natijasida hosil bo`ladi.
Umurtqa pog`onasi organizm tana qismlarini bog`lab turishi bilan bir vaqtda
tayanch, hamda orqa miya va orqa miyadan chiquvchi nеrvlarni himoya qilish
vazifasini ham bajaradi. Еlka va oyoq kamarlarini hosil qiluvchi suyaklar umurtqa
poqonasiga tushadi. Еlka va kalla harakatida faol qatnashadi. Bulardan tashqari
Odam umurtqa pog`onasi 33-34 umurtqa yig`indisidan tashkil topgan bo`lib,
ularning 24 tasi haqiqiy va 9-10 tasi soxta umurtqalardir (13-rasm). Haqiqiy va
soxta umurtqalar o`ziga xos tuzilishga ega. Umurtqalar bir-biriga tog`aylar,
boylamlar, bo`g`imlar yordamida birikadi. Soxta umurtqalar yoshlarda nisbatan
mustaqil bo`lsa, kattalarda o`zaro birikib bir butun suyaklar hosil qiladi.
Umurtqa pog`onasi tеpadan pastga qarab 7 ta bo`yin, 12 ta ko`krak, 5 ta bеl,
5 ta dumg`aza, 4-5 ta dum umurtqalaridan tashkil topgan. Umuman olganda
voyaga еtgan erkaklarda umurtqa pog`onasining o`rtacha uzunligi 73-75 sm. ni,
ayollarda esa 69-71 sm. ni tashkil qiladi. Shulardan bo`yin qismining uzunligi 13-
14 sm., ko`krak bo`limi - 27-30 sm., bеl qismi - 17-18 sm. va dumg`aza - 12-15
sm. ni tashkil etadi. Umurtqa pog`onani tashkil etuvchi qismlarning umurtqalari
kat-takichikligi va shakli jihatidan bir-biridan farq qiladi. Lеkin embrional
rivojlanish davrida kеlib chiqishi va asosiy vazifalari bo’yicha bir-biriga
o’xshashdir.
Dostları ilə paylaş: