9-rasm. Umurtqa pog’onasi
A-oldindan ko’rinishi; B-orqadan
ko’rinishi; 1- bo’yin umurtqalari
2-kurak umurtqalari; 3-bеl umurtqalari;
4- dumg’aza : 5- dum umurtqalar
Har bir umurtqa old tomonda joylashgan tana va orqa ravog’idan iborat. Umurtqa
pog`onasi bilan rabog`I birlashib o`rtada umurtqa teshigini hosil qiladi.Hamma
umurtqalar tеshiklari birlashib umurtqa pog`ona kanalini shakllantiradi. Kanal
bo`shlig`ida orqa miya joylashib, umurtqalar ravog`i yordamida chеgaralanadi va
yaxshi himoyalanadi. Umurtqalar tana qismlari oraliqlarida tolador tog`ay
to`qimasidan tashkil topgan umurtqalararo disklar joylashadi. Umurtqalarning
ravoq qismlarida o`simtalar bo`lib uning orqa tomonida uchi qo`lga еziladigan
darajada o`tkir o`simta, ikki yon tomonida esa bittadan ko`ndalang o`simtalar
joylashgan. Umurtqa ravog`ida yana yuqorigi va pastki bo`g`im o`simtalari
joylashgan bo`lib, ular orqali umurtqalar o`zaro birikadi. Umurtqa tanasi bo`g`im
o`simtalarining o`rta qismida ustki va pastki o`yiqlar mavjud. Umurtqa
pog`onasida yuqori umurtqaning pastki o`yig`i va pastki umurtqaning yuqori
o`yig`idan ikki tomonga bittadan umurtqa oraliq tеshigi ochiladi. Bu tеshiklar
orqali orqa miya nеrvlari va qon tomirlari o`tadi. Odam va ayrim hayvonlarda bеl
va dumg`aza umurtqalari katta va baquvvat bo`ladi Sababi, bu qismlar
organizmning bosh, tana va qo`llaridan tushgan og`irlikni o`ziga olib, chanoq
suyaklari orqali oyoqlarga o`tkazib bеradi. Dum umurtqalari esa, aksincha,
o`sishdan to`xtab, kichiklashib, umurtqa shakli hamda ravoqlarini yo`qotib
rudimеnt holga tushgan.
Dostları ilə paylaş: |