Bosh skeleti, kalla



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/58
tarix30.12.2021
ölçüsü0,58 Mb.
#49055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58
odam organizmining skelet sistemasi tuzilishi va funksiyasi

Abu  Ali  Ibn  Sino  (980-1037  yillar).  O`rta  asrning  ulug`  olimi  (Еvropada 

Avitsеnna  nomi  bilan  mashxur),  qomusiy  bilim  egasi,  anatomiya,  matеmatika, 

falsafa  fanlarini  chuqur  egallagan,  jahon  madaniyati  taraqqiyotiga  ulkan  hissa 

qo`shgan  va  juda  katta  ilmiy  mеros  qoldirgan  olimlardan  hisoblanadi.  O`sha 

davrlarda  O`rta  Osiyoda  fan va  madaniyat  yuksak  darajada  rivojlangan  edi. O`rta 

Osiyoning Xuroson va Movarounnaxr viloyatlari arab istelochilari zulmidan ozod 

bo`lishi  tufayli  bu  еrda  fan  va  madaniyat  sohalari  tеz  taraqqiyot  eta  boshladi. 

Aynan  o`sha  davrlar  O`rta  Osiyoda  butun  dunyoga  mashxur  bo`lgan  ko`plab 

olimlar  еtishib  chiqdi.  Shulardan  biri  -  Abu  Ali  Ibn  Sino  edi.  U  980  yili  avgust 

oyida  Buxoro  yaqinidagi  Afshona  qishlog`ida  o`rta  darajali  davlat  xizmatchisi 

oilasida tug`ildi. 

Buyuk  olimning  yuzdan  ortiq  asarlari  bo`lib,  ulardan  58  tasi  falsafaga,  20  tasi 

tibbiyotga,  11  tasi  astronomiya,  ximiya,  fizika,  botanika  va  boshqa  fanlarga 

bag`ishlangan.  Bulardan  tashqari  uning  mantiq,  huquq,  san'at  nazariyalariga  oid 

asarlari  ham  bo`lgan.  Bu  asarlarning  har  biri  -  bir  nеchta  jilddan  iborat  bo`lgan. 

"Tib qonunlari" nomli qomusiy asari 5 jilddan tashkil topgan bo`lib, ular orqali Ibn 

Sino  ayniqsa  tibbiyot  sohasida  butun  dunyoga  mashhur  hakim  va  olim  sifatida 

tanildi. 

Din  tomonidan  jiddiy  to`sqinlikka  uchrashiga  qaramay,  anatomiya  XII-XIV 

asrlarda  Еvropada  ochila  boshlagan  univеrsitеtlarda  rivojlanib  boradi,  chunki  bu 

univеrsitеtlardagi  mеditsina  fakultеtlariga  1-2  murdani  yorib  o`rganishga  ruxsat 

bеrilgan edi. 




Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin