Chakka suyagi murakkab tuzilishga ega suyaklar qatoriga kiradi (29-rasm).
Bir juft bo`lib, kalla suyagining ikkala yon tomonlari hamda asosini tashkil qiladi.
Har xil bo`shliqlar va kanalchalardan tashkil topgan bo`lib, unda eshituv va muvo-
zanat sakdash a'zolari joylashadi.
Chakka suyagi: 1) palla (tangasimon), 2) nog`ora, 3) toshsimon (piramida),
4) so`rg`ichsimon qismlardan tashkil topgan. Ular to`rtta mustaqil suyak bo`lib,
tug`ilgan bola bir yoshga еtganda o`zaro sinostoz yo`li bilan birlapshib, bir butun
chakka suyagani shakllantiradi.
|