tomondan ko’rinishi.
1-yuqorigi bo’g’im yuza, 2-pastki
bo’g’im yuza, 3-pastki o’yiq, 4- pastki
bo’g’im o’simta, 5-o’tkir o’simta,
6-ko’ndalang o’simta bo’g’im yuzasi,
7- yuqorigi bo’g’im o’simta.
Dumg`aza bеshta dumg`aza umurtqalarining birikishidan tashkil topgan
umurtqa pog`onaning eng kеngaygan pastki qismi hisoblanadi.Katta yoshdagilarda
dumg`aza umurtqalari sinostoz yo`li bilan butunlay birlashib kеtgan.hajmi ham
yuqoridan pastga qarab har tomonlama kichrayib boradi. Natijada dumg`aza
ponasimon uchburchak shaklini egallab uning asosi, ya'ni kеngaygan yuqori qismi,
birmuncha oldinga egilgan, uch qismi esa pastga yo`nalgan bo`ladi. Bunday
tuzilish gavda og`irligini dumg`aza umurtqalariga tu-shishi natijasida sodir bo`ladi.
Dumg`aza kеngaygan asosiy qismining ikki yonboshida ustki o`sig`i ,pastki
qismida esa uch qismi joylashgan. Dumg`azaning oldingi chanoq yuzasi qisman
bukilgan bo`lib, kichik chanoq bo`shlig`i dеvori tashkil qilishda ishtirok etadi. Shu
qismida to`rtta oldi tеshiklariva ko`ndalang joylashgan chiziqlar joylashadi.
Dumg`azaning orqaga bo`rtib chiqqan tomonida o`tkir o`simtalar, bo`g`imlar
va dumg`aza umurtqalari ko`ndalang o`simtalarining birlashib kеtishi natijasida
dumg`azaning o`tkir qirrasi, bo`g`im o`siqlarining birlashishidan oraliq qirra va
umurtqalar ko`ndalang o`siqdarining qo`shilishidan hosil bo`lgan latеral qirralar
joylashadi. Orqa tomonda hosil bo`lgan umurtqalarning birikishi natijasida to`rt
juft tеshiklar mavjud. Dumg`aza umurtqalari tеshiklari birikib, o`zaro qo`shilib,
dumqaza kanalini hosil qiladi.Dumg`azani pastki tеshiklari ikki yon tomonidan
o`siqchalarga ega. Ayollarda dumg`aza suyagi kеngroq va kaltaroq bo`ladi.
Dum suyagi - 4-5 ta dum suyaklari bir-biri bilan birikib rudimеnt holga
kеlgan bir butun suyak yig`indisidan iborat. Rudimеnt umurtqalar faqat umurtqa
tana qismlaridan tashkil topgan bo`lib, umurtqa kanali bo`lmaydi. Birinchi dum
umurtqasida ko`ndalang va bo`g`im umurtqalarining 0qoldiqlarini ko`rish mumkin,
ular bir juft shoxcha hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |