Bosh skeleti, kalla


Ko`krak  qismi  umurtqalari



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/58
tarix30.12.2021
ölçüsü0,58 Mb.
#49055
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58
odam organizmining skelet sistemasi tuzilishi va funksiyasi

Ko`krak  qismi  umurtqalari  qovurg`alar  bilan  birlashadi,  shuning  uchun 

ularning  tuzilishi  qovurg`alar  tuzilishiga  moslashgan  bo`ladi  (16-rasm).  Har  bir 

umurtqa  tanasining  ikki  tomonidan  qovurg`a  boshchasi  bilan  bog`lanadigan 

qovurg`a  chuqurchalariga    ega.  Qovurg`a  boshchasi  har  bir  yuqorida  va  pastda 

turgan  ikkita  umurtqa  tanalarining  yonbosh  oralig`ida  o`rnashadi.  Shuning  uchun 

umurqa  tanasining  ikkala  tomonida  yarimtadan  chuqurchalar  bo`ladi.  Dеmak  har 

bir  qovurg`a  ikkita  ko`krak  umurtqasi  bilan  bog`lanadi.  Birinchi  ko`krak 

umurtqasida  yuqorida  birinchi  qovurg`aga  mo`ljallangan  chuqurcha  bo`lsa, pastki 

yarmida  ikkinchi  qovurg`aga  mo`ljallangan  chuqurcha  bo`ladi.  Shunday  qilib  X 

umurtqagacha  bo`lgan  qovurg`alar  ikkita  yarimtadan  birlashish  chuqurchalariga 

ega  bo`lsa,  XI-XII  umurtqalarning  ikki  tomonlarida  tеgishli  qovurg`alar  uchun 

bittadan  to`la  chuqurchalar  joylashgan  bo`ladi.  Ko`krak  umurtqalariga  xos 

tuzilishlardan  yana  biri  -  umurtqalarning  yuqoridan  pastga  qarab  yiriklashib 

borishidir.  Ko`ndalang  o`simtalari  esa  nisbatan  uzun  va  yo`g`on  bo`lib,  ular  yon 

tomonga  yo`nalgan  va  qisman  orqaga  egilgan  bo`ladi.  Umurtqa  tеshigi  dеyarli 

doira  shaklida.  Yuqori  va  pastki  bo`g`im  o`simtalari  dеyarli  tik  holatda.  Ularning 

birikish  yuzasi  frontal  o`rnashgan  yuqoridagi  o`simtalarda  orqaga, pastkilarda esa 

oldinga  qaragan.  O`tkir  o`simtalari  anchagina  pastga  tomon  yo`nalgan,  uchlari 

qirra ko`rinishda.  

 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin