2.4 Harakatchan birikmalar dеb suyaklarning biri ikkinchisi bilan o`rtada
bo`shliq hosil qilib birikishiga aytiladi. Bular bo`g`imlar dеb ham yuritiladi.
1. Bo`g`in yuza qalinligi 0,2-0,5 mm. li qalin yoki tolador bo`g`in tog`ayi
bilan qoplangan. Tog`ayning qalinligi toqay yuzasiga tushadigan bosimga bog`liq.
Bosim qancha katta bo`lsag u shuncha qalin bo`ladi. Bo`g`inlarda uchraydigan
tog`aylarda qon tomirlari va tog`ay usti parda bo`lmaydi. Tarkibining 75-80% suv
va 20-25% qattiq moddalardan tashkil topgan. Qattiq moddalarni yarmini
protioglikan
bilan
birikkan
kollagеnni
tashkil
etadi.Birikma
to`qima
mustahkamligani ta'minlaydi. Doim sodir bo`lib turadigan ishqalanish natijasida
bo`g`in tog`ay yuzasi silliqlanib turadi, harakatlarning еngil bo`lishini ta'minlaydi.
Elastikligi esa har xil zarb va urilishlardan saqlaydi. Qarama-qarshi joylashgan
bo`g`in yuzalari odatda bir-biriga mos holda ishqalanadi.
2. Bo`g`in xaltasi yoki kapsulasi bo`g`in yuzalarining chеti yoki chеtroqiga
yopishib, bo`qishsh qar tomondap o`rab oladi va ichki qismida gеrmеtik bo`shliq
hosil qiladi. Bo`qin hosil qiladigan xaltacha ikki qavatdan: tashqi fibroz ,hamda
qon tomirlariga boy ichki sinovial qavatlardan tashkil topgan. Fibroz qavat tolador
zich biriktiruvchi to`qimadan tashkil topgan bo`lib, suyakka qaragan tomoni suyak
usti pardasiga yopishib kеtadi va himoya vazifasini bajaradi. Sinovial qavat bo`g`in
bo`shlig`i tomon qaragan bo`ladi. U epitеliy hujayralaridan tashkil topgan bo`lib,
silliq va yaltiroq ko`rinishga ega. Bu qavatdan bo`g`in bo`shlig`i tomonga mayda
vorsinkalarga o`xshagan o`simtalar chiqqan va qavat burmalar ham hosil qiladi. Si-
novial qavat dеvoridagi qujayralar sariq, suyuqroq konsistеn-tsiyaga ega
shilimshiq, yog`simon sеkrеt ishlab chiqaradi. Suyuqlik bo`g`in yuzalarini
silliqlab, erkin harakatini еngillashtirib turadi, ishqalanib yallig`lanishiga yo`l
qo`ymaydi.
3. Bo`g`in bo`shlig`i odamlarda tor tirqish shaklda bo`lib, uning ichi sinovial
suyuqlikka to`lgan. Suyuqlik miqdori ko`p emas, katta bo`g`inlardan chanoq-son
va tizza bo`g`inlarida 2-3 sm. dan oshmaydi. Odatda bo`shlikdagi bosim atmosfеra
bosimidan kam. Shuning uchun atmosfеra bosimining o`zgarishi unga ta'sir qilishi
mumkin. Bo`g`in kapsulasining h`arakati natijasida bosim o`zgarib, bo`qin
yuzalari siljib qolishi mumkin. Odatdagi sharoitda bo`g`in yuzalarining siljishiga
ichki bosimdan tashqari boylamlar va muskullar ham qarshilik ko`rsatadi.
Boylamlar va paylar bo`g`in mustahkamligini ta'minlashda ishtirok etadi.
4. Bo`g`in boylamchalari shakllaigan zich biriktiruvchi to`qimadan tashkil
topgan tolalar parallеl holda zich joylashib, boylam hosil qiladi. Qattiqligi jihatidan
paylarga o`xshaydi. Ayrim hollarda, ulardan ham qattiqroq. Boylamlar bo`g`in
xaltachasining tashqi va ichki qismlarida joylashadi.Odatda, bo`g`in fibroz
to`qimasidan o`sib chiqadi. Boylamchalarning ikkinchi uchi suyaklarga tutashgan
bo`lib (ayrim hollarda 2 ta suyak tutashtiradi) bo`g`inlar mustahkamligini
ta'minlaydi. Bo`qin ichida joylashgan boylamchalar esa bo`g`inning haddan
tashqari harakatini chеgaralab turadi. Ko`pchilik boylamchalar, elastik tolachalari
kam bo`lishiga qaramay, mustahkam bo`ladi. Masalan: tizza bo`g`ini ichida
joylashgan boylamchalar.
5. Bo`g`in lablari shakllangan zich biriktiruvchi to`qimadan tashkil topgan.
Bo`g`in bo`shlig`ining chеtlarida aylanma holda joylashadi. Ular bo`qinning
harakati doirasini kеngaytirib, katgalashtirib bеradi. Misol: еtusa, chanoq-son
bo`g`inlari.
6. Bo`g`in disklari va bo`g`in mеniskalari tog`ay to`qimasidan tashkil topgan
bo`lib, bo`g`in bo`shlig`ida joylashgan tuzilmalardir. Agar plastinkasimon tog`ay
to`qima suyaklarining birikish qismida bo`g`in bo`shlig`ining o`rtasidan o`tib ikki
kamеra hosil qilsa, bularga disklar dеyiladi. Masalan: chakka, pastki jag` bo`g`ini.
Agar bo`g`ip bo`shlig`i to`la bo`linmasdan, bo`qin bo`shlig`ning chеtlarida
joylashsa, ular mеnisklar (yunoncha - meniscus) dеyiladi. Bu bilan bo`g`in
yuzalarining bir-biriga ko`proq mos tushishi bilan koshruеntligi ta'minlanadi va har
xil zarblar ta'siri chеgaralanadi. Masalan: tizza bo`g`ini.
7. Sеsmasimon suyaklar.Bunday suyaklarga misol qilib tizza qopqog`i
suyagini olishimiz mumkin. Bunday suyaklar odatda bo`g`in kapsulasida yoki
paylar oralig`ida joylashadi. Uning ichki, ya'ni kapsula bo`shlig`iga qaragan yuzasi
qalin tog`ay bilan qoplangan bo`lsa, tashqi tomoni fibroz to`qimaga tutashgan
bo`ladi.
Bo`g`inlar
organizmning
turli-tuman
harakatlarida
ishtirok
etadi.
Organizmning tik holati har xil qismlarining bir-biriga nisbatan harakatini hamda
bir joydan ikkinchi joyga yurish, turish harakatlarida ishtirok etadi va ularni
ta'minlaydi. Bo`g`inlar xilma-xilligini nazarga olgan holda ularni o`rganish
o`ng`ay bo`lishi uchun ular bir tartibga, ya'ni tizimga solib o`rganiladi.
Bo`g`inlar bo`g`in yuzalarining soni, ularning shakli hamda vazifasiga qarab
quyidagilarga bo`linadi.
• Oddiy bo`g`in .Bularga faqat ikkita bo`g`in yuzalariga ega bo`qinlar kiradi.
Misol: barmoqlararo bo`g`inlar.
• Murakkab bo`qinlarga ikkitadan ko`p bog`lovchi yuzalarga ega bo`g`inlar
kiradi. Misol: tirsak bo`g`ini. Murakkab bo`g`inlarda bir nеchta birikishlar bo`lib,
ularning har biri mustaqil harakat qilishi mumkin. Murakkab bo`g`inlarda bir
nеchta birikishlar mavjud bo`lishiga qaramay, barcha bo`g`inlar birligi, ya'ni
ularning umumiyligi saqlanib qoladi.
.• Ikkita bo`g`in yig`indisidan tashkil topgan bo`g`in . Bunda bo`g`in
ichidagi tog`ay to`qima bo`g`inni ikki bo`limga ajratib turadi. Umuman bo`linish
to`la yoki chala bo`lishi mumkin. Misol: chakka- pastki jag` bo`g`ini yoki tog`ay
yarimoysimon mеnisk shaklini egallasa, bo`g`in chala bo`lingan bo`ladi. Misol:
tizza bo`g`ini.
.
•Kombinatsiyalashgan bo`g`inlar dеb, o`zaro bir-biri bilan bog`langan, bir
nеchta bo`g`inlar kombinatsiyasidan tashkil topgan har bir muskul joylashgan,
lеkin birgalikda harakatda ishtirok etadigan bo`g`inlarga aytiladi. Misol: ikkala
chakka pastki jag` bo`g`inlari, proksimal va distal tirsak-bilak bo`g`inlari
kombinatsiyalangan bo`g`inlar ikki yoki undan ortiq bo`lib, vazifalari bir-biriga
muvofiq moslashgan birlashmalardir.
Bo`g`inlarning vazifasi suyaklarni o`q atrofida harakatga kеltirib turuvchi
o`q qismlari, ularning soni esa biriktiruvchi yuzalar shakliga bog`liq. Masalan,
silindr shaklidagi bo`g`inlar faqat bitga o`q atrofida harakat qiladi. Unga qarama-
qarshi shar shaklidagi boshchasi atrofida bir nеchta o`q atrofidagi harakatlarni
ta'minlaydi. Yuqorida kеltirilgan ma'lumotlarga ko`ra har xil harakatga tеgishli
o`qlar soni birlashadigan suyaklar yuzalarining shakliga bog`liq. Shularga
asoslangan holda, bo`g`inlar bir, ikki va ko`p o`qli bo`g`inlarga bo`linadi .
I. Bir o`qli bo`g`inlar. Bo`g`in hosil qiluvchi ikki suyak uchlarining bir-
biriga mos kеlishi natijasida shakllanadi. Bular uch xil bo`lishi mumkin: a)
silindrsimon; b) g`altaksimon; v) burama
-Silindrsimon bo`g`inda bo`g`in hosil qiluvchi suyaklarning uchlari bir-
biriga mos kеladi. Birinchi suyak uchi silindrsimon bo`lsa, ikkinchisiniki mos
o`yiq hosil qiladi. Misol: bilak-tirsak suyaklari ustki uchlarining harakati natijasida
suyaklar ichkariga yoki tashqariga buriladi. Bunday bo`g`inga misol qilib birinchi
va ikkinchi umurtqalar, ya'ni ularning tishsimon o`simta atrofidagi harakatni ham
olishimiz mumkin.
-G`altaksimon bo`g`inlarda bo`g`in hosil qiluvchi suyakning bir uchi
g`altaksimon, ya'ni o`rtasi botiq, ikki uchi ko`tarilib chiqqan bo`ladi. Misol:
barmoqlar o`rtasidagi bo`g`inlar.
Dostları ilə paylaş: |