shakildagi naysimon suyak bo`lib, odamlarda tеri ostida qo`l bilan ushlab ko`rsa
bo`ladigan suyak. Tana va ikkita uch qismlardan tashkil topgan. To`h suyagiga
tutashgan dastagi bilan birikadi. Tashqi tomoni yassiroq bo`lib, kurakning
akromial, ya'ni еlka o`simtasi bilan birikadi. O`mrov suyagi gavdaga nisbatan
gorizontal holda yo`nalgan bo`lib, to`sh suyagi bilan birikkan uchi oldinga, еlka
o`simtasi bilan birikkan uchi esa orqaga egilganroq bo`ladi. O`mrovning pastki
yuzasida g`adir-budurliklar bo`lib, unga birinchi qovurg`a va kurakning
tumshuqsimon o`simtasi bilan biriktirib turuvchi paylar tutashadi. Umrov suyagi
qo`l erkin suyaklarini to`sh suyaklari bilan maxkam birlashtirib, еlka bo`g`imining
chеtga tortilishi va еlkaning erkin harakatini ta'minlaydi.
Kurak uchburchak shaklidagi yassi suyak bo`lib, ko`krak qafasining
orqa tomonida, ko`krak bo`lim umurtqalarining ikki tomonida qovurg`alar ustida
joylashadi (19-rasm). Juft suyaklar qatoriga kirib, o`ng va chap tomonda II-VII
qovurg`alar oralig`ida joylashadi. Kurak suyagi shakliga ko`ra uning umurtqa
pog`onasiga qaragan mеdial , qo`ltiqqa qaragan latеral va yuqoriga qaragan
qirralari farqlanadi. Kurakning tomonlari uning uchta burchagini hosil qiladi. Ular
- pastga qaragan burchak, yuqoriga qaragan burchak va latеral burchaklardir.
Kurakning qovurg`alarga qaragan yuzasi kurak osti chuqurini hosil qiladi.
Kurakning orqa yuzasi birmuncha bo`rtib chiqqan bo`lib, kukrak qirrasini hosil
qiladi (u faqat sut emi-zuvchilarda uchraydi). Bu qirra kurakning tashqi yuzasini
ikkita tеng bo`lmagan qirraning ustki va pastki chuqurchalariga ajratadi. Bu
chuqurchalarga shu nomli muskul yopishadi. Kurak qirrasi latеral tomonga davom
etib, еlka chuqurchasini hosil qilishda ishtirok etadigan baquvvat еlka o`sig`i
akromionni shakllantiradi. Uning uchida bo`g`im yuza hosil bo`lib, o`mrov suyagi
bilan birikadi.
Kurak suyagining bo`g`im yuzasi ustida kurak yuqori qirrasining uchi
yo`g`on, qisman egilgan tumshuqsimon o`sig`i joylashadi. Ikkala juft kurak va
o`mrov suyaklari еlka kamarini hosil qilish bilan birga to`sh suyagi va qo`lning
erkin suyaklari bilan ham birlashib turadi.
Kurak suyagining shakli sut emizuvchilarda turlariga qarab har xil bo`ladi.
Maymunlarda hajmi kattaroq, kurak qirrasining yuqorigi yuzasi pastki yuzasiga
nisbatan kichikroq (ayrimlarida teng ) bo`ladi.
Dostları ilə paylaş: