1-bilak suyagi, 2-tirsak suyagi, 3-bilak suyagi boshchasi, 4- tirsak yo’g’i. 5- yarim
19-rasm. O’ng qo’l panjasi skеlеti. orqa yuzasi
1-qayiqsimon suyak 2-yarim oysimon suyak, 3-uchqirrali suyak, 4-no’hotsimon
suyak, 5-katta ko’p burchakli suyak, 6-kichik ko’p burchakli suyak, 7-boshchali
suyak, 8-ilmoqli suyak, 9-kaft suyaklari, 10-birinchi falanga suyaklari, 11-ikkinchi
falanga suyaklari, 12-uchinchi falanga suyaklari.
Kaft usti suyaklari turli shakldagi 8 ta kichik suyaklardan tashkil topgan bo`lib,
ikki qator bo`lib joylashadi. Har bir qatorda 4 tadan suyak bor. Birinchi proksimal
qatorda, bosh barmoq tomonidan qaraganda, ular quyidagi kеtma-kеtlikda
joylashadi: qayiqsimon suyak, yarimoysimon suyak, uch qirrali suyak va
no`xotsimon suyak . Uchta oldingi suyaklar o`zaro birlashib, bilak suyaganing
distal qismi bilan birikish joyi qisman bo`rtib, ellips shakldagi bo`g`im yuza hosil
qiladi. Kaft usti suyaklarining ikkinchi, distal qatori quyidagi suyaklardan tashlkil
topgan: trapеtsiya shaklidaga suyak, boshchali suyak
va ilhoqdi suyak. Ko`pchilik suyaklarning nomi ularning shakliga qarab bеrilgan.
Har bir suyakda yon suyaklar bilan birikib hosil qiluvchi bo`g`im yuzalari mavjud.
Bulardan tashqari qo`lning kafg tomonida ayrim kaft usti suyaklarining
o`simtalariga ayrim muskul va boylamchalarning birikishini ta'minlovchi bo`rtiqlar
mavjud. Bularga qayiqsimon, trapеtsiyasimon va ilmoqli suyaklar bo`rtig`i kiradi.
Kaft suyaklari beshta naysimon suyaklardan tashkil topgan. Ularning har biri
tub, tana va dumaloq shakldagi boshchadan tashkil topgan. Bular yuqoridan uchta
kaft usti suyaklari bilan bo`g`im hosil qilib tutashadi.
Barmoq suyaklari kichik naysimon suyaklardan tashkil topgan.
Oyoq suyaklari ham, qo`l suyaklariga o`xshab, bir nеchta qismlarga bo`lib
o`rganiladi. Ayrim qismlari o`z navbatada bir nеch ta suyaklardan tashkil topadi.
Bular birgalikda odam tanasining harakati hamda tayanch vazifasini o`taydi.
Ularning anatomik tuzilishi ham ana shunday muhim vazifalarni bajarishga
moslashgan. Dastlab, oyoq suyaklari ikkita yirik qismga bo`linadi. Birinchi oyoq
kamari suyaklari bo`lib| bular ikkita, o`ng va chap chanoq suyaklari hamda,
ularnipg o`rtasida joylashgan dumgh`aza va dum suyaklari bo`lsa, ikkinchisi
oyoqning erkin qismidagi suyaklardir. Bular son, boldir va oyoq ianja suyaklaridan
tashkil topgan.
Dostları ilə paylaş: