Bosh skeleti, kalla



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/58
tarix30.12.2021
ölçüsü0,58 Mb.
#49055
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
odam organizmining skelet sistemasi tuzilishi va funksiyasi

 

Tirsak  suyagi  -  uzun  naysimon  suyak  bo`lib,  yuqorigi  proksimal  uchi  ikki 

o`siqdan  tashkil  topgan  .  Orqadagi  yo`g`onrog`i  -  tirsak  o`sig`i  va  oldingi 

kichikrog`i  -  toj  o`sig`i  hisoblanadi.  Ikki  o`siq  o`rtasida  еlka  suyagining  g`altagi 

bilan birlashib turuvchi g`altaksimon o`yiq joylashadi. Toj o`sig`ining bilak suyagi 

boshchasi  bilan  bo`g`im  hosil  qiluvchi  tomonida  botiq  yuzacha  joylashgan.  Oldi 

tomonidagi  toj  o`sig`ining  pastrog`ida  еlka  muskuli  yopishadigan  g`adir-budurlik 




joylashgan.  Tirsak  suyagining  pastki  distal  uchi  dumaloq  tirsak  boshi  bilan 

tugaydi.  Uning  mеdial  chеkkasida  bigizsimon  o`siq    joylashadi.  Tirsak  boshchasi 

bilan suyak birlashadigan tomoni  silliq bo`g`im yuzasiga ega. 

 

Bilak suyagi - naysimon suyakdir. Yuqorigi proksimal uchi suyakning bosh 

qismini tashkil etadi. Boshchaning yuqorigi tomonida qisman botiq bo`g`imsimon 

yuza joylashib, u еlka suyagining boshchasi bilan tutashib turadi. Boshchaning yon 

yuzasida  esa  aylanma  bop`g`im  bo`lib,  еlka  suyagining  bo`g`im  o`yig`iga  tushib 

turadi.  Boshchaning  pastrog`ida  bo`yin  qismi  joylashgan.  Undan  pastroqda, 

qisman  latеral  tomonda  ikki  boshli  muskul  payi  yopishib  turadigan  g`adir-budur 

yuza  joylashadi.  Distal  uchining  pastki  tomonida  bigizsimon  o`sig`i  joylashsa, 

mеdial  tomonida  еlka  suyaganing  boshi  kirib  turadigan  tirsak  o`yig`i  joylashadi. 

Bilak  suyagi  distal  uchining  pastki  yuzasi  kaft  usti  suyaklari  bilan  birlashuvchi 

bo`g`im yuza hosil qiladi. 

 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin