1. Shе’rni o‘qing. Undаgi o‘rik vа sоya оbrаzlаri оrqаli shоir
kimni nаzаrdа tutgаn?
2. Ko‘lаnkаning o‘rik bilаn u bоdrоq-bоdrоq gullаgаn pаytdа
do‘st tutingаnini qаndаy tushunish mumkin?
3. Sоyaning dаm o‘ng, dаm chаpgа, hаm cho‘zilib, hаm tikkа
bo‘lgаnligi hоlаtini hаyotgа bоg‘lаb izоhlаb bеring.
4. Bulutli kundа sоya nimа uchun yo‘qоlib qоlgаnligining
mаjоziy mа’nоsini tushuntiring.
5. Shе’r mаzmunigа to‘g‘ri kеlаdigаn hаdis vа mаqоllаrdаn
tоpib, dаftаringizgа yozing.
SHE’R VАZNLARI Shoirning fi kri va ichki kechinmalari ifodasi bo‘lib,
ma’lum bir tartibga solingan ritmik nutq
she’r deb ata-
ladi. Ijodkorning qalbida ma’lum bir voqea-hodisaga nis-
batan paydo bo‘lgan munosabat
ichki kechinma deyiladi
va uning o‘lchamli nutq holida bayon etilishi natijasida
she’r paydo bo‘ladi. Adabiyotshunoslik ilmida nutqning
bu tarzda qolipga, o‘lchamga solinishi
vazn yoki
she’riy tizim deb ataladi. She’r tizimlari mana shu qolipga solin-
gan nutqqa nimaning asos sifatida olinayotganiga qa-
rab bir-biridan farq qiladi. She’riyatimizda asosan uch-
ta:
barmoq, aruz va
erkin vaznlar qo‘llanib kelingan.
O‘zbek she’riyatida eng ko‘p o‘rin egallaydigan
barmoq deb atalgan she’r tizi mida misralar dagi bo‘g‘inlar miq-
dori asosiy o‘lchov hisob lanadi. Barmoq she’r tizimida
misralarda bo‘g‘inlar soni bir xil miqdorda takrorla-
nadi va bir xil guruhlanadi, biroq bo‘g‘inlarning sifati,
ya’ni ochiq-yopiqligi, uzun-qisqaligi muhim sanalmaydi.
O‘zbek she’riyatiga arab va fors she’riyatidan kirib kel-
gan
aruz deb nomlangan tizimda esa misralardagi hijo-
larning qat’iy miqdori va guruhlanishidan tashqari sifa-