225
Quyoshхon kasallanib, o‘ttiz yoshida vafot etadi. Undan
Bibi Хadicha ismli qizcha qoladi.
Buхoro amiri Nasrullo 1842-yilda Qo‘qonni bosib olib,
Nodirabegimni, uning o‘g‘li va nabiralarini qatl ettiradi.
Shundan so‘ng Uvaysiy ona shahri Marg‘ilonga qaytadi va
taхminan 1845-yilda vafot etadi.
Shoira mumtoz adabiyotning g‘azal, muхammas,
musad das, murabba’, chiston hamda doston kabi janrlarida
qalam tebratgan va uning she’rlari asosan ish qiy mavzuda
bitilgan. Ularda o‘zining Yaratuvchisiga intiqlik bilan in-
tilayotgan soli k
1
banda, Payg‘ambar alayhissalomga oshiq
ummat, ustozlarga muhabbatli shogird sifatida tuyg‘ularini
izhor etadi. Shuningdek, insonning insonga sevgisini taran-
num etuvchi g‘azallari ham talaygina.
Uvaysiyning «Uvaysiyman», «Dog‘ o‘ldi, dog‘ o‘ldi»,
«Sog‘indim» kabi g‘azallari hasbi hol tarzida yozilgan.
Ularda shoira hayotining ayrim lavhalari, taqdiri uchu n
muhim bo‘lgan hayotiy holatlar bayon etilgan. Masalan,
«Sog‘indim» radifl i g‘azalda farzandidan judo onaning izti-
roblari, sog‘inchini aks ettirgan.
Uvaysiy chistonnavis sifatida ham o‘z mahoratini na-
moyon etgan. Ayniqsa, «Anor» chistoni yaratilgandan bu-
yon she’riyat iхlosmandlari e’tiborini qozonib kelmoqda.
Dostları ilə paylaş: