1. Asardagi:
«Sayd yetgach ko‘zini asrar edi, Ko‘rmayin deb o‘zini asrar edi» tasviri kim va nima to‘g‘risida?
2. Dostonda shoh Navdarning holati:
«Keynicha ixtiyor- siz chopti, O‘q otarg‘a qarorsiz chopti» yo‘sinida aks
ettirilgan o‘rinlarga qarab, uning tabiatiga хos sifatlarni
tavsifl ab be ring.
3. Asarda ov manzarasi g‘oyat jonli va haqqoniy aks ettiril-
gan:
«Sayd jangal ichini qildi talosh, Yo‘li ham tor edi- yu, ham chirmosh. G‘ayr oning so‘ngicha chopmas edi, O‘q otarg‘a majol topmas edi» misralariga qarab buyuk
shoir ning tasvir mahoratiga munosabat bildiring.
4. Shoirning
«Shohni derlar sipoh birlan shoh, Shoh emas- dur yo‘q ersa anda sipoh» misralari kimga nisbatan aytil-
gan? Baytni u bilan aloqador voqeaga bog‘liq holda izoh-
lang.
5. Avval Mehr, keyinchalik shoh Nu’monning to‘fon tufayli
bandi bo‘lib qolishiga kim aybdor? Yoki bu taqdir huk-
mimi?
6. Tutqunlarning ozod bo‘lishida kimning хizmati ko‘proq
deb o‘ylaysiz? Mehrningmi yoki Suhaylning?
7. «Sen agar zohir etting itlikni, Men senga ko‘rguzay yigitlikni» so‘zlari kimga tegishli? «Itlik» va «yigitlik»
хislatlarini sharhlang.
8. Asar qahramonlari: Mehr, Suhayl va Jobir ismlariga diq-
qat qiling. Bu ismlar ma’nosini egalari хarakteri, amal lari
hamda ma’naviy qiyofasiga muvofi qligini sharhlang.
9. Nima deb o‘ylaysiz, Jobir hammadan ko‘proq kimga jabr
qildi?
10. Asardan qirq misra yod oling.
Savol va topshiriqlar: