250
So‘zim oxirida odil sudlardan so‘rayman: garchi men turli
bo‘hton, shaxsiyat va soxtalar bilan ikkinchi oqlanmaydurg‘on
bo‘lib qoralandim. Loaqal ularning, qoralovchi qora ko‘zlar-
ning ko‘ngli uchun bo‘lsa ham menga eng oliy bo‘lg‘on jazoni
bera ko‘ringiz. Ko‘nglida shamsi g‘uboroti, teskarichilik maqsa-
di bo‘lmag‘on sodda, vijdonli yigitga bu qadar xo‘rlikdan o‘lim
tansiqroqdir. Bir necha shaxslarning orzusicha ma’naviy o‘lim
bilan o‘ldirildim. Endi jismoniy o‘lim menga qo‘rqinch emasdir.
Odil sudlardan men shuni kutaman va shuni so‘rayman.
1926-yil 15-iyun, Samarqand
(Abdulla Qodiriyning suddagi nutqidan).
omus, insof va haqgo‘ylik Abdulla Qodiriy
hayotining asosiy tamoyillari edi. Tabiat in’om
qilgan nodir iste’dod chinakam o‘zbekona
mehnatkashlik bilan uyg‘unlashgani uchun
Qodiriy ning qalami dan asrlar mobaynida eskir-
maydigan asarlar dunyoga keldi. 1894-yilning
10-aprelida Toshkent shahridagi o‘rtahol oilalardan birida
dunyoga kelgan Abdulla Qodiriy o‘z davrining maktab va
madrasalarida muntazam o‘qish imkoniga ega bo‘lmasa-da,
Dostları ilə paylaş: