1. Hikoyaning dastlabki jumlalarini qayta o‘qing. Kuzak
shamolining vahimasi aks ettirilgan o‘rinlarga alohida
e’tibor qiling.
2. Tabiatdagi qudratli notinchlik bilan odam tabiatidagi «jim-
gina o‘tirish»ga moyillik o‘rtasidagi bog‘liqlikni izohlang.
3. Nima sababdan dodxoning xayoliga go‘riston haqidagi
fi kr kelib qoldi deb o‘ylaysiz?
4. Asardan dodxo ruhiyati aks ettirilgan o‘rinlarni topib, qayta
o‘qing, munosabat bildiring.
5. Qisman xotinlarini, asosan, o‘zini ovutish uchun go‘ris-
tondan gap ochgan dodxoning gaplarini xotinlari davom et-
tirmaganliklari sababini izohlang.
6. Hikoyadagi:
«Hamma o‘tirgan yerida go‘yo bir qarich cho‘kkanday bo‘ldi va tin olmay bir-biriga qaradi», degan
tasvirni qanday izohlaysiz?
7. Darchaga kelib urilgan narsaning bo‘yra ekanini bilgan
dodxoning suyunishiga sabab nima deb o‘ylaysiz?
8. Bir qo‘y uchun qabrga tunda pichoq sanchgan kishiga
Unsinning salbiy munosabati dodxoga nima uchun yoq-
maganligini tushuntirishga urinib ko‘ring.
9. Unsinni ko‘pchilik erkaklarning ham qo‘lidan kelmaydi-
gan jasoratga undagan kuch nima edi deb o‘ylaysiz?
10. Asardagi:
«Unsin boshini ko‘tarib, balo-qazoday tikilib turgan dodxoga bir ko‘z tashladi-yu, yana boshini egib, lekin dadil javob berdi» tasvirini qayta o‘qing. Unsinning
harakatlarini izohlang. Boshni egish va dadil javob haqida
o‘ylab ko‘ring.
Savol va topshiriqlar:
325
11. Hikoyada:
«Unsin dodxodan darrov yuzini berkitgancha chiqib ketdi» degan jumla bor. Kelinchakning shu hara-
kati ma’nosini chaqib, sababini tushuntiring.