12. Unsin go‘ristonga choy qaynatish uchun ketayotgan payt-
dagi tabiatning avzoyi tasviriga e’tibor bering.
13. Bir gapda «dahshat» so‘zi besh marta takrorlangan tasvir
bor. O‘shani topib o‘qing va izohlang.
14. Muallif dodxoning uyini ne bois «...tiriklar go‘ristoni»
deb ta’rifl aganini tushuntirib bera olasizmi?
15. Unsinning go‘ristonga borib choy qaynatib kelishga
ko‘nishi Sizni ishontira oladimi? Fikringizni asoslang.
16. Unsin qo‘rqmaydigan ayolmi? U holda hikoyadagi:
«Unin g eti jivirlashib, sochi boshidagi ro‘molini bir qarich ko‘targanday bo‘ldi» tasvirini qanday izohlash
mumkin?
17. O‘zi yashayotgan nobop sharoitga ko‘nikmaslik Unsin-
ning qanday fazilatini namoyon qiladi deb o‘ylaysiz?
18. Hikoya qahramoni qo‘rquvdan hushini yo‘qotib qo‘y-
mas lik uchun qanday yo‘l tutganligini aniqlang. Bunday
holatda Siz nima qilgan bo‘lardingiz?
19. Yelkasiga kutilmaganda maymun minib olganda Unsin
tushgan ruhiy holat tasvirini izohlang. Shuncha sinovlar
ustiga maymunni ham qo‘yib yuborish qanday odamga
xos xususiyat deb o‘ylaysiz?
20. Go‘ristondan chiqishda Unsin
«...chap qo‘liga qat- tiq og‘riq kirganini» sezadi. Og‘riq nega, aynan chap
qo‘liga kirdi deb o‘ylaysiz?
21. Hikoyadagi:
«...ikki oyog‘i gavdasidan keyinda qolar, qo‘lidagi choynak tobora og‘irlashib borar edi» tasvirini
talqin qiling. Unsinning holatini sharhlang.
22. Dodxoning go‘ristondan qaytgan Unsinni ko‘rgandagi
holatini matnga tayanib izohlab bering.
23. Zo‘rg‘a hushiga kelgan Unsinning Nodirmohbegimdan
hol so‘rashi sababini tushuntiring.