331
Seni so‘nggi yo‘lga o‘zim kuzatolmaganim –
Tog‘day zil,
Abadiyatday cheksiz armon bo‘lib qoldi dilimda,
onaginam!
Odam bo‘ldimmi menam?
Ha, odam sanashar meni elimda.
Senga qilolmagan xizmatim,
Sen deb chekolmagan zahmatim –
Jindak zehnim, jindak she’rim, jindak g‘azalxonligim,
Onalik mehriga to‘ymagan mehrim, jindak yaxshilik va
yomonligim,
Meni odam sanagan elimga baxshida, jafodiyda
onaginam!
Elga xizmatim– senga xizmatim emasmi, axir,
El meni farzandim demasmi, axir!
Rozi bo‘l, odam sanalay menam...
Dunyoga qaytib kelurman,
Lekin boshqa o‘g‘il bo‘lib...
Dostları ilə paylaş: