Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


Birinchi banddagi dastlabki to‘rt misra nimani anglatadi?  Shu banddagi:  «Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

2.
Birinchi banddagi dastlabki to‘rt misra nimani anglatadi? 
Shu banddagi: 
«Kayxusrav qilichidan kesikbosh bobom 
xoki, Kim noxos oyoq qo‘ysa, haqoratga yo‘yaman»
mis-
ralarini sharh lab be ring.
3.
Ikkinchi bandda o‘lka tabiatiga xos xususiyat juda ham 
aniq berilgan haroratli misralar bor. Shularni toping va 
izohlang.
4.
«Guldor, naqshin qorako‘l yetti ranglik, yarqiroq»
misra-
sini izohlashga urining.
ONAGINAM
Tovonimga chaqir tikanakday botguvchi – g‘ashlik.
Bedavo sizloviqday sizlatguvchi – g‘ashlik.
Jigarimni qiymalab ahyon-ahyon,
Chuchvaraga chekkuvchi – g‘ashlik.
Meni o‘ylab notavon va nimjon,
G‘ashimga tekkuvchi – g‘ashlik.
Suyaklarimni sirqiratib
och tevatday g‘ajiguvchi,
Savol va topshiriqlar:


330
Ko‘zimda yosh tirqiratib,
jig‘ildonimda achchiq bo‘zaday
achiguvchi g‘ashlik...
Dunyoga qayta kelishimga ko‘zim yetsaydi,
Yigit yoshimga to‘lmay turib,
Ayriliq zaylida qoq yog‘ochday qurib,
Jon bergan onamni ko‘rishimga ko‘zim yetsaydi,
Tizzasiga bir nafas bosh qo‘yishimga ko‘zim yetsaydi,
Onalik mehriga obdan to‘yishimga ko‘zim yetsaydi,
«Oq sutingni oqlay», – deyishimga ko‘zim yetsaydi,
Menda g‘ashlik netardi?
Yantoq o‘tinidek,
Tamaki tutunidek,
Tong paytida taralgan badbaxtlik tunidek –
Cheksiz fazolarga tarqab ketardi!
Onaginam!
Odam bo‘ldimmi menam?
Yigit yoshimgacha bir chelak suv keltirib
bermagan bo‘lsam,
Yo tashnaligingda bir kosa sharbat to‘ldirib
bermagan bo‘lsam,
Yo non yopishing uchun,
Hatto bir yo‘la bir kun
Sahrodan o‘tin orqalab kelmagan bolangman...
Yo sigirni podadan ayirib,
Yo echkini hovliga qayirib,
Og‘zingdan so‘z chiqmay, yelmagan bolangman...
Sening arzimas bir yumushingni ado etolmaganim, 
Sening bir ishorangga yuz o‘mbaloq oshib
ketolmaganim.
Seni jindak xushvaqt qilgani,
Seni jindak xushbaxt qilgani,
Tagsiz jarlardan o‘tolmaganim,


331
Seni so‘nggi yo‘lga o‘zim kuzatolmaganim –
Tog‘day zil,
Abadiyatday cheksiz armon bo‘lib qoldi dilimda, 
onaginam!
Odam bo‘ldimmi menam?
Ha, odam sanashar meni elimda.
Senga qilolmagan xizmatim,
Sen deb chekolmagan zahmatim –
Jindak zehnim, jindak she’rim, jindak g‘azalxonligim,
Onalik mehriga to‘ymagan mehrim, jindak yaxshilik va
yomonligim,
Meni odam sanagan elimga baxshida, jafodiyda
onaginam!
Elga xizmatim– senga xizmatim emasmi, axir,
El meni farzandim demasmi, axir!
Rozi bo‘l, odam sanalay menam...
Dunyoga qaytib kelurman,
Lekin boshqa o‘g‘il bo‘lib...

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin