Bosh tahririyati toshkent – 2017 adabiyot qozoqboy yo‘ldoshev, begali qosimov, valijon qodirov, jalolbek yo‘ldoshbekov


She’rning uchinchi bandiga alohida e’tibor qiling. 5



Yüklə 1,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə117/129
tarix24.09.2023
ölçüsü1,65 Mb.
#147604
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129
Adabiyot. 7-sinf (2017, Q.Yo\'ldoshev, B.Qosimov)

4.
She’rning uchinchi bandiga alohida e’tibor qiling.
5.
Shoirning: 
«Shu kungacha o‘zni men cheklab bo‘ldim»
tar zidagi iqrorini izohlang.
6.
So‘nggi misradan siz nima ilg‘adingiz?
7. 
She’rni yod oling.
Savol va topshiriqlar:


335
Xayriddin 
Saloh
(1934 –1969)
oyat qisqa umri davomida bir qator yorqin 
she’riy asarlar yozib qoldirishga ulgurgan 
jo‘shqin shoir Xayriddin Saloh (Salohiddinov) 
1934-yilning 15-yanvarida Toshkentda tug‘ildi. 
Maktabda o‘qib yurgan paytlaridayoq badiiy 
so‘zga bo‘lgan qiziqish Xayriddinni keksa shoir 
G‘ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to‘garagiga 
boshlab keldi. To‘garakda bo‘lajak shoir Erkin Vohidov, 
Yusuf Shomansur, Sayyor singari tengdoshlari bilan ijod 
sirlarini o‘rganadi.
X. Salohning ilk she’ri 1950-yilda bosilib chiqdi va 
ko‘p chilikning e’tiborini tortdi. O‘rta maktabni tugatgan 
Xayriddin Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi 
Pedagogika universiteti)ning tarix-filologiya fakultetiga 
o‘qishga kirdi va uning kechki bo‘limini 1957-yilda tugat-
di. Shundan so‘ng shoir «O‘zbekiston madaniyati» gazeta-
si, «G‘uncha», «Gul xan» jurnallarida adabiy xodim bo‘lib 
xizmat qildi.
Turli yillarda Xayriddin Salohning «Chashma» (1959), 
«Ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» (1965), 
«Tug‘yon», «Na’matak» (1969), «Izlar va hislar» (1974), 


336
«Shu’lalar qo‘shig‘i» (1975), «Lirika» (1985) singari 
she’rlar to‘plamlari bosilib chiqdi. 
Iqtidorli shoir Xayriddin Saloh yirik she’riy janrlarda 
ham ijod qilib, «Laylo», «Yangroq hayot», «Toshkent bi-
lan suhbat» dostonlarini yaratdi. Uning tarjimonlik borasida 
qilgan xizmatlari ham e’tiborga loyiq. X. Saloh Bayron, 
Heyne, Lermontov, Shevchenko, Hamzatov singari olamga 
mashhur shoirlarning ko‘plab asarlarini o‘zbek tiliga tar-
jima qilgan.
Serqirra ijodkor Xayriddin Saloh 1969-yilning 5-iyuni-
da vafot etgan.

Yüklə 1,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin