337
Olib qochmish, olib qochmish murg‘ak, jajji qizaloqni,
Ko‘zin ochib boqsa Hulkar, sho‘x qizidan yo‘qdir darak,
Sekingina tebranardi ko‘z o‘ngida bo‘sh belanchak,
Ona yo‘lga tushibdi-yu, go‘dagini xo‘p izlabdi.
Xo‘p yig‘labdi, ovunibdi, so‘ngra yana xo‘p bo‘zlabdi...
Bir nafasda tushar ekan jarliklarga sakrab tikka,
Bir nafasda ko‘tarilar qorli toqqa – yuksaklikka.
Farqi yo‘qdir unga sira tunmi-kunduz, baland-pastmi,
Kechalari tunab qolar barra o‘tmi, poxol, xasmi.
Oxir unga voqeani bir-bir bayon etibdi Oy.
Maskaniga yo‘l olibdi shunda Hulkar deb: «Hayyo-hay!»
Shundan beri quvsa Hulkar qochar yetti tund qaroqchi
,
Oltitasi uxlasa gar, turar ekan biri soqchi...»
Bu afsona go‘daklarni jalb etmoqqa juda qulay,
Bunday qadim ertaklarni tinglaganman men bir talay.
Eshitganman parilari, alvastisi, jinlarini,
Xushlamadim yolg‘onlarni, eslab qoldim chinlarini.
Ha, bobolar so‘zlarida qancha ilm va hikmat bor,
Shuning uchun keksalarga menda cheksiz sadoqat bor.
Dostları ilə paylaş: