1.
G‘avvos Muhammadni aravadan uloq tirib yuborishga
buyurganda Badia tabiatidagi qanday jihatlar namoyon
bo‘ldi?
2.
G‘avvos Muhammadning qumli sahroda jazavaga tushib,
to‘polon qilishi sababini izohlashga urinib ko‘ring.
3.
Me’morga Amu suvining Zarafshonnikiday totli tuyulgani
sababini izohlang.
4.
Bo‘ronning dahshatli holatida ham o‘z orzu, rejalari ha-
qida tinimsiz o‘ylagan Me’morning kasbiga munosabati
to‘g‘risida gapiring.
5.
Yozuvchining bo‘ronni tasvirlashdagi mahorati aks etgan
o‘rinlarni topib, izohlang.
6.
Bo‘ronda qolgan yo‘lovchilarning har biriga xos jihatlar
qanday tasvirlanganiga e’tibor qiling. Ularni o‘zaro so-
lishtiring.
7.
Dahshatli bo‘ron ko‘tarilgan paytda butun fi kr-u zik-
ri xayo lida gavdalanayotgan qasrning tarhini chizishda
bo‘lgan Me’morning shaxsiyatini izohlang.
ROMAN VA UNING TURLARI
Roman nasr yo‘lida yozilganligi, hayotni keng qam-
rovda ko‘rsatganligi, sujeti ko‘p tarmoqli bo‘lganligi, inson
taqdiri va ruhiyati tasvirining ko‘lamdorligi, katta hajmga
ega bo‘lishi bilan hikoya va qissadan ajra lib turadi. Ro-
man tasvir qamrovi, tuzilishi va hajmiga ko‘ra
dilogiya,
tri logiya, tetralogiya
ko‘rinishlarida bo‘lishi mumkin.
Roman-dilogiya
– ikki kitobdan iborat bo‘lib, inson
taqdiri va hayotini ancha keng qamrab oladi. M. Ismoiliy-
ning «Farg‘ona tong otguncha», H. Nu’mon va A. Sho-
rahmedovning «Ota», P. Qo dirovning «Yulduzli tunlar» va
«Avlodlar dovoni» asarlari roman-dilogiyalardir.
Savol va topshiriqlar:
79
Т
rilogiya
– uch kitobdan iborat bo‘lib, jamiyat hayo-
tidagi katta bir davrni qamrab oladi, dilogiyadan ko‘ra ham
ko‘proq taqdirlar qalamga olinadi, qahramonlar soni ham
ko‘proq bo‘ladi. Said Ahmadning «Ufq» asari trilogiya na-
munasi bo‘lib, «Qirq besh kun», «Hijron kunlarida», «Ufq
bo‘sag‘asida» nomli uchta alohida romandan iborat.
Tetralogiya
– to‘rt kitobdan iborat romanni bildiradi.
Muhammad Alining «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasi «Jahon-
gir Mirzo», «Umarshayx Mirzo», «Mironshoh Mirzo»,
«Shoh rux Mirzo» nomli romanlardan iborat.
Roman necha kitobdan iborat bo‘lishidan qat’i na-
zar, ularda ichki birlik, bog‘lanish bo‘ladi. Dilogiya yoki
trilogiya qismlarini o‘zaro bog‘laydigan bir insoniy taq-
dir, barcha kitoblarda ishtirok etadigan bir yoki bir necha
qah ramon bo‘lishi talab etiladi. «Farg‘ona tong otguncha»
dilogiyasida G‘u lomjon, «Ulug‘ saltanat» tetralogiyasida
Тe mur obrazlari barcha ki toblarda tasvirlanadi. «Ufq» trilo-
giyasida ham Ikromjon obrazi barcha kitoblardagi voqealar
markazida turadi.
|