64
niyatini ma’qullardi. Aslida
hozir uning yuragiga loyiha
sig‘armidi, yuragi Hirotda qolib keta yotgan o‘g‘li Nizo-
middinda edi... Tinib-tinchimas bu chol umr bo‘yi o‘z
loyihalarini, chizmalarini Ma’suma bekaga gapiri b keldi,
aslida u uning loyiha-yu chizmalariga aslo tushunmasdi.
Ammo qadrdonining tushunib bo‘lmas har bir chizig‘-u
xatlari ham qadrdon va allaqanday mo‘jizaday bo‘lib
tuyulardi unga. U Me’morning gaplarini e’tiroz bildirmay,
sabr-toqat bilan eshitar, bosh qimirlatib tasdiqlardi. «Bir
oyog‘ing go‘rda, bir oyog‘ing yerda, qaysar chol, endi
senga imorat solishni kim qo‘yibdi! O‘zingning imora ting
solinyapti!» – deydigan biron odam yo‘q.
Xuftonga yaqin uch arava Jayhun bo‘yiga – Karki
shahriga yetib keldi. Bu yer –
Xuroson bilan Movaroun-
nahr chegarasi. Me’mor karvonsaroyga tushiboq, qizi bi-
lan birga oqshom qorong‘isida jimirlab oqayotgan daryo
bo‘yiga bo rib, yuz-qo‘llarini yuvib, bir-ikki qultum suv
ichishdi. Bu suv umr bo‘yi ichib katta bo‘lgani Zaraf-
shon suvidek totli edi. U daryo bo‘yida
xufton namozi-
ni o‘qidi. O‘g‘lining ruhiga tilovat qilib, ko‘zidan yosh
to‘kib baxshida qildi... Ibodatdan keyin u qizi bilan birga
karvonsaroyga kelib, yo‘ldoshlariga chehrasi ochilib sa-
lom berdi. Bir chekkada g‘arib bo‘lib o‘tirgan G‘avvosga
ham yaxshi gapirdi, o‘zingizni yomon sezma yapsizmi,
deb so‘radi.
Bu tomoni Movarounnahr, qumliklar tugab,
dalalar, bog‘-u rog‘lar, ekinzorlar boshlanishini, daryodan
o‘tib Tollimarjonga yetguncha yana ozroq qum borligi,
undan u yog‘i yaxshi bo‘lib ketishini aytdi.
– Ko‘nglim behuzur bo‘lib... yo‘ldoshlarimni bezovta
qilibman, ustod,
meni kechiring, – dedi boshini quyi so-
lib G‘avvos Muhammad.
– Zarari yo‘q, – dedi Me’mor. – Buni yo‘l mashaqqa-
ti deymiz. Buxoroga yetib olsak, dam olamiz, barcha
mashaqqatlar unutilib ketadi.
65
Daryodan ot-u aravalarni o‘tkazadigan
sol va ulkan
qayiq lar Xalach shahrida bo‘lganligi tufayli erta tongda
uch arava yana daryo yoqalab yura ketdi.
Bir tomon qum, bir tomon suv...
Cholning pinakka ketganini sezib o‘tirgan Ma’suma
beka to‘satdan unga murojaat etdi:
– Hoy, otasi, anavi qumlarning oqishini qarang! Suv-
ga o‘xshab oqyapti.
– Ha, ko‘ryapman.
– Anavi yumronga qarang! – dedi Badia jimlikni
buzib.
– Ko‘ryapman.
– Nima uchundir ilonlar ko‘rinmayapti, – dedi atrofga
alanglab Badia, – yoki Xalach tomonda ilonlar kammi-
kan? Echkemar ham ko‘rinmaydi?
– Huv ana!
Qum tepasiga qarang, – dedi otda o‘tirgan
Horunbek. – Qumning oqishi, yumronlarning bezovta
bo‘lishi – bir nimaning belgisi...
– Nimaning belgisi? – darhol so‘radi Badia.
− Bo‘ron bo‘lishi ehtimol, qizim. Lekin hammasi
Xudo dan... – dedi aravakash. – Ozgina shamolga qum
oqsa, orqasidan bo‘ron keladi, derdilar. Bu yerlarda
girdibod-u
1
bo‘ron ko‘p bo‘ladi.
Tezroq Xalachga yetib
olsak yaxshi bo‘lardi. Ot jonivorlar ham rosa tortyapti.
Mo‘ljalimda Xalachga kechga yaqin kirib borsak, ehtimol.
– Darvoqe, shamol bo‘lyapti! – dedi Me’mor soyabon
aravaning yonlarini ochib. U terlab-pishib borayotgan
otga, orqadagi aravaga, undan keyingi yuk ortilgan uchin-
chi ara vaga, uning orqasidan kelayotgan ikki yo‘rg‘a otga
ham ko‘z tashlab qo‘ydi.
Mashaqqatli, issiq yo‘l bedov
otlarni ham boshqa otlardek, «mo‘min» qilib qo‘ygan edi.
Qurib-qaqshagan tabiat hamma narsani jizg‘anak qilib,
1
Dostları ilə paylaş: