9-Mavzu: Dasturlash tillari va usullari



Yüklə 1,73 Mb.
tarix14.10.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#155145
1-mavzu

1-Mavzu: Kirish. Telekommunikatsita uzatish tizimlari va ularning turlari.

Reja:

Reja:

  • Kirish.
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha
  • Telekommunikatsiya uzatish tizimlarining turlari haqida

Telekommunikatsiya texnologiyalari haqida tushuncha
Kompyuterlar va kommunikatsiya vositalari zamonaviy axborot texnologiyalarining asosi bo’lib, ular insonlarni yaqinlashtiradi. Axborot bir joydan ikkinchi joyga tezroq yetib boradi, yangilik tez tarqaladi.
Telekommunikatsiyalar – signallar, belgilar, matnlar, tasvirlar, tovushlar yoki axborotning boshqa turlarini o‘tkazgichli, radio, optik yoki boshqa elektromagnit tizimlaridan foydalangan holda uzatish, qabul qilish, qayta ishlashni tushuniladi”.
Keng ma’noda telekommunikatsiya – bu bir-biri bilan bevosita aloqada bо‘la olmaydigan masofada turuvchi subyektlar (odamlar, uskunalar, kompyuterlar) о‘rtasidagi muloqotdir. (“tele”- uzoqdagi, “kommunikatsiya”- aloqa, xabar).
Masalan: kemalar о‘rtasidagi yorug‘lik signallari almashuvi, telegraf, televideniye, telefon va boshqalar. Kompyuter telekommunikatsiyasining rivojlanishi Internet va Windows ning kelib chiqishidan ancha oldin boshlangan.
Telekommunikatsiya (dan.) Lotin aloqa, ma'lumot almashishning ijtimoiy jarayoniga ishora qiladi va Yunoncha prefiks tele-, masofani bildiradi)
1837 yil 25-iyulda birinchi reklama elektr telegrafi ingliz tilida namoyish etildi. Ixtirochi Janob Uilyam Fothergill Kuk va ingliz olim Janob Charlz Uitstoun. Ikkala ixtirochi ham o'z qurilmalarini yangi qurilma sifatida emas, balki "mavjud bo'lgan elektromagnit telegrafni takomillashtirish" deb hisoblashdi
Telekommunikatsiya vositalari – Elektromagnit yoki optik signallarni hosil qilish, uzatish, qabul qilish, qayta ishlash, kommutatsiya qilish hamda ularni boshqarish imkonini beruvchi texnik qurilmalar, asbob-uskunalar, inshootlar va tizimlar
Telekommunikatsiyalar kanali – Texnik vositalar va tarqalish muhiti majmui. U telekommunikatsiya signallarining o‘tish yo‘lini hosil qiladi. Bu yo‘l kanallar va ikkilamchi tarmoq liniyalari bilan ikkilamchi tarmoq stansiyalari va tugunlari yordamida ketma-ket ulangan. Shunda uning chekkalariga abonent chekka qurilmalari (terminallari) ulanganda manbadan qabul qiluvchi(lar)ga xabar yetkazishni ta’minlaydi. Tarmoqning turiga ko‘ra, telekommunikatsiyalar kanalini, masalan, telefon, telegraf, ma’lumotlar uzatish kanali deb ataladi. Hududiy alomati bo‘yicha telekommunikatsiya kanallari xalqaro, shaharlararo, hududiy va mahalliy turlarga bo‘linadi.
Telekommunikatsiyalar tarmog‘i bu – Uzatishlarning bir yoki bir necha turini: telefon, telegraf, faksimil turlarini, ma’lumotlar uzatish va hujjatli xabarlarning boshqa turlarini, televizion va radioeshittirish dasturlarini translyasiya qilishni ta’minlovchi telekommunikatsiya vositalarining majmui. O‘tgan oxirgi o‘n yillik davr mobaynida, telekommunikatsiya sohasi mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlashda hamda yangi texnologiyalarni joriy etishda muhim o‘rinlarni zabt etib keldi. Kelgusida xalq xo‘jaligi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida tayanch infratuzilma – elektron tijorat yoki Internet tarmog‘ining turli imkoniyatlaridan istalgancha miqdorda foydalanishning mutassil o‘sishiga va keng qamrovli joriy etilishiga, mazkur soha o‘ta muhim qirralarni – yangi iqtisodiyotni shakllanishiga va iqtisodiyot tarkibini rag‘batlantiruvchi vosita sifatida butkul o‘zgartirishlarni kiritishiga odimlanayotgani shubhasiz, muhim hodisaga aylanib bormoqda.
Telekommunikatsiyaning yadrosini tashkil etuvchi telefon tarmog‘i XX asrda interaktiv xizmatlarning asosiy ikki aloqa turini – telefon va telegraf xizmatlari orqali amalga oshirilardi. Telegraf aloqasi asta-sekin o‘tmishning vositasiga aylanib bormoqda, lekin telefon aloqasi esa uning o‘rnini zabt etayotgani, infokommunikatsiyalar xizmatlari bozorining muhim o‘rinlarini egallashda davom etmoqda. Boshqacha qilib aytganda, jahonda telekommunikatsiyalarning globallashuvi shakllanmoqda, aloqaning yangi avlodi jadal kirib kelmoqda.
XXI asrda telefon aloqasining sifatli rivojlanishi quyidagi yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi: • Axborot uzatish, kommutatsiyaning raqamli usullariga o‘tishni tugatish; • Telefon tarmog‘i abonentlariga taqdim etilayotgan xizmatlar ko‘lamini oshirish; • Telefon tarmog‘ining asosiy elementlarida o‘tkazuvchanlik qobiliyatini maksimal oshirish; • Tarmoqdan foydalanish mavqeyini kengaytirish va turli texnik vositalar qurilishi uchun undan foydalanish; • Xizmat ko‘rsatish hamda ma’lumotni uzatish servis sifati ko‘rsatgichlarini oshirish; • Aloqani barqaror ishlashini ta’minlashda samarali texnik ekspluatatsiya usullaridan foydalanish; • Eng muhimi, telefon tarmoqlari qurilishi xarajatlar ko‘lamini kamaytirish, tarmoqni rivojlantirish va texnik xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlashdan iboratdir. Ma’lumotni uzatish texnologiyasining so’nggi tanlovi asosan geografik, iqtisodiy va siyosiy omillarga bog’liq. 

Nazorat savollari 1. Telekommunikatsiya turlari 2. Telekommunikatsiya tizimining kelib chiqish tarixi 3. Telekommunikatsiya uzatish tizimlariga misollar 4. Telekommunikatsiya uzatish kannallari haqida 5. Uzatish kanallarining turlari


Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin